К содержанию
РецензированоUZ2025

OILA QONUNCHILIGI VA BOSHQA NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARDA OTALIKNI BELGILASHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Nazarov Elbek · To`rayev Sayfiddin · OILAQONUNCHILIGI VA BOSHQANORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARDA · OTALIKNI BELGILASHNING O`ZIGAXOS XUSUSIYATLARI

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

Oilaviy ijtimoiy munosabatlarda har qanday holatda ham tinchlik va totuvlik,oila a`zolarning bir-biriga bo`lgan ishonchi va mustahkam munosabatlarda bo`lishligi muhim ahamiyat kasb etadi.Ammo inson hayotida shunday vaziyatlar va noaniqliklar bo`ladiki bu munosabatlarning yomonlashishiga yoki putur yetkazilishiga asos bo`lib xizmat qiladi.Bu kabin noaniqliklarni oldini olish uchun davlatimiz tomonidan aniqliklar kiritilishi va to`g`ri hal qilinishi uchun bir nechta normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo`lib bularning sirasiga otalikni belgilash va u bilan bo`g`liq ishlarni yuritishni misol qilib keltira olamiz.Ushbu maqola doirasida otalikni belgilash qay tartibda va qaysi yo`llar bilan amalga oshiriladi degan savollarga javob topasiz degan umiddamiz. Kalit so`zlar: vasiylik va homiylik, Yuridik faktlar, sud-tibbiy ekspertizasi, ota ismi, hal qiluv qarorlari, fuqarolik holati dalolatnomalari Ma`lumki fuqarolik jamiyatida fuqarolik holati dalolatnomalarini yuritish va ular bilan bog`liq bo`lgan holatlarni yuritish juda muhim ahamiyat kasb etadi.Chunki fuqarolik holati o`zidan ko`rinib turibdiki bu bir yuridik fakt hisoblanadi.Yuridik faktlar esa o`z navbatida huquq va majburiyatlarni vujudga keltiruvchi,o`zgartiruvchi va bekor qiluvchi kabi holatlarni vujudga keltiraadi.O`z navbatida vujudga kelgan holat yuzasidan boshqa yondosh bo`lgan huquq va majburiyatlar ham vujudga kelishini inson hayoti davomida ko`rib boraverishi mumkin.Ana shunday,bugungi mustaqil ish mavzusi bo`lgan yuridik faktlardan biri bu otalikni belgilassh faktidir.Bu faktga va uni tasdiqlashga oid qonunchilikda qator normativ-huquqiy hujjatlar bor bo`lib,bularning sirasini Oila qonunchiligi ochib beradi.Bu bo`yicha Oila kodeksining 10-bobi 61-moddasi va 62-moddalari qo`llanilishi kerakligini ko`rishimiz mumkin bo`ladi.oila kodeksining 10-bobi “Bolalarning nasl-nasabini belgilash” deya nom olgan bo`lib uning 61- moddasida ota-onaning arizasi bo`yicha bolaning nasl-nasabini belgilash asoslari keltirib o`tilgan.ushbu moddada quyidagilar takidlanadi:” Bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan shaxsning otaligi o‘zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs va onaning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organiga birgalikda topshirgan arizasiga binoan belgilanadi.Ona vafot etganda, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda, onaning qayerdaligini aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda yoki u onalik huquqidan mahrum qilinganda, otalik vasiylik va homiylik organi bilan kelishilgan holda o‘zini bolaning otasi deb tan olayotgan shaxsning arizasiga binoan belgilanadi.Bolaning otasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, otalikni belgilash to‘g‘risidagi arizani uning nomidan vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan uning homiysi berishi mumkin.Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ariza bolaning tug‘ilganligini qayd etish vaqtida, shuningdek bola tug‘ilganligi qayd etilgandan keyin ham berilishi mumkin. Agar otalikni belgilash to‘g‘risida bola tug‘ilgandan so‘ng er-xotin birgalikda ariza berishining imkoni bo‘lmay qolishi yoki mushkul bo‘lishini ko‘rsatuvchi asoslar mavjud bo‘lsa, tug‘ilajak bolaning o‘zaro nikohda bo‘lmagan ota-onasi shunday arizani ona homiladorlik www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 vaqtida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga berishga haqli.1Otalikni belgilash rad etilganda, o‘zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs sud tartibida shikoyat qilishi mumkin” degan qoidalar keltirib o`tilgan.Shuningdek ushbu kodeksning 62-moddasida ham “O‘zaro nikohda bo‘lmagan ota-onadan bola tug‘ilgan taqdirda, ota-onaning birgalikdagi arizasi yoki bola otasining arizasi bo‘lmasa, ushbu Kodeksning 61-moddasida ko‘rsatilgan hollarda otalik sud tartibida belgilanishi mumkin.Otalikni sud tartibida belgilash ota-onadan birining yoki bolaning vasiysi (homiysi)ning yoxud bola kimning qaramog‘ida bo‘lsa, shu shaxsning arizasiga, shuningdek bola voyaga yetganidan keyin uning o‘zi bergan arizaga muvofiq amalga oshiriladi.Otalikni belgilayotganda sud bolaning onasi bola tug‘ilishiga qadar javobgar bilan birga yashaganligi va umumiy ro‘zg‘or yuritganligi yoki ular bolani birgalikda tarbiyalaganliklari yoxud ta’minlab turganliklarini yoki javobgarning otalikni tan olganligini aniq tasdiqlovchi boshqa dalillarni e’tiborga oladi.Bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan, lekin o‘zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs vafot etgan taqdirda uning otalik fakti sud tomonidan belgilanishi mumkin.Otalikni belgilash to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin sud shu qaror nusxasini bola tug‘ilganligi ro‘yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuboradi’’.Ya`ni otalikni belgilashda tepada keltirib o`tilgan holatlar ham inobatga olinishi albatta asoslanganlikni keltirib chiqaradi.2Otalikni belgilashga oid ishlarni ko`rishda Sudlar tomonida

Доказательный фрагмент

«Oilaviy ijtimoiy munosabatlarda har qanday holatda ham tinchlik va totuvlik,oila a`zolarning bir-biriga bo`lgan ishonchi va mustahkam munosabatlarda bo`lishligi muhim ahamiyat kasb etadi.Ammo inson hayotida shunday va…»

Образец извлечения

Демо-превью

Oilaviy ijtimoiy munosabatlarda har qanday holatda ham tinchlik va totuvlik,oila a`zolarning bir-biriga bo`lgan ishonchi va mustahkam munosabatlarda bo`lishligi muhim ahamiyat kasb etadi.Ammo inson hayotida shunday va… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Yuridik faktlar, hal qiluv qarorlari, vasiylik va homiylik, sud-tibbiy ekspertizasi, fuqarolik holati dalolatnomalari, ota ismi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники