К содержанию
РецензированоUZ2026

YUZ URUG’NING JIZZAX VOHASI ETNIK GURUHLARI ORASIDA TUTGAN O’RNI XUSUSIDA

O’RNI XUSUSIDA · Eshonqulov Umurzoq Absamat o’g’li · Jo`raqulova Mehriniso Mamasaid qizi · Tegirik (tigiriq)

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada o’zbek xalqi tarkibidagi eng katta etnik guruhlardan biri yuz (juz) urug’ining o’rganilish tarixi, yuz atamasining kelib chiqishi, yuz urug’ining shahobchalari, yuz urug’ining Jizzax vohasi bo’ylab geografik joylashuvi bo’ycha mulohazlar bayon etilgan. Kalit so’zlar. Urug’, qabila, aymoq, elat, el, xalq, millat, etnoganez, etnik tarix, besh yuz (besh juz), solin, qarabchi, so’loqli, nayman erganakli, uyas, parcha, xitoy yuz (kitayiz), marka bolasi, rajab bolasi, tuyoqli, chubot, vaxtam, changal, mirzaesa, mullaesa, qarabchi, tegiriq (tig’iriq), quyonquloqli. ANNOTATION. This article describes the history of the study of the Yuz (Juz) tribe, one of the largest ethnic groups of the Uzbek people, the origin of the term Yuz, the author's views on the origin of the Yuz tribe and its geographical location. Keywords Tribe, people, nation, ethnogenesis, ethnic history, Besh yuz (Besh juz), Salin, Karabchi, Solokli, Erganakli, Uyas, Parcha, Kitayiz, Marqa child, Rajab child, Tuyakli, Chubot, Vakhtam, Changal, Mirzaesa, Mullaesa, Tegirik (tigiriq), Kuyonkulokli. АННОТATSIЯ. В данной статье рассказывается об истории изучения племени Юзов (джузов), одного из крупнейших этносов узбекского народа, происхождение термина юз, взгляды автора на происхождение племени Юзов и его географическое положение. Ключевые слова Племя, народ, нatsiя, этногенез, этническая история, бешюз (беш жуз), Раджаб боласи, Туякли, Чубот, Вахтам, Чангал, Мирзаэса, Муллаэса, Тегирик (тигирик), Куйонкулокли. O'zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixini o'rganish tarix fanining murakkab masalalaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, bu hozirgi kunning muhim muammolaridan biri hamdir. O'zbekiston mustaqilligi va o'zbek xalqining etnoma`daniy jihatdan tiklanishi sharoitida uning milliy o'zligini anglashini kuchaytirish uchun teran tarixiy bilim va tarixiy jarayonning etnik rang-barangligida xalqning o'z munosib o'rnini aniq-ravshan idrok etishi katta ahamiyatga ega.1 Mustaqilik yillarida vatanimiz tarixiga bo’lgan qiziqish ortib bormoqda ayniqsa xalqimizing etnik tarkibi, o’zbek xalqi kelib chiqishi, etnoganezi, urug’ va qabilalar tarixi, tarkibi, tuzulishi, o’zbek urug’lari geografik jolashuvi kabi masalalarni o’rganishga intilish xalqimiz orasida tabora ortib bormoqda. Dunyoda hech bir millat yagona bir urug’ yoki qabiladan tashkil topagandek o’zbek xalqi ham bundan mustosno emas.Tarixiy manbalarda o’zbeklar 92 yirik urug’dan iborat ekanligi qayd etib o’tilgan xususan XVII asrda ijod qilgan o’zbek mumtoz adabiyoti yirik namoyondasi Turdi Farog’iy ushbu urug’larni birlika inoqlika chorlab shunday deydi: 1 Shoniyozov K. O'zbek xalqining shakllanish jarayoni . — Toshkent: 2001.- B. 3. 45 Tor ko'ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling, To'qson ikki bo'li (qarindosh) o'zbek yurtidur, tenglik qiling. Birni qipchoqu xitoyu birni yuz, nayman demang, Qirqu yuz, ming son bo'lub, bir xon oyinlik qiling2 Jizzax vohasida 92 o‘zbek qabilalarining deyarli hammasidan vakillar uchratishimiz mumkin. Ilk davrlarda Jizzaxga qirqlarning katta guruhlari kelib o‘rnashgan bo‘lsa, vohaning sharqiy, shimoliy, shimoli-g‘arbiy hududlariga o‘zbeklarning yuz, qirq, saroy urug‘lari o‘troqlashishi natijasida voha aholisining etnik tarkibi yanada qalinlashgan. Yuzlar asosan, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida yashaganlar va quyidagi 3 ta yirik tarmoq–Marka bolasi, Qorapchi, Rajab bolasi qismlariga bo‘linganlar. Vohada istiqomat qiluvchi o‘zbek urug‘lari ichida son va mavqe jihatidan yetakchi o‘rinni olgan yuz urug‘i bir necha bo‘g‘in va tarmoqlarga bo‘lingan. X.Doniyorov yozishicha, ming qabilasining xalqlari shaharga moslashib o‘z urug‘ va qabilalarini unutib yuborganligi natijasida yuzlar mavqei yanada oshadi. Shuningdek, u Toshkent, Sirdaryo va Samarqand viloyatlaridan olingan ma’lumotlariga binoan, juzlar uchta katta bo‘lakka ajratadi: marka bolasi, qarabchi, rajab bolasi. Marka bolasi ham ikkita bo‘lakka bo‘linadi: uyas-solin, xitoy yuzi. O‘z navbatida uyas oltita bo‘lakka bo‘linadi: kerayt, kal, norin, uyas, oqchepkon, ko‘sa, boymoqli yoki cho‘pqon3. Bundan tashqari taniqli etnograf V.Radlov o‘zining «O‘rta Osiyoning o‘troq turkiy qabilalari haqida» asarida general A.Maksheev asariga tayangan holda voha yuzlarining batafsil sharhini keltiradi. Maksheev bo‘yicha yuz qabilasi tarkibi, Parcha yuz (Boymoqli, Biran sadoq, Olmachi, Mirza uch tamg‘ali, Sirg‘ali yuz, Uyuvli, Qoraqalpoq, Puchug‘oy, Oq qigiz, Quyonquloqli, Bolg‘ali to‘rt tamg‘ali, Eshquli, To‘qboy), Xitoy yuz (Xon xo‘ja, Norin, Chunkan, Sirbo‘yinliq, Qo‘qoni, Qo‘sh tamg‘ali, Ochamayli, Mang‘it), Solin (Shodmon to‘pi, Nauferash, Tog‘ay to‘pi, Kavrak, Davlat, Qirq sadoq, Boyovut, Kenayuz), Uyas (Oq chakmon, Norin, Chunkan, Sirbo‘yinlik), Qarapchi (Burjigen, Qo‘ng‘irboy, Sakkiz sari, Nayman, Qo‘qoni, Qo‘shtamg‘ali, Ochamayli, Mang‘it), Nayman erganakli (Chiljuvut), Besh yuz (Qo‘shtamg‘ali) va So‘loqli (Kultepalik, Beshkal, G‘afur, Chirqirovuq, Mirza, Ariq, Beklar to‘p

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o’zbek xalqi tarkibidagi eng katta etnik guruhlardan biri yuz (juz) urug’ining o’rganilish tarixi, yuz atamasining kelib chiqishi, yuz urug’ining shahobchalari, yuz urug’ining Jizzax vohasi bo’ylab geo…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o’zbek xalqi tarkibidagi eng katta etnik guruhlardan biri yuz (juz) urug’ining o’rganilish tarixi, yuz atamasining kelib chiqishi, yuz urug’ining shahobchalari, yuz urug’ining Jizzax vohasi bo’ylab geo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tribe, people, nation, ethnogenesis, ethnic history, Besh yuz (Besh juz), Salin, etnik tarix, solin, xalq, chubot, uyas, millat, tuyoqli, el, etnoganez, elat, Urug’, so’loqli, quyonquloqli., marka bolasi, qabila, xitoy yuz (kitayiz), aymoq, rajab bolasi, parcha, qarabchi, mirzaesa, changal, mullaesa, tegiriq (tig’iriq), nayman erganakli, vaxtam
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники