К содержанию
РецензированоRU2026

“DEVONI SAYQALIY” NUSXALARIDAGI G’AZALLAR MATNIY TADQIQI

Ikromova Xumora Ilich qizi

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

В этой статье рассматриваются копии произведения Сабира Сайкали “Хиссайи Сайкали”, один из которых был выбран за основу и сопоставлен между собой. Кроме того, отрывки из копии цитируются и подвергаются анализу. Annotation: in this article, copies of the work of Sobir Saikaliy “Qissayi Saikaliy” were studied, one of which was selected as the basis and cross- referenced. In addition, excerpts from the copy were cited and subjected to analysis. Kalit so‘zlar: Sobir Sayqaliy, g‘azal, nusxa, qo‘lyozma, “Qissayi Sayqaliy”, doston, chahoriyor, Payg‘ambar. Ключевые слова: Сабир Сайкали, газель, копия, рукопись, “Хиссайи Сайкали”, эпос, чахориер, Пророк. Keywords: Sobir Saikaliy, Ghazal, copy, manuscript, “Qissayi Saikaliy”, epic, chahoriyor, Prophet. Sobir Sayqaliy 1730-yili Hisorda tug‘ilib, 1798-yili vafot etgan. Boy she’riy merosi mavjud. U yashagan davr O‘rta Osiyo xonliklarining o‘zaro kurashlari avj olgan davrda yashagan. Shuning uchun ham Sayqaliy ijodida ma’rifat g‘oyasi yetakchilik qiladi. Sayqaliyni eng ko‘p tarqalgan asari “Qissayi Sayqaliy” asaridir. Sobir Sayqaliy “Qissayi Sayqaliy” asarining Buxoro adabiyot va san’at muzey-qo‘riqxonasida o‘ndan ortiq nusxalari mavjud. Bulardan inventar raqamlari 27633 va 22346 bo‘lgan nusxalari nisbatan to‘liq deb olinib, o‘rganildi. Nusxalarning to‘liq deb olinishiga sabab shuki, qolgan qo‘lyozmalarning to‘liq emasligi ularning holatidan yaqqol sezilib turadi. Odam alayhissalom ta’riflaridan so’ng, ularga bag’ishlab g’azal keltiriladi. Qo’lyozmalarning har ikkisida ham mazkur g’azal mavjud bo’lib, ularning ba’zi bir o’rinlarida farqlar mavjud. Masalan, Majmuada matla’ qismi: Hech kim olam aro mundoq baloni ko’rmadi, Ko’rdi har kim bir a’zom-u, andoq a’zoni ko’rmadi. Devonda: 177 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Hech kim olam aro mundoq baloni ko’rmadi, Ko’rdi har kim bir azoni, mundoq azoni ko’rmadi. Mazkur baytlar o’zaro farqlar bilan yozilgan. Ularning qay biri g’azal ma’nosiga munosib ekanligini aniqlash uchun ularning mohiyatlarini aiqlab olamiz. “A’zom” “Tana”, “Azo” esa “Musibat, dard “ degan ma’nolarni anglatadi. Mundoq va andoq so’zlari olmoshning bir turiga mansub bo’lganligi bois, ma’noviy strukturasiga ta’sir qilmaydi. Misralarni talil qilamiz. Olamda hech kim bunday musibatni ko’rmadi. Odam alayhissalom qissasida Sayqaliy g’am va alamlar, odam avlodlarining xunrezliklari haqida keltiradi. Shunga ko’ra g’azalda ham g’am va iztiroblarning eng buyugi haqida so’z bormoqda. Ya’ni olamdagi jamiyki dardlardanda buyukroq g’amni, kulfatni hali hech kim ko’rgan emas. Hammaning boshida sinov bor, mushkulliklar bor. Lekin hech biri bunga teng kela olmasligi ta’kidlanishi kerak. “A’zo” so’zi bu misraga to’g’ri kelmaydi. Chuni birinchi misrada balo haqida so’zlanib, so’ng so’z jismga bog’lana olmaydi. Unga ko’ra, hech bir inson bu dunyoda bunday g’amni ko’rmadi, odamlarning har biri bitta “tana”ni ko’rdi, lekin bunaqasini ko’rmadi qabilidagi ma’no anglashiladi. Bu baytning ma’nosiga ta’sir qiladi. Demak, g’azalda “Azo” so’zi kelsa, u to’g’ri yozilgan va ma’noviy jihatdan to’g’ri tuzilgan bo’ladi. Majmuada: Base suvsizdin guli bog’ini nabi bo’ldi xazon, Hech gulshanda kishi mundoq havoni ko’rmadi. Devonda: Baseki suvsizdin guli bog’i nabi bo’ldi xazon, Hech gulshanda kishi mundoq havoni ko’rmadi. Nusxalarda baytlar qo’shimchalarning o’zgarishi bilan keltirilgan. Bunday farqlar ma’noga ta’sir qilmasada, lekin shakily o’zgarishlar sifatida aniqlandi. Majmuada –ki yuklamasi, devonda esa –ni qaratqich kelishigi shakli keltirilmagan. Yuklamaning vazifasi ma’nosiga qo’shimcha ma’no yuklash, qaratqich kelishigi esa qarashlilikni ko’rsatgan. Aslida devonda kelishik qo’shimchasi belgisiz holda qo’llangan. Bu tafovutlar ma’noga ta’sir etmagan. Majmuada: Ibtilo anbiyo, avliyo-u bisyor edi, Lek hech qaysisi mundoq anbiyoni ko’rmadi. Devonda: Ibtilo anbiyo, avliyo-u bisyor edi, Lek hech qaysisi bundoq ibtiloni ko’rmadi. 178 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Misralarni o’zaro farqlashimiz uchun ba’zi ixtiloflarning ma’nosini aniqlaymiz. “Anbiyo” “Payg’ambar”, “Ibtilo” “Mubtalolik, baloga giriftor bo’lish, jabr va zulmga duchor bo’lish, tushkunlik”, “Avliyo” “Valilar, e’tiqodli, dindor kishilar, muqaddas, aziz odamlar, ruhoniylar” degan ma’noni anglatadi. Jabr zulmlarni chekkan payg’ambar va valilar juda ko’p, biroq ularning hech biri bunday majmuaga ko’ra “Payg’ambar”ni, devonda esa “Jabr-zulm”ni ko’rmai degan ma’no anglashiladi. Baytda asosiy ma’no “Jabr-zulm” ya’ni “Ibtilo” so’ziga tushmoqda. Misrada “Anbiyo” so’zi keltirilsa ham buni xato deya olmaymiz. Chunki zulm chekkan payg’ambarlar ichida yagona ekanligi ta’kidlanmoqda. Biroq bizningcha zulm chekkan insonlar ichida eng ko’p jabr ko’rgani edi degan ma’no tarozi pallasida og’irroq tosh bosadigandek. Nusxalardagi farqlar ma’noviy qudratiga deyarli ta’sir etmaydi, lekin “Ibtilo” so’zi qo’lla

Доказательный фрагмент

«В этой статье рассматриваются копии произведения Сабира Сайкали “Хиссайи Сайкали”, один из которых был выбран за основу и сопоставлен между собой.»

Образец извлечения

Демо-превью

В этой статье рассматриваются копии произведения Сабира Сайкали “Хиссайи Сайкали”, один из которых был выбран за основу и сопоставлен между собой. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sobir Saikaliy, Ghazal, copy, manuscript, “Qissayi Saikaliy”, epic, g‘azal, nusxa, doston, Sobir Sayqaliy, “Qissayi Sayqaliy”, chahoriyor, qo‘lyozma, Payg‘ambar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники