Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ASARXADDON DAVRIDA: OSSURIYA IMPERIYASI.
EDUCATION SYSTEM · Ziyotov Zayniddin Abdusattor o’g’li · Kalxu, taxt, valiaxd
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
This article examines the political, military, and cultural life of the state during the reign of Esarhaddon, one of the most powerful and influential rulers of the Assyrian Empire. During the reign of Esarhaddon (681–669 BC), Assyria reached the peak of its power, occupying territories as far as Egypt and establishing itself as the sole superpower in the region. The article also analyzes its internal reforms, foreign policy, military campaigns, and religious policy. It is argued that during the reign of Esarhaddon, central power was strengthened and the administration of the empire was further improved, and that this period was a unique stage of development in the history of Assyria. The study is based on historical sources and archaeological finds and is of great importance in the study of the history of the ancient Near East. Keywords: King, Nineveh, Sidon, Cilicia, Harran, Ziggurat, Chaldea, Kalhu, Throne, Crown Prince, Egypt, Nippur, Urartu. Kirish: Qadimgi Yaqin Sharq sivilizatsiyalari orasida Ossuriya imperiyasi o‘zining harbiy kuchi, markazlashgan boshqaruv tizimi va keng hududiy ekspansiyasi bilan ajralib turgan. Ayniqsa, miloddan avvalgi VII asrda hukmronlik qilgan podsho Asarxaddon davri Ossuriyaning siyosiy va harbiy qudrati eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan davr sifatida tarixda muhim o‘rin egallaydi. Asarxaddon nafaqat imperiyani ichki nizolardan xalos qilib, markazlashgan boshqaruvni tikladi, balki tashqi yurishlar orqali Ossuriya hududlarini kengaytirishga muvaffaq bo‘ldi. U Misrni zabt etib, o‘zining siyosiy salohiyatini xalqaro maydonda yanada kuchaytirdi. Ushbu mavzuda Asarxaddon hukmronligi davrida Ossuriya imperiyasining siyosiy, harbiy va madaniy taraqqiyoti, shuningdek, uning mintaqadagi geosiyosiy ta’siri tahlil etiladi. Tadqiqot metodologiyasi: Ushbu mavzuda tarixiy-huquqiy, taqqoslama, tahliliy va tizimli yondashuv metodlaridan foydalanildi. Avvalo, Asarxaddon davriga oid asosiy tarixiy manbalar – Ossuriya klin yozuvlari, shoh farmonlari, arxeologik topilmalar va zamonaviy tarixchi olimlarning ilmiy ishlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida Asarxaddon hukmronligining siyosiy, harbiy va ijtimoiy aspektlari tizimli ravishda tahlil qilinib, ularni oldingi va keyingi Ossuriya hukmdorlarining faoliyati bilan taqqoslash asosida umumiy xulosalar chiqarildi. Shuningdek, mintaqadagi boshqa sivilizatsiyalar bilan diplomatik va harbiy aloqalar tarixiy voqealar ketma-ketligi asosida tahlil qilindi. Metodologik yondashuvlar tarixiy jarayonlarning chuqurroq anglanishiga va Asarxaddon davridagi Ossuriya imperiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga xizmat qildi. 103 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Tahlil va natijalar: Sinaxxeribning bir necha xotinlari, o’ndan ortiq o’g’illari bo’lgan. Aynan shu jarayon taxt vorisligi masalasida turli nizolarni keltirib chiqargan. Sinaxxeribning birinchi xotini malika Toshmetu-Sharratdan tug’ilgan to’ng’ich o’g’li Ashshur-nadin-Shumini taxt vorisi etib tayinlaydi. Mil.avv. 713-yilda tug’ulgan Asarxaddon Sinaxxeribning ikkinchi xotini malika Zakutuning o’g’li edi.[1] Sinaxxerib o’zining to’ng’ich o’g’li taxt vorisi Ashshur-nadin-Shumini Bobil ustidan hukmronlik qilish uchun tayinlaydi. Shahzoda o’z vazifalarini bajarayotib, elamliklar tomonidan asir olinadi va Elamga olib ketiladi.[2] Bu xabarni eshitgan Sinaxxerib o’g’lini qaytarish uchun Elamga yurish boshlaydi, ammo bu yurish muvaffaqqiyatsiz tugaydi. Bu yurish shahzoda taqdirini ham belgilaydi. Manbalarda qayt etilishicha Ashshur-nadin-Shumi asirlikda mil.avv. 694 yilda o’ldiriladi. Bu voqealardan so’ng taxt vorisligi masalasi ochiq qoladi.[3] Ossuriyada azaldan podsho taxt vorisligiga o’zining to’ng’ich o’glini tayinlar edi. Bo’lib o’tgan voqealardan so’ng podsho ikkinchi marta taxt vorisini tayinlashga to’g’ri keldi. Sinaxxerib o’zining sevimli rafiqasi malika Zakutu va Bobilning zodagonlari tazyiqi ostida malika Zakutudan bo’lgan kichik o’g’li Asarxaddonni taxt vorisi deb rasmiy e’lon qiladi. Podsho bu qarorni xalq yig’ini vaqtida ham e’lon qiladi.[4] Uning bu norozi bo’lgan katta o’g’illari Adarmalik va Sharrutsur Sinaxxeribdan o’z qarorini bekor qilishni so’raydilar. Sinaxxerib ikkilanib qoladi, lekin o’z qarorini bekor qilmaydi.[5] Bu siyosatdan norozi bo’lgan aka-ukalar Adarmalik va Sharrutsur otasidan o’ch olishga kirishadilar. Bunga o’ziga xos sabab ham bor edi albatta, chunki taxt vorisligiga nomzodlar asosan katta farzandlar bo’lishardi, ammo Sinaxxerib katta o’g’illari turib kichik o’g’lini taxt vorisi etib tayinlashi, ularga charmandalik sifatida qabul qilindi va bu uyatdan aka-ukalar isyon bilan qutilmoqchi bo’ldilar. Ular Asarxaddonning yo’qligidan foydalanib, Sinaxxerib Kalxu shahrida xudo Ninurti ibodatxonasiga ziyoratga borganida o’ldirdilar va hokimiyatni egallamoqchi bo’lganlarida ularga ukalari qarshi chiqadi. Asarxaddon isyonni darhol bostirib Nineviyada taxtni egallaydi va Ossuriya podshosi bo’ladi.[6] Hukmronligining dastlabki yi
Доказательный фрагмент
«This article examines the political, military, and cultural life of the state during the reign of Esarhaddon, one of the most powerful and influential rulers of the Assyrian Empire.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the political, military, and cultural life of the state during the reign of Esarhaddon, one of the most powerful and influential rulers of the Assyrian Empire. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- King, Nineveh, Sidon, Cilicia, Harran, Ziggurat, Chaldea, Kalhu, Urartu., valiaxd, taxt, Nippur, Misr, Nineviya, Shoh, Kikiliya, Kalxu, Zikkurat, Xaldey
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025