К содержанию
РецензированоRU2025

BOBUR G‘AZALLARIDA QOFIYA,RADIF VA MAZMUN MUNOSABATI

RADIF VAMAZMUN MUNOSABATI · поэтаЗахириддина Мухаммада Бабура. · Ключевые слова: Бабур,радиф,рифма,вес,содержание,мурдаф. · Muhammad Babur.

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallarida qo‘llanilgan radif,qofiya va mazmun munosabati hamda vazn xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi. Kalit so‘zlar:Bobur,radif,qofiya,vazn,mazmun,murdaf. Абстрактный. В статье представлена ​ ​ информация о соотношении радифа, рифмы и содержания, а также о метрических характеристиках, используемых в газелях царя и поэтаЗахириддина Мухаммада Бабура. Ключевые слова: Бабур,радиф,рифма,вес,содержание,мурдаф. Annotation. This article provides information about the relationship between radif, rhyme, and content, as well as the features of meter, used in the ghazals of the king and poet Zahiriddin Muhammad Babur. Keywords: Babur, radif, rhyme, meter, content,murdaf. Buyuk shoh va olim Zahiriddin Muhammad Bobur boburiylar sulolasining asoschisi, buyuk podshoh bo‘lish bilan birga shoir, yirik adabiyotshunos va tarixchiolim ham bo‘lgan. Bobur devonidagi she’rlarning asosiy qismini g‘azal va ruboiy tashkil qiladi. Bobur yashab ijod qilgan davrda g‘azal va ruboiy nafaqat o‘zbek balki, Sharq adabiyotida yetakchi janrga aylangan edi. G‘azalning tasvir imkoniyatlari nihoyatda boy bo‘lib, unda har qanday his- tuyg‘u,mushohada fikrni ifodalash qulay edi. Mumtoz she’rlarimiz qofiya asosiga qurilar ekan, juda ko‘p hollarda qofiyaning radif bilan qo‘llanilishi kuzatilgan. Radif “izma-iz” keladigan ma’nosini ifodalab, adabiyotshunoslikda qofiyadan so‘ng kelib, aynan takrorlanuvchi so‘z birikmasini anglatadi. Radiflar she’rda ifodalanayotgan asosiy g‘oyani ta’kidlash, o‘quvchi e’tiborini badiiy asarda ifodalanilishi lozim bo‘lgan asosiy g‘oyaga jalb etib, ijodkor g‘oya va maqsadlarini kitobxonga yanada ravshanroq yetkazib berishgaxizmat qiladi. Ridflarning joylashish o‘rniga e’tiborqaratsak, ularikki yoki undan ortiq holda kelishi mumkin. Shuningdek, mumtoz adabiyotimizda shunday baytlar borki, ular faqat qofiya va radifdangina iborat bo‘lganlari ham uchraydi. Adabiyotshunoslikdaradif qo‘llangan g‘azallarmuraddaf g‘azal nomibilan yuritiladi. Radif bayt misralari oxiridagi takrorlanuvchi so‘z bo‘lib, ohangdoshlikni ta’minlab beruvchi asosiy unsurdir.Biz ushbu maqolamizda Bobur g‘azallarida qofiya,radif, vazn va mazmun munosabatlarini ko‘rib chiqamiz. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida radifli va radifsiz g‘azallar miqdori deyarli teng. Iste’dodli ijodkor har ikkala usulda ham birdek betakror na’munalar yarata olish mumkinligini g‘azallari misolida ko‘rsatib bera olgan. Umumiy son jihatidan radifli g‘azallar 60ta, radifsiz g‘azallar esa59tani tashkil qiladi. Muraddaf qofiyali g‘azallarda ta’kid va murojaat ma’nosi kuchliroq bo‘lib, bu g‘azalning badiiy qimmatini oshirgan.Odatda radiflar bir so‘zdan iborat bo‘ladi. Ammo 2 -3 so‘zdan iborat radiflar ham ko‘puchraydi. Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching, Shikastako‘ngluma ermish balo qaro soching.1 baytida radifbir so‘zdaniborat bo‘lsa, Ko‘zumdamuttasil ulegma qoshkerak bo‘lsa, Qoshimdako‘zyorug‘uul quyosh kerak bo‘lsa.2 baytida radifikki so‘zdan iborat. Shohi Sulton Uvays ban Mahmud. Mohi SultonUvays banMahmud. deb boshlanuvchi g‘azalidaradif 4taso‘zdan iborat. Radifg‘azallarga o‘zgacha ohang vamusiqiylik beradi. Asarning o‘qishliligini ta’minlaydi. Radiflar she’rda ifodalanayotgan yetakchi fikrni ta’kidlash, o‘quvchi e’tiborini asosiy g‘oyaga jalb etib shoir g‘oyaviy niyatini o‘quvchiga yaxshiroq yetkazib beruvchi vositalardan hisoblanadi. Masalan, Boburning Kim ko‘ribdur,ey ko‘ngul,ahli jahondan yaxshilig‘, Kimki andinyaxshi yo‘q,ko‘ztutmaandin yaxshilig‘ Gar zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq, Ko‘rmadim hargiz, netoyin, buzamondinyaxshilig‘! deb boshlanuvchi g‘azalida “yaxshilig‘” radifi takrorlanib,yaxshilikni ulug‘lash ta’kidlanib boradi. 1Заҳириддин Муҳаммад Бобур.Куллиёт.1-жилд/Девон.Тошкент: “Zilol buloq”,2021.–Б.123. 2Заҳириддин Муҳаммад Бобур.Куллиёт.1-жилд/Девон.Тошкент: “Zilol buloq”,2021.–Б.77. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Ul ahd ilapaymon qani, eyyor, nebo‘ldi? Ul lutfilaehson qani, ey yor, ne bo‘ldi? Kettim meni hayron eshigingdin demading hech, Ul telbayi hayron qani, ey yor, nebo‘ldi? Yuz ko‘rsatibon el ichidalutfetar erding, Ul lutfi namoyon qani, ey yor, nebo‘ldi?3 Ushbu g‘azalda ham radif bir necha so‘zdan tashkil topgan va ritorik so‘roq gapda murojaat ma’nosini ifodalagan. Oshiqning mashuqasidan o‘pkalanishi, va’dasiga vafo qilmagan yordan yozg‘irishi,shikoyatlari radif orqali ochib berilgan. Agarchi sensizin sabraylamak, ey yor, mushkildur, Sening birlachiqishmoqliqdog‘i bisyor, mushkildur Ushbu g‘azalda ham radif orqali asosiy ma’noni ilg‘ash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Chunki oshiqning mashuqasiga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklari, azob uqubat chekishi, “mushkul” ekanligi ta’ki

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallarida qo‘llanilgan radif,qofiya va mazmun munosabati hamda vazn xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallarida qo‘llanilgan radif,qofiya va mazmun munosabati hamda vazn xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Babur, radif, rhyme, meter, content, murdaf, qofiya, mazmun, Bobur, murdaf., vazn
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники