Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAMLAKATIMIZDA ADOLAT VA QONUN USTUVORLIGI TAMOYILLARINI TARAQQIYOTNING ENG ASOSIY VA ZARUR SHARTIGA AYLANTIRISH
SHARTIGA AYLANTIRISH · Karimov Avaz Shuhrat o’g’li
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2022
Аннотация
Ushbu maqola 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishdan biri mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish masalasini qisqacha yoritishga bag‘ishlanadi. Kalit soʻzlar : Harakatlar strategiyasi, taraqqiyot strategiyasi, ijtimoiy himoya, adolat, qonun, jamiyat, yuridik xizmat. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, inson huquqlarini ta'minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. So'nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O'zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy- huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma'rifiy asoslari yaratildi. Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida 2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo'nalishdan biri mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish hisoblanadi. Unga ko'ra ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va ma'muriy ishlar bo'yicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko'rsatish tartibini joriy etish belgilandi. Adabiyotlar tahlili va metodlar Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, Sh.M.Mirziyoyevning asarlari hamda uning 2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida Farmoni va internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy- deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi. Muhokama va natijalar 72 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Qonun ustuvorligi - barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega bo'lib, ularning hokimiyat chiqaradigan boshqa hamma me'yoriy hujjatlar va yo'riqnomalardan ustun turadi. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik ta'minlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir. Bu tamoyil O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlangan: "O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar". Qonun ustuvorligi tamoyili birinchidan, jamiyat hayotining barcha jab-halarida qonunlarning qat'iy hukmronligini bildirib, yuqorida ta'kidlanganidek, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarga so'zsiz itoat etishida; ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarning jamiyat, fuqaro va davlat manfaatlariga mos tarzda tartibga solinganini anglatib, mamla-kat miqyosida barqarorlik, batartiblik va qonuniy tartibot muhiti o'rnatilganida; uchinchidan, huquq buzilishi hollarining oldini olish, shuningdek, huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunni buzgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun qonunlarning huquqiy asos vazifasini bajarishida namoyon bo'ladi. Mamlakatda hokimiyatlar bo'linishi prinsipining real joriy etilganligi O'zbekistonda konstitutsiya va qonunlar ustunligini ta'minlashning muhim kafolatidir. Unga ko'ra, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bo'g'inlari o'zlarining konsti-tutsiyada, qonunda belgilangan vakolatlari doirasida faoliyat yuritadilar. Ular o'rtasidagi munosabatlarni uyg'unlashtirishda eng oliy hakam qonundir. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mamlakat prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir (93-modda). Prezidentning bu boradagi faoliyati muhim siyosiy-yuridik ahamiyatga ega. U o'z farmonlari, qarorlari bilan konstitutsiyaviy tamoyillarning, qonunlarda mustahkamlangan qoidalarning hayotga to'la joriy etilishi uchun yo'l ochadi, tegishli huquqiy mexanizmlarni yaratadi. Qonunlar ijrosi, huquqni qo'llash amaliyotining samaradorligi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan tayyorlanadigan normativ- huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati bilan bevosita bog'liq. Bunda har bir tashkilotning yuridik xizmati zimmasiga katta mas'uliyat yuklanadi. Shu bois ham yurtimizda yuridik xizmat sifatini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu yo'nalishdagi normativ-huquqiy baza to'liq yangilanib, 73 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference yuridik xizmat maqomini belgilashga qaratilgan huk
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan yettita…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan yettita… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qonun, ijtimoiy himoya, jamiyat, yuridik xizmat., adolat, Harakatlar strategiyasi, taraqqiyot strategiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014