К содержанию
РецензированоUZ2023

MILLIY IQTISODIYOTNI JADAL RIVOJLANTIRISH VA YUQORI OʻSISH SURATLARINI TAʼMINLASH

BOSQICHGA OLIB CHIQISH. · Toʻrayeva Mohigul Zahriddin qizi

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2023

Аннотация

Ushbu maqolada Yangi O'zbekistonni barpo etish borasidagi "O'zbekiston -2030" strategiyasi va undagi mamlakatning eng asosiy ustunlaridan bo'lgan ma'naviyat sohasi haqida fikr mulohazalar keltirilgan. Bu boradagi fikrlarimizni o'rta asrlar sharq falsafasi bilan bog'lagan holda takliflar berildi. Kalit soʻzlar Milliy manfaatlar, umumbashariy muammolar, Oʻzbekiston, ekologik xavfsizlik, xalqaro hamkorlik, barqaror rivojlanish, iqlim oʻzgarishi.. Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha xohish-irodasini ro'yobga chiqarish, har bir fuqaroga o'z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog'lom, bilimli va ma'naviy barkamol va madaniyatli avlodni tarbiyalashdir. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 11 sentyabrdagi "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni hamda "O'zbekiston - 2030" strategiyasini 2023 yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida ham ma'naviyat va ma'rifat sohasiga alohida e'tibor qaratilgan. Hozirgi jadal rivojlanish davrida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlar bilan bir qatorda ma'naviy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar hal qiluvchi ahamiyat ega. Chunki, iqtisodiyot tana bo'lsa, ma'naviyat jon va ruhdir. Yangi O'zbekistonni barpo etishdek ulug' maqsadni amalga oshirishda shu ikki ustunga, ya'ni kuchli iqtisodiyot hamda milliy ma'naviyatimizga suyanamiz. "Ma'naviyat, avvalo, ajdodlarimizning boy merosidan oziqlanadi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi, insonlar orasidagi o'zaro ishonch va hurmatda namoyon bo'ladi. Ma'naviyat-bu xalq taqdiriga befarq emaslik, uning kelajagini birga qurish yo'lida jonbozlik ko'rsatishdir. Ma'naviyat har qanday davlat va jamiyatning mustahkam poydevori bo'la oladi. Bu poydevorning mustahkam bo'lishi davlatning kuchli bo'lishiga kafolat beradi Biz inson huquq va erkinliklari kafolatlangan, farovon hayot sari, ma'naviy yuksalish, ma'rifatli jamiyat qurish yo'lida harakatdamiz. Shu maqsadda har qanday sinov va qiyinchiliklarni chetlab o'tib, ma'naviy sohadagi islohotlarimizni davom ettiramiz. Ammo, barcha sohalarda bo'lganidek, ma'naviy-ma'rifiy ishlarda ham yechimini kutib turgan masalalar yo'q emas. Misol uchun, ulkan o'zgarishlar, yangi jamiyatning nazariy asosini belgilab beradigan milliy g'oyani 84 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference shakllantirish birinchi galdagi masala hisoblanadi. Chunki, jahon tarixidan ham ma'lumki, qaysiki xalq yoki millat bir maqsad, yagona g'oya atrofida birlashsa, o'sha davlat taraqqiyotda erishgan. Lekin oramizda hamon ma'naviyatning mohiyatini tushunmagan, uning kerak yoki kerakmasligini bilolmay, milliy g'oya haqida mutlaqo tushunchasi yo'q insonlar ham bor. Ba'zilar esa milliy g'oya deganda, eski tuzumlardagi mafkuralarni ko'z oldiga keltiradi. Ma'lumki, jamiyatning ajralmas qismi hisoblangan yoshlar masalasi hamisha faylasuf, siyosatshunos, huquqshunos, tarixshunos, pedagog, psixolog, yozuvchi, shoirlar kabi turli soha sohiblarini qiziqtirib kelgan. Faylasuflar yoshlarning ijtimoiy hayotdagi o'rnini o'rgansa, huquqshunoslar ularning huquqlari va huquqiy kafolotlarini, tarixchilar jamiyat tarixidagi o'rnini, psixologlar esa bularning ahvoli - ruhiy xarakterlarini, pedagoglar esa yoshlarga ta'lim-tarbiya berish masalalarini, siyosatshunoslar yoshlarning siyosiy hayotdagi rolini va o'rnini o'rganib kelishgan. Yoshlar masalasiga bunchalik e'tibor berib kelinayotganining sababi shundaki, ular o'z g'ayrati, shijoati, istiqboli, bilim-ma'rifatga intiluvchanligi, izlanuvchanligi va boshqa fazilatlari bilan kattalardan farqlanib turadi. Yoshlar o'zlaridan avvalgi ajdodlar qoldirgan ma'rifat, madaniyat, ma'naviyatni, an'ana, urf-odatlarni boyitib boradi, yangi- yangi tashabbuslar, islohotlar bilan ijtimoiy hayot tarixidan muayyan o'rinlar oladi. Shuning uchun jamiyat yoshlarining bilim olishlari, ma'lum bir kasbi-korni egallashlari, o'z dunyo qarashlarini shakllantirishlari, jismoniy yetukligini, ma'naviy jihatdan boyligini rivojlantira borib o'zining kelajagiga asos soladi. "O'tmishdagilar, - deb yozgan edi Abu Nasr Forobiy, - o'zlarida bo'lgan zavq- na'sha, lazzatni o'zlaridan keyingi keladigan avlod orqali nasldan-naslga qoldirib keladilar. Shu tartibda vaqt va zamon o'tishi bilan kishilarda zavq ustiga zavq, na'sha ustiga na'sha qo'shilib, ulardagi lazzatlanish, zavqlanish obekti orta boradi. Mana bu holni biz farovonlik, haqiqiy baxt-saodat deb tasvirlaymiz"[2;190]. Ushbu satrlardan ham ko'rinib turibdiki, o'tmish avlod o'zidan keyingi avlodga eng yaxshi boyliklarni meros qilib qoldiradi va keyinchalik bu merosni yoshlar o'z navbatida asrab-avaylab davom ettiradi.O'tmish tarixni varaqlar ekanmiz, yoshlar ma'naviyatiga, dunyoqarashiga, axloq-odobiga bag'ishlab o'lmas asarlar qoldirgan donishmandlarni alohida eslatib o'tishimiz lozim. Jumladan, Nizom ul-mulkning «Siyosatnoma», «Rushnoinoma», Yusuf Xos H

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Yangi O'zbekistonni barpo etish borasidagi "O'zbekiston -2030" strategiyasi va undagi mamlakatning eng asosiy ustunlaridan bo'lgan ma'naviyat sohasi haqida fikr mulohazalar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Yangi O'zbekistonni barpo etish borasidagi "O'zbekiston -2030" strategiyasi va undagi mamlakatning eng asosiy ustunlaridan bo'lgan ma'naviyat sohasi haqida fikr mulohazalar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot, jadal rivojlanish, eksport, Milliy iqtisodiyot, infratuzilma, investitsiyalar, makroiqtisodiy barqarorlik.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники