К содержанию
РецензированоUZ2026

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KASBIY SHAKLLANISHIDA KONFLIKTOLOGIK MADANIYAT VA AKMEOLOGIK YONDASHUV

AKMEOLOGIK YONDASHUV · Azimova Osiyoxon Adxam qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This article analyzes the role of conflictological culture in the professional development of future primary school teachers and the possibilities of the acmeological approach in shaping it from scientific-theoretical and practical perspectives. The relevance of developing conflictological culture, its role in the educational process, and its effectiveness in pedagogical activity are discussed. Keywords: conflictological culture, acmeological approach, professional development, future primary school teachers, conflict, communication competence, educational process. Zamonaviy fan konfliktni ijtimoiy munosabatlarning qonuniy va tabiiy xususiyati sifatida e’tirof etadi hamda uning turli, jumladan, konstruktiv 116 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference shakllarda namoyon bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi. Bugungi kunda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning turli sohalarida, ayniqsa, oliy ta’lim tizimida yuzaga keladigan nizoli holatlarni samarali hal etish amaliyotini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Konfliktlar har qanday ijtimoiy tizimning ajralmas qismi hisoblanadi. Ular ijtimoiy munosabatlar dinamikasining tabiiy natijasi bo‘lib, jamiyat rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi vazifasini ham bajarishi mumkin. Olimlarning ta’kidlashicha, konfliktning o‘zi muammo emas, balki uni hal etish usullari muammo bo‘lishi mumkin. Oliy ta’lim tizimida konfliktlarning samarali hal etilishi alohida ahamiyatga ega. Bu muhitda turli xil konfliktlar yuzaga keladi: professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida, ma’muriyat va xodimlar o‘rtasida, hamkasblar o‘rtasida, talabalarning o‘zlari o‘rtasida. Bu konfliktlar ta’lim sifatiga, ilmiy faoliyat samaradorligiga va umuman oliy ta’lim muassasasining psixologik muhitiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy ta’lim tizimida konfliktlarni samarali hal etish amaliyotini rivojlantirish quyidagi sabablarga ko‘ra dolzarb hisoblanadi: Ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish - konfliktlar konstruktiv hal etilganda o‘quv jarayoni uzluksiz davom etadi va sifati yaxshilanadi. Innovatsion g‘oyalar rivojlanishi - fikrlar xilma-xilligi va turli nuqtai nazarlarning mavjudligi, agar ular hurmat bilan qabul qilinsa, ijodiy va innovatsion yechimlarni keltirib chiqaradi. Kasbiy va shaxsiy rivojlanish - konfliktlarni samarali hal etish ko‘nikmalari oliy ta’lim tizimi xodimlari va talabalarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Psixologik salomatlik - konfliktli vaziyatlarni konstruktiv hal etish stress darajasini pasaytiradi va oliy ta’lim muhitida sog‘lom psixologik iqlimni shakllantiradi. Ijtimoiy kapitalni mustahkamlash - konfliktlarni samarali hal etish amaliyoti ishonch, hamkorlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlaydi, bu esa ijtimoiy kapitalning asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Shunday qilib, oliy ta’lim tizimida konfliktlarni samarali hal etish nafaqat ta’lim sifatini oshiradi, balki jamiyatning ijtimoiy barqarorligiga ham hissa qo‘shadi. Bu esa bo‘lajak mutaxassislarni nafaqat kasbiy ko‘nikmalarga, balki zamonaviy jamiyatning muhim ehtiyoji bo‘lgan konfliktlarni konstruktiv hal etish malakalariga ham ega bo‘lgan shaxslar sifatida shakllantirishga yordam beradi. 117 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy shakllanishi — bu uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, u o‘z ichiga nafaqat bilim va ko‘nikmalarni egallashni, balki o‘zini anglash, ijtimoiy va psixologik vaziyatlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishni ham oladi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchilar nafaqat pedagogik bilimlar, balki kommunikativ va konfliktologik kompetensiyalarni ham rivojlantirishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 28-apreldagi PF–73-sonli Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida farmonida[1], ta’limning sifatini oshirish va o‘qituvchilarning professional tayyorgarligini yuksaltirish zarurati ta’kidlangan. Bu qonunlar, shuningdek, muloqot kompetensiyasi va konfliktologik madaniyatning shakllanishini nazarda tutgan holda, o‘qituvchilarni ijtimoiy-psixologik muhitda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishga tayyorlashni maqsad qilib qo‘yadi. Shu bilan birga, bu kompetensiyalar o‘qituvchilarni ziddiyatli holatlarda konstruktiv yechimlar ishlab chiqishga yordam beradi. Bu borada akmeologik yondashuvning ahamiyati juda katta. Pedagogik konfliktlarga oid adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, konflikt (nizo) juda keng tarqalgan hodisa, ijtimoiy voqelik fenomeni sifatida ham umumilmiy, ham sohaviy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. “Konflikt” tushunchasining turli darajalari mavjud: hayotiy konflikt – to‘qnashuv, bahs, janjal, mushtlashuv ko‘rinishida; falsafiy konflikt – turfa fikrlilikning rivojlanishida yuzaga keladigan vaziyat sifatidagi shakli; ijtimoiy-etnik konflikt – o‘tkir vaziyat, shaxsiy munosabatlar va kishilar, ijtimoiy guruhlar, ijtimoiy institutlar va umuman, jamiyatning umumiy qabul qilingan, tasdiqlangan ahloq me’yorlari to‘qnas

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the role of conflictological culture in the professional development of future primary school teachers and the possibilities of the acmeological approach in shaping it from scientific-theoretical…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the role of conflictological culture in the professional development of future primary school teachers and the possibilities of the acmeological approach in shaping it from scientific-theoretical… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
conflictological culture, acmeological approach, professional, ziddiyat, kasbiy shakllanish, muloqot kompetensiyasi, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, ta’lim jarayoni., akmeologik yondashuv, konfliktologik madaniyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники