К содержанию
РецензированоUZ2026

O’QITUVCHINING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

MUAMMO SIFATIDA · G’aniyeva Maftuna Abduaziz qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Zamonaviy ta’lim tizimi o‘qituvchilardan nafaqat bilim va malakaga, balki o‘quv jarayonida muammolarni samarali hal qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishni talab etadi. Bu esa o‘qituvchining kasbiy faoliyatida mantiqiy tafakkur o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Mantiqiy tafakkur — bu muammolarni tahlil qilish, ularga yechim topish va qaror qabul qilish jarayonlarini amalga oshirish imkonini beruvchi vositadir. Shunday ekan, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish har qanday o‘qituvchining kasbiy muvaffaqiyatining asosi hisoblanadi. Ushbu maqolada o‘qituvchining o‘quv jarayonida mantiqiy tafakkurni qo‘llash imkoniyatlari, bu jarayonda duch keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, shuningdek, o‘qituvchining mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning zamonaviy usullari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so’zlar: Mantiqiy fikr, ijodiy fikr, intellektual salohiyat, pedagogik mahorat. Bugungi kunda ta’lim sohasida yuksak malakali, mantiqiy fikrlashga qodir pedagoglarni tayyorlash dolzarb masalaga aylangan. Mantiqiy fikrlashning takomillashgan nuqtasiga erishish bo‘lajak mutaxasislarga ta’lim muassasasining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini dars mashg‘ulotlari boshqarish sharoitlarida bu, bir tomondan, tanlovning yoki yechim mantiqiy ishlanmasining asoslanganligi, uni amalga oshirish, ikkinchi tomondan, o‘quv-tarbiya jarayonining barcha komponentlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalarning manfaatdorliklari, o‘z-o‘zini boshqarish organlarining qo‘llab-quvvatlashlari kabi ijobiy koeffisentni oshirishga yordam beradi. Pedagogik mehnatda o‘qituvchining mantiqiy individuallashtirish jarayoni quyidagi turli ifodalarga ega bo‘lishi mumkin: - kasbiy xulq va faoliyatda o‘xshamaslikning qisman yoki epizodik namoyon bo‘lishi sifatida individual farqlar; - kasbiy faoliyatda uzoq vaqt davomida barqaror saqlanadigan individual metod, kasbiy faoliyat usullari va vazifalarini individual umumlashtirish; - o‘qituvchi shaxs mehnatida betakrorligi, o‘ziga xosligining ifodalanishi sifatidagi individuallik, individual kasbiy dunyoqarash, ko‘pincha shaxsning mehnatidagi kasbiy turining individual varianti. Mantiqiy fikrlash bir tomondan individualizm ikkinchi tomondan haqiqatning asliyati va ijodiy individuallikning asosi, o‘z-o‘zini anglashning samarali formasi hisoblanib, u quyidagi psixologik xarakterlarni ham nazarda tutadi:  o‘zini boshqalar qiyoslaganda shaxs betakrorligini anglash;  o‘zi to‘g‘risidagi kreativ ifodalanish va tasavvurlarning namoyon bo‘lishi;  individual intelektual (mantiqiy tafakkur birligi) xususiyatlar yaxlitliligi va uyg‘unligi, ichki birligi;  shaxs o‘z-o‘zini rivojlantirish, uning ijodkor sifatida shakllanishi jarayonining asl mohiyati, mantiqiyligi, dinamikligi va uzluksizligi;  shaxsning o‘z-o‘zini ta’kidlashi va o‘zining kompetentligini anglashi; 103  ijodkorning o‘z-o‘zini amalga oshirishi va o‘zining ahamiyatliligini shaxsiy va ijtimoiy aspektlarda anglash. Shunday qilib, o‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilishi funksional komponentlar, mezon, daraja va tuzilish komponentlaridan iborat. Demak, bo‘lajak pedagoglarda mantiqiy fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishda darslik va oʻquv qoʻllanmalarga qoʻyilayotgan zamonaviy talablarni inobatga olish, fan va texnika yutuqlaridan, ularning bunyodkorlik sifatlaridan keng foydalanish lozim boʻladi. Bunda yoʻnaltirilgan topshiriqlarning pedagogik xarakterini inkor etib boʻlmaydi. Shunday qilib, ilmiy, ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlilidan maʻlum boʻlishicha «mantiqiy fikrlash» tushunchasiga zamonaviylik kontekstida baho berish zaruriyati ijtimoiy ehtiyoj sifatida namoyon boʻlganligi ilmiy jihatdan asoslanildi. Kuzatishlar mobaynida bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy fikrlash koʻnikmalarini takomillashtirishga metodik tayorgarligi holati quyidagi xarakterga ega va ba’zi asosiy mezonar asosida yanada rivojlanishi, yaxshilanishi mumkinligi faraz qilinmoqda: - bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga beriladigan darslarida oʻquv materialini idrok etishda, asosiy va mohiyatan birlamchi fikrlarni aniqlay olish; - analiz, sintez, analogiya, bashorat qilishga oʻrgatishning fundamental bilimlarini berib borish; - talabalarda ilmga chanqoqlik, mustaqil hayotga tayyorgarlik kabi hislatlarni oʻstirish; - ular shaxsining intellektual darajasini taraqqiy ettirib, bahs-munozara yuritish madaniyatini shakllantirish. Ta’lim sferasidagi demokratik va innovatsion kayfiyatdagi o‘zgarishlar ta’sirida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari o‘zlarining mantiqiy dunyoqarash va kasbiy rivojlanish muammolarini hal qilishda tanlash erkinligini, mustaqil ijodkorlik va izlanish imkoniyatlarini afzal ko‘radilar. Shuningdek, mantiqiy yondashuvlar va interfaol metodik texnologiyalar sharoitida bo‘lajak pedagoglarda kasbiy-fikriy kompetentlikni rivojlantirish modeli va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish nuqtai nazaridan pedagogik modellashtirish mohiyatiga to‘xtalib o‘tishni tadqiqot muammosining hozirgi ilmiy shart-sharoiti va holati ham taqozo qiladi. Mazk

Доказательный фрагмент

«Zamonaviy ta’lim tizimi o‘qituvchilardan nafaqat bilim va malakaga, balki o‘quv jarayonida muammolarni samarali hal qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishni talab etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Zamonaviy ta’lim tizimi o‘qituvchilardan nafaqat bilim va malakaga, balki o‘quv jarayonida muammolarni samarali hal qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishni talab etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pedagogik mahorat., ijodiy fikr, Mantiqiy fikr, intellektual salohiyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники