К содержанию
РецензированоUZ2025

INKLYUZIV TA’LIM – ADOLATLI JAMIYAT POYDEVORI

Lukmonova Salomat Gafurovna · INKLYUZIV TA’LIM–ADOLATLIJAMIYAT POYDEVORI

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada inklyuziv ta’limning ahamiyati, dolzarb muammolari hamda uning rivojlanish istiqbollari har tomonlama tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’lim — imkoniyati cheklangan bolalar uchun teng ta’lim olish sharoitlarini yaratish, ularning ijtimoiy integratsiyasini ta’minlash hamda jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadini ko‘zlaydi. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’limning joriy holati, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarva istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan dolzarb ma’lumotlarkeltirilgan. Kalit so‘zlar: inklyuziv ta'lim, imkoniyati cheklangan bolalar, ta'lim tizimi, pedagogika, integratsiya, O‘zbekiston,rivojlanish strategiyasi, jamiyat, ta'lim siyosati, maxsuspedagogika. Zamonaviy ta’limtizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu — barcha bolalar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishdir. Inklyuziv ta’lim — bu nogironligi bo‘lgan bolalar, o‘rganishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan o‘quvchilar hamda boshqa ehtiyojga ega bo‘lgan shaxslar uchun umumiy ta’lim tizimida integratsiyalashgan holda o‘qish imkoniyatini taqdim etuvchi yondashuvdir. Bunday yondashuv orqali nafaqat bilim berish, balki jamiyatda bag‘rikenglik, hamjihatlik va insonparvarlik qadriyatlarini mustahkamlashga erishiladi. "Teng imkoniyatlar sari qadamlar" — bu har bir bolani qadrlash, uning ehtiyojlarini inobatga olish va ularni jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatidarivojlantirish yo‘lidatashlanayotgan muhimqadamlardir. Inklyuziv ta'lim – buimkoniyati cheklangan bolalar va sog‘lom bolalar birgalikda ta'lim oladigan tizim bo‘lib, bu jarayonda har bir bolaning o‘ziga xos xususiyatlari va ehtiyojlari inobatga olinadi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda inklyuziv ta'lim sohasida sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada inklyuziv ta'limning ahamiyati, uning dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. BMTning "Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi"ga muvofiq, har bir bola sifatli ta’lim olish huquqiga ega. Inklyuziv ta'lim nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar, balki sog‘lom bolalar uchun ham muhimahamiyatga ega. Bu tizim:  Imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatga integratsiyalashishga yordam beradi.  Sog‘lom bolalarda mehr-shafqat va bag‘rikenglik hissinirivojlantiradi.  Har birbolaning individual o‘quvehtiyojlarini qondirishga imkon yaratadi. O‘zbekiston mustaqillik yillaridan buyon ta’lim sohasida sezilarli o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Bu jarayonda ta’lim tizimini zamonaviy talablarga moslashtirish, sifatli bilim berishni ta’minlash va global ta’lim standartlariga yaqinlashish asosiy maqsad sifatida belgilangan. So‘nggi o‘n yillikda, ayniqsa 2017-yildan keyin, ta’lim sohasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi. Ushbu islohotlarning muhim yo‘nalishlari sifatida inklyuziv ta’lim va yangicha pedagogik yondashuvlar alohidaajralib turadi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Inklyuziv ta’lim tushunchasi barcha bolalar, shu jumladan imkoniyati cheklangan yoki maxsus ehtiyojlarga ega bo‘lgan bolalar uchun teng huquqli ta’lim olish imkoniyatini ta’minlashni anglatadi. O‘zbekistonda bu yo‘nalishda faol ishlar 2010-yillarning oxiridan boshlab tezlashdi. 2020-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri (23-sentabr, 2020-yil) inklyuziv ta’limni qonuniy asosga olib kirdi. Qonunning 5-moddasida ta’lim olishda tenglik va diskriminatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik tamoyillari ta’kidlanib, inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari mustahkamlandi[1]. Inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati 2020-2025-yillarga mo‘ljallangan maxsus konsepsiya asosida amalga oshirilmoqda (PQ-4860-son qaror, 2020-yil 13-oktyabr). Ushbu hujjatdaquyidagi asosiy vazifalar belgilangan: -Umumta’limmaktablarida maxsusehtiyojli bolalar uchun sharoit yaratish; -Maxsus pedagoglar vapsixologlar jalb qilishorqali individualta’limdasturlarini joriy etish; -Maktab binolarini nogironlikkamoslashtirishva zamonaviyuskunalarni ta’minlash; -Ota-onalar vajamiyatda inklyuzivta’limhaqida xabardorlikni oshirish. UNICEF kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Toshkent va boshqa yirik shaharlarda tajriba loyihalari amalga oshirildi. Masalan, 2022-yilda Toshkent shahrida bir nechta maktabda nogironlikka moslashtirilgan infratuzilma va maxsus o‘quv dasturlari sinovdan o‘tkazildi[2]. Ushbu loyihalar natijasida 2027-yilgacha yangi quriladigan va ta’mirlanadigan maktablarning 20 foizidainklyuzivta’lim sharoitlarinita’minlash rejalashtirildi. Inklyuziv ta’limni bosqichma-bosqich rivojlantirib borish maqsadida inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablar soni 415 ta (2022-yilga nisbatan 2 baravar ko‘p) ga, ulardagi o‘quvchilar soni 736 nafar (2022-yilga nisbatan 200 nafar ko‘p) ga yetdi. Inklyuziv ta’lim jarayonida ishtirok etuvchi 1431nafar pedagog xodimlarningmalakasi oshirilib,ser

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada inklyuziv ta’limning ahamiyati, dolzarb muammolari hamda uning rivojlanish istiqbollari har tomonlama tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada inklyuziv ta’limning ahamiyati, dolzarb muammolari hamda uning rivojlanish istiqbollari har tomonlama tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maxsus pedagogika., ta'lim siyosati, O‘zbekiston, rivojlanish strategiyasi, jamiyat, pedagogika, imkoniyati cheklangan bolalar, inklyuziv ta'lim, ta'lim tizimi, integratsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники