Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HAZRAT BAHOUDDIN NAQShBAND OBRAZI TALQINI
Shoira Axmedova · HAZRATBAHOUDDIN NAQShBANDOBRAZI TALQINI
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
The article discusses the skill of the Honored Worker of Culture of Uzbekistan, writer Tulkin Hayit in creating the image of Hazrat Bahauddin Naqshband, one of the founders of the order, based on historical and authoritative sources, in the novel “Bahouddin Naqshband or the Story of the Buraq Valley”. The writer, while covering his life and work, set out to create the image ofagreat person based onhistorical truth. Keywords:novel, Sufism,Naqshband, writer, image, analysis, interpretation. Kirish. Hazrat Bahouddin Naqshband islom madaniyatining eng yirik vakillaridan biri, “naqshbandiylik” tariqatining asoschisi sifatida o‘z davridayoq keng shuhrat qozongan edi. Uning hayoti va ijodi, yetti asrdan beri davom etib kelayotgan ta’limoti bugungi kunda ham inson qalbini poklashda, uni to‘g‘ri yo‘lga boshlashda tarixiy-ma’rifiy ahamiyatga ega. Shuning uchun badiiy adabiyotda bu buyuk shaxs siymosini yaratishga bo‘lgan intilishlar doim qo‘llab- quvvatlangan. Ikkinchidan, tarixda muhim iz qoldirgan ajdodlari hayotini, ular bosib o‘tgan yo‘lni, ular yaratgan asarlarni mukammal bilish, o‘rganish yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Asosiy qism.O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi To‘lqin Hayit o‘zining «Bahouddin Naqshband yoxud Buroq vodiysi qissasi” romanida tarixiy, mo‘tabar manbalarga tayanib, tariqat asoschilaridan biri Hazrat Bahouddin Naqshband hayoti va faoliyatini yoritar ekan, tarixiyhaqiqatga asoslangan holdabuyuk shaxs siymosiniyaratdi. Romanni o‘qir ekan, kitobxon Hazrat Bahouddin Naqshband tug‘ilishi bilan bog‘liq karomatlar (Boboyi Samosiy Alloh bergan karomat bilan Bahouddining dunyoga kelganliklarini bilgan va o‘z muridlariga aytgan ekanliklari juda ko‘p manbalarda qayd etilgan), uni tarbiyalagan avliyolar (Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Sayyid Mir Kulol va boshqalar) bilan bog‘liq jihatlar haqida ham ma’lumotga ega bo‘ladi. Ayniqsa, adib ulug‘ Alisher Navoiyning “Nasoyimul-muhabbat” asaridagi voqealarga tayanadiki, bu tarixiy haqiqatni badiiy haqiqatga aylantirishda kattayordam beradi. Hazrat Bahouddin Naqshband haqida tarixda juda ko‘p afsonalar, tarixiy, ilmiy manbalar yaratilganki, adib ularni saralashga, eng muhim deb bilgan qirralarni bo‘rttirishga harakat qilgan. Masalan, hazratning oddiyligi, xalqparvarligi, har qanday ishdan bo‘yin tovlamasligi manbalarda qayd etilgan. Xususan, S.S.Buxoriyning “Dildayor”badiasida birrivoyat keltiriladi. “Bir rivoyatda Hazrat Bahouddin qo‘llaridan bir necha yil tuproq hidi arimaganligi haqida xabar berilgan. Negaki, ul zoti sharif kechalari ko‘cha-kuylarni kaftlari bilan siypalab, o‘nqir- www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 cho‘nqirlarni tekislab, yo‘lda yotgan xas-xashak, tikanlarni terib yurarkanlar. Bundan maqsad, yo‘ldan o‘tayotib, biron namozxon yoki so‘qir kishi to‘qinib yiqilmasin, aziyat chekmasin ekan. Bunday ishlarni kechasi qilganliklariga sabab shuki, hech kim ko‘rmasin. Zero, Alloh yo‘lida qilinadigan xizmatni yolg‘iz Allohbilmog‘i lozim. Payg‘ambar alayhisalomning: ”Yo‘ldayotgan tikan shoxlarini olib tashlagan odamning oldingiyu keyingi gunohlarini Tangri kechadi” degan hadislariga muvofiq Hazrat Bahouddin ana shu xizmatlarni bajarganlar”[6, 13]. Romanda ham adib adib ko‘po‘rinda hazratning manashu odatlariga e’tiborqaratadi. Asarning boshlarida Hazrat Bahouddinning hayoti, faoliyatida muhim rol o‘ynagan shaxslar Xalil ota, Bobo Samosiy, Mir Kulol obrazlari tasviriga keng o‘rin berilgan. Bahouddin bobomiz yoshliklaridan Boboyi Samosiyning “Shayximiz Yusuf Hamadoniydek hech kimga hasad qilmaydigan, hammaga mehribon, ya’ni mehridaryo, ilohiy va dunyoviy ishlarni birga olib boradigan, kambag‘alparvar, g‘aribparvar bo‘ling”, degan o‘gitlariga amal qiladilar, shu o‘gitlar asosida xalq mehrini qozonadilar. Yoki Sulton Xalil Bahouddin hazratlarining avliyosifat inson ekanligini bilganligi va xizmatiga olganligiga manbalar shahodat beradi. Romanda bu haqda o‘qiymiz: “Siz bilan biz bitta odammiz, karomat sohibisiz, xalqni boshqarish ishlarini ham o‘rganing, nasib etsa, umrimiz oxirigacha el xizmatidabo‘lamiz.Vaziri a’zam,donoinson Nizomulmulkkerak menga ham.. Aytar gapim shuki, siz Alloh Taolo xush ko‘rgan, pirlarimizning nazariga tushgan ulug‘ insonsiz. Sizdek sodiq, vafodor solihning yonimda bo‘lishi, sirlarimizni oshkora aytib, bamaslahat ish tutishimizikkimizga ham, raiyatga ham kattafoyda keltiradi”[7,145]. Adib romanda Hazratning ilm olishga mehri kuchli ekanligini, bu yo‘lda hech qachon tolmasligini bir necha o‘rinda ko‘rsatib beradi. Mir Sayyid Kulolga shogird tushganlarida Abduxoliq G‘ijduvoniy hazratlarining “Risolai tariqat” kitobini, “Odobi tariqat”, “Maqsad ul- solikin”, “Vasiyatnoma”, “Manoqibi Xoja Yusuf Hamadoniy”, “Risolai sahobiya”, “Maslak ul- orifin” kabi asarlarni qunt bilan mutoaala qilganliklari, Sulton Xalil kutubxonasidagi Mansur xalloj, Abu Homid G‘azzol
Доказательный фрагмент
«The article discusses the skill of the Honored Worker of Culture of Uzbekistan, writer Tulkin Hayit in creating the image of Hazrat Bahauddin Naqshband, one of the founders of the order, based on historical and author…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article discusses the skill of the Honored Worker of Culture of Uzbekistan, writer Tulkin Hayit in creating the image of Hazrat Bahauddin Naqshband, one of the founders of the order, based on historical and author… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- novel, Sufism, Naqshband, writer, image, analysis, interpretation, adib, tasavvuf, talqin., roman, obraz, tahlil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025