К содержанию
РецензированоUZ2025

TARKIBIDA EFIR MOYLARI BO’LGAN DORIVOR O’SIMLIKLAR VA ULARNING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI

ZAFAROVAMUXTABAR ZOXIDJON QIZI (TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 3-BOSQICH TALABASI) · TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI (TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 3-BOSQICH TALABASI)

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada efir moylariga boy dorivor o'simliklar va ularning tibbiyotdagi ahamiyati keng yoritilgan. Har bir o'simlikning kimyoviy tarkibi, efir moyining asosiy komponentlari va ularning inson salomatligiga ta'siri haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, xalq tabobati va zamonaviy fitoterapiyada bu o'simliklarning qo'llanilishi haqida ilmiy asoslangan fikrlar keltirilgan. Kalit so'zlar:dorivor o'simliklar, efir moylari, fitoterapiya, xalq tabobati, tabiiy davo. Annotation: This article provides a comprehensive overview of medicinal plants rich in essential oils and their medical significance. It discusses the chemical composition of each plant, the main components of the essential oils, and their impact on human health. The article also includes scientifically grounded perspectives on the application of these plants in folk medicine and modern phytotherapy. Keywords: medicinal plants, essential oils, phytotherapy, folk medicine, natural remedy. Kirish: Tabiiy resurslar, xususan, dorivor o‘simliklar insoniyat salomatligini saqlash va mustahkamlashda eng qadimiy va ishonchli vositalardan biri hisoblanadi. O‘simliklar tarkibida mavjud bo‘lgan biologik faol moddalar orasida efir moylari alohida o‘rin egallaydi. Efir moylari — bu o‘simliklarning xushbo‘y, uchuvchan va konsentrlashtirilgan komponentlari bo‘lib, ular o‘simlikning bargi, gullari, po‘stlog‘i, mevasi yoki ildizidan ajratib olinadi. Ular ko‘plab dorivor xususiyatlarga ega: antibakterial, antivirus, yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni kamaytiruvchi, tinchlantiruvchi, immunitetni mustahkamlovchi va hokazo.Bugungi kunda efir moylariga boy dorivor o‘simliklar xalq tabobatida ham, zamonaviy tibbiyot va farmatsevtikada ham keng qo‘llanilmoqda. Masalan, yalpiz moyi mentolga boy bo‘lib, sovituvchi va og‘riq qoldiruvchi sifatida ishlatiladi; qora sedana moyi esa timokinon orqali immun tizimini faollashtiradi va yallig‘lanishga qarshi kuchli vosita sifatida tan olingan. Zanjabil, lavanda, rayhon, dolchin, shuvoq, evkalipt kabi o‘simliklar esa o‘zining efir moylari bilan nafaqat shifobaxsh xususiyatlarga, balki aromaterapiya va kosmetologiya sohalarida ham keng qo‘llanish doirasiga ega. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) va boshqa xalqaro ilmiy markazlar efir moylari asosida ishlab chiqilgan preparatlarni yengil darajadagi infektsiyalar, stress, uyqusizlik, ovqat hazm qilish muammolari, bronxit, teri kasalliklari kabi ko‘plab holatlarda samarali deb e’tirof etmoqda. Shu bilan birga, fitoterapiyaning rivojlanishi bilan bir qatorda, dorivor o‘simliklar asosida tayyorlangan vositalarga talab ortib bormoqda. Bu esa ushbu sohani chuqur o‘rganish, efir moylarining tibbiy-biologik xususiyatlarini tahlil qilish va amaliyotga joriy etishni dolzarb masalaga aylantirmoqda. So‘nggi yillarda tabiiy dori vositalariga bo‘lgan qiziqish dunyo miqyosida sezilarli darajada ortdi. Ayniqsa, antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarning ko‘payishi, kimyoviy www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 preparatlarning ko‘plab nojo‘ya ta’sirlari va ekologik xavotirlar fonida, dorivor o‘simliklardan olinadigan efir moylari ekologik xavfsiz, yuqori biologik faollikka ega va nisbatan xavfsiz alternativ vosita sifatida qaralayapti. Shu boisdan, ilmiy-tadqiqot institutlari va farmatsevtika sanoati efir moylari asosidagi yangi formulalarni ishlab chiqishga alohidae’tiborqaratmoqda. Asosiy qism:Dorivor o‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlari ko‘p jihatdan ularning efir moylari tarkibiga bog‘liq. Efir moylari — bu o‘simlik to‘qimalarida to‘planuvchi uchuvchan, hidli suyuqliklar bo‘lib, ularning kimyoviy tarkibi va terapevtik ta’siri turli o‘simliklarda har xil bo‘ladi. Quyida efir moylariga boy bo‘lgan eng muhim dorivor o‘simliklar va ularning tibbiy xususiyatlari yoritiladi: Yalpiz(Mentha piperita) Yalpiz efir moyi yuqori miqdorda mentol moddasi bilan mashhur bo‘lib, bu komponent sovituvchi va og‘riqni kamaytiruvchi ta’sirga ega. Bosh og‘rig‘i, ovqat hazm qilish buzilishi, shamollash holatlarida choy, damlama yoki tashqi surtmalar shaklida qo‘llaniladi. Mentol shuningdek, nafas yo‘llarini kengaytiradi va yengiltinchlantiruvchi ta’sirko‘rsatadi. Lavanda(Lavandula angustifolia) Lavanda o‘zining tinchlantiruvchi va antidepressant xususiyatlari bilan ajralib turadi. Uning efir moyi asosan linalool va linalil-asetatdan iborat bo‘lib, bu moddalar stress, uyqusizlik, asabiylikni bartaraf etishda samarali vosita hisoblanadi. Shuningdek, lavanda moyi teri kasalliklarida, kuygan joylarga surtiladigan vositasifatidaishlatiladi. Zanjabil (Zingiberofficinale) Zanjabil rizomidan olinadigan efir moyi o‘zining yallig‘lanishga qarshi va isitma tushiruvchi xususiyatlari bilan qadrlanadi.Ovqat hazm qilish tizimining faoliyatini yaxshilaydi, ko‘ngil aynish va ich ketish holatlarida qo‘llaniladi. Bugungi kunda Zanjabil zanjabil choyi keng tarqalgan xalq tabobatida. Rayhon (Ocimu

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada efir moylariga boy dorivor o'simliklar va ularning tibbiyotdagi ahamiyati keng yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada efir moylariga boy dorivor o'simliklar va ularning tibbiyotdagi ahamiyati keng yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
medicinal plants, essential oils, phytotherapy, folk medicine, natural remedy, xalq tabobati, fitoterapiya, dorivor o'simliklar, tabiiy davo., efir moylari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники