К содержанию
РецензированоRU2026

ALISHER NAVOIY VA ZAXIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR IJODIDA ILMI ARUZNING NAZARIY MASALALARI

MANAGEMENT AND ECONOMY · G’oyibboyeva Rayhona Ahmadjonovna · Jabboraliyeva Zulhayo Alisher qizi

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 10 · 2026

Аннотация

В данной статье представлены глубокие мысли Алишера Навои и Бабура Мирзы, признанных великими гениями узбекской поэзии.В исследовании этой сложной массы поэзии рассматриваются «Мезон ул авзон» Алишера Навои и «Мухтасар» Захириддина Мухаммада Бабура. представлены и проанализированы его произведения. Ключевые слова: аруз, хазадж, раджаз и рамал бахрлар, рукн, вес салима с разаджи мусмали, вес салима с рамали мусбалом. O’zbek xalqi o’tmishda o’tgan bitmas-tuganmas ilm xazinalari – buyuk daholari bilan haqli ravishda faxrlansa arziydi. Alisher Navoiy va Bobur Mirzo hazratlari ana shu buyuk daholarning o’zbektili rivoji nafaqat o’zbektili balki mumtoz o’zbekshe’riyatining munosib ravishda shohlari desak mubolag’a bo’lmaydi. Nafaqat o’zlarining o’tkir qalami bilan qilgan ijodlari, balki adabiyotning ilmiy-nazariy jihatlariga ham bergan e’tiborlari, qoldirgan ma’lumotlari xalqimizning ulkan xazinasidir. Asrlar davomida mumtoz she’riyatimizda foydalanib kelingan, hozirgi kunda ham o’zbekpoeziyasida ham qo‘llanilayotgan aruz vazni ancha murakkab she’riy o’lchov sistemasidir. Mumtoz she’riyatimizning o’lmas obidalarini, shuningdek, o’zbekshoirlarining aruz asosida yaratilgan asarlari g’oyaviy-badiiy qimmatini chuqur anglab yetish uchun mazkur she’riy o’lchov sistemasining nazariy asoslarini bilib olish shart. She’riyatning bu murakkab vaznining o’rganilishida Alisher Navoiyning “Mezon ul avzon” va Zaxiriddin Muhammad Boburning “Muxtasar” asarlari ulkan rol o’ynaydi. Biroq shoir ijodi o’rganilar ekan, u yaratgan she’riyatning vazn xususiyatlarini tadqiq etish badiiy mahorat, uslub, an’ana va novatorlik kabi 5 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference masalalarni hal etish jihatidan alohida ahamiyatga ega. Alisher Navoiy aruz vaznining paydo bo’lishi haqida shunday yozadi: “Bas sobit bo’ldikim, aruz fani sharif fandur. Va bukim, bu ilmni nechun «aruz»dedilar, muxtalif aqvol bor. Ul jumladin, biri bila iktifo qilidur. Va ul budurkim, Xalil ibni Ahmad rahmatullohki, bu fanning voziidur, chun arab ermish va aning yaqinida bir vodiy ermishki, ani «aruz»derlar ermish va ul vodiyda arob uylarin tikib, jilva berib, bahoga kiyururlar ermish. Va uyni arab “bayt” der. Chun baytlarni bu fan bila mezon qilib, mavzunini nomavzundin ayururlar, go’yoki qiymat va bahosi ma’lum bo’lur, bu munosabat bila «aruz»debdurlar. Baytniki uy oti birla otabdurlar, munosabati muni debdurlarki, uyning chun binosi to’rt rukn biladur, bu baytning ham binosi to’rt rukn biladur, bu baytda ham mani haysiyatidin ko’p nimalar bo’lur, hatto uyning mahzunot va maxfiyoti o’rniga ham munda maxfiy va maktum xayolot va maoni topsa bo’lur, bu munosabatlardin ani «bayt» debdurlar”. Aruz she’riyati dastavval ko’chmanchi, tuya boqish bilan shug’ullanuvchi arab qabilalari badaviylarda vujudga kelgan. Alisher Navoiy yuqoridagi jumlalar orqali aruz ilmining asoschisi Xalil ibn Ahmad yashagan hudud yaqinida Aruz degan vodiy borligi haqida ma’lumot beradi. Bu vodiyda arablar chodirlar tikib, ularni bezatib sotar ekanlar. Uyni “bayt” deb atasharkan. Baytning mavzun- nomavzun (vaznli-vaznsiz) ekanligini aruz fanining o”lchoviga solib ko’rishganidek, bezatilgan uylar ham bahoga solib o’lchab ko’rilar ekan. Shu tariqa mazkur ilm ushbu vodiy nomi bilan «aruz»deb atala boshlanganligini aytib o’tgan. O’zbekaruzining nazariy va amaliy jihatdan shakllanishida Navoiyning “Mezon ul-avzon” asari ilk manbaa sifatida alohida ahamiyatga ega. Ulug’ mutafakkir shoir aruz qoidalarini xilma-xil bahrlari hamda vaznlarini turkiy tilda mufassal bayon qilish bilan cheklanib qolmay, turkiy xalqlarning og’zaki she’riyati me'zoni bilan aruz vaznlari hamohangligini quyidagicha ifoda qiladi: “turk alfozi bilakim nazm voqi bo’lubdur, anga zobitae va qonune yo’q erkondur va ul fan rivoji uchun kishi aruz fannida kitobe yo risolae bitmaydur. Bu xujasta zamondakim, zamon podshohi devon tartib berdilar, muborak xotirlarin sher vazniga va bayt taqtiiga mashgul qildilar, bu jihatdin sherning poyasi yetti ko’kdin o’tti va bu baytning martabasi bayt ul-haromga yeti”, hamda turkiy til xususiyatlarini nazarda tutgan holda aruzning turkiy adabiyotlarda, xususan, o’zbekshe’riyatida keng qo’llanilishi mumkin bo’lgan ko’plab o’lchovlarini ham belgilab berdi: “ma’lum bo’lsunkin, aruz fani ahli nazm avzoni usulining binosin uch ruknga qo’yubdurlarkim, alarni sabab va vatad va fosila debdurlar. 6 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Pas mavzun kalom talifida bu arkon tarkibidin guzir yoqtur va arabu ajam shuarosining jami ashori murakkab bu arkon ijtimoidindur va aruz ahli ani “afoiyl” va “tafoiyl” derlar va ul sekkiz faslga munhasirdur: 1) Faulun vatadi majmu taqdimi bila sababi xafifqa. 2) Foilun sababi xafif taqdimi bila vatadi majmuqa. 3) Mafoiylun vatadi majmu taqdimi bila ikki sababi xafifqa. 4) Mustafilun ikki sababi xafif taqdimi bila vatadi majmuqa. 5) Foilotun vatadi majmu kivurmak bila ikki

Доказательный фрагмент

«В данной статье представлены глубокие мысли Алишера Навои и Бабура Мирзы, признанных великими гениями узбекской поэзии.В исследовании этой сложной массы поэзии рассматриваются «Мезон ул авзон» Алишера Навои и «Мухтаса…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье представлены глубокие мысли Алишера Навои и Бабура Мирзы, признанных великими гениями узбекской поэзии.В исследовании этой сложной массы поэзии рассматриваются «Мезон ул авзон» Алишера Навои и «Мухтаса… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
аруз, хазадж, раджаз и рамал бахрлар, рукн, вес, rukn, ramali musammani solim vazni., razaji musammani solim vazni, aruz, rajaz va ramal bahrlari, hazaj
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники