The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
"SURXONDARYO VILOYATI TOPONIMLARI: INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA CHOG‘ISHTIRMA TADQIQOT"
CHOG‘ISHTIRMA TADQIQOT" · Davronova Bonu Davron qizi · Qumqoʻrgʻon), ta shaharcha
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 1941
Аннотация
Ushbu maqolada toponimikaning rivojlanish tendensiyasi, toponim va joy ta’rifi, Termiz shahri mavjud joy nomlari tasnifi, tarkibi, nomlanish qonuniyatlari va tarixiy xususiyatlari, Termiz shahri tarixiy toponimlarining obyekti nomlari, mahalla va ko‘chalar nomlari, muassasalar va boshqa turli joylar bilan bog‘liq toponimlar, Termiz shahrida o’rin olgan joy nomlari shakllanishining tarixiy xususiyatlari, ko‘chalarning nomlari, turli muassasalar bilan bog‘liq bo‘lgan toponimlar yoritilgan hamda shaharlarning ko’plab obyektlari farqlariga urg’u berilgan. Kalit so’zlar: Termiz, tarix, rivojlanish, joy, shahar, hudud, ko‘cha, toponim, nom, darvoza, geografik obyekt. Surxondaryo viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941-yil 6- martda tashkil etilgan (1925-yil 29-iyundan Surxondaryo okrugi boʻlgan). 1960-yil 25- yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964-yil fevralda qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning janubi-sharqida, Surxon-Sherobod vodiysida joylashgan. Viloyat nomi vohadan oqib oʻtuvchi “Surxon” (fors-tojik: “qizil”) daryosi nomidan kelib chiqqan. Janubidan Amudaryo boʻylab Afgʻoniston, shimoliy, shimoli-sharq va sharqdan Tojikiston, janubi- gʻarbdan Turkmaniston, shimoli-gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 20,1 ming km². Aholisi 2907 ming kishi (2024-yil 1-Iyun holatiga koʻra). Tarkibida 14 ta tuman (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Qiziriq, Qumqoʻrgʻon), 8 ta shahar (Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Shargʻun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon), 114 ta shaharcha, 865 ta qishloq aholi punktlari mavjud (2020). Markazi — Termiz shahri. Jahon tilshunosligida onomastika, xususan, toponimikaning tadqiqot obyekti sifatida toponimlar ham muhim tarixiy, milliy-madaniy, ijtimoiy axborot tashuvchi lingvistik birliklar sifatida o‘rganilmoqda. Toponimlarning o‘rganilishi til tizimi taraqqiyoti va takomilini, ularga aloqador hudud dialekti, tarixi, geografiyasi, etnografiyasi, tabiati va boshqa imkoniyatlarini tadqiq qilish nuqtayi nazardan ham ilmiy- nazariy, ham amaliy ahamiyatga egadir. Onomastika masalalari dunyodagi turli soha olimlari tomonidan ilmiy nazariy va amaliy asoslarda tadqiq etish ancha vaqtlardan buyon davom etib kelmoqda. Bugungi kunga kelib toponimik birliklarning barcha tiplarini yaxlit bir tizim sifatida tarixiy-etimologik, leksik-semantik, struktur-tipologik, nominatsion- motivatsion, sotsiolingvistik, antroposentrik jihatdan o‘rganish muhim hisoblanadi. Dunyo tilshunosligida toponimlarning oykonim, gidronim, oronim, nekronim, agroonim kabi tarkibiy qismlarini lingvistik paradigmalar asosida o‘rganish xalqning ijtimoiy hayotini, milliy, etnik, madaniy tarixini, shu xalq tilining tarixiy taraqqiyotini yoritishda ahamiyatlidir. Toponimlar muayyan tilda xalq tomonidan yaratiladi va o‘sha davrning ijtimoiy hayoti haqida axborot beradi. Toponimlar xalqning o‘tmishi, urf- odatlari, boshidan kechirgan turli xil 57 ijtimoiy-siyosiy, etnomadaniy jarayonlarni o‘zida saqlovchi lingvomadaniy birliklar hisoblanadi. Ana shu ma’noda toponimlar tilning tarixiy, lisoniy boyligi, xalq ma’naviyatining ajralmas merosidir. Zero, “Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlarga qoldirish, davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir”. Keyingi yillarda respublikamiz toponimlarini lug‘atini yaratish bo‘yicha ham samarali ishlar amalga oshirildi. Shu kunga qadar yaratilgan toponimik lug‘atlarning aksariyati ma’lum hududga tegishli joy nomlarini etimologik izohini ko‘rsatishga qaratilgan. Termiz shahrining o’zida ham ziyoratgoh joylar mavjud bo’lib, asosan Qirqqiz qal'asi – eramizning IX-X asrlariga oid Surxondaryo viloyatidagi me'moriy yodgorlik bo‘lib, Termiz tumanida vayrona holida saqlanib qolgan. Inshoot qanday maqsadda qurilganligi (qal'a, saroy, xonaqoh, karvonsaroy) haqida rasmiy dalil, ma'lumot yo‘q. U dunyo tomonlariga moslab qat'iy mujassamotda, ya'ni G‘arb va Sharq burchaklarini aniq hisobga olib bunyod etilgan. Qal'a to‘rtburchak tarhli (53,3x54,8 m), 1 qavatli, faqat yo‘laklar umumiy balandlikda 2 qavatli bo‘lib, xom g‘isht (30x30x5 — 5,5 sm)lardan qurilgan, toq va ravoqlarida shu o‘lchamdagi pishiq g‘ishtlar ham ishlatilgan; qalin devor bilan o‘ralgan (tashqi devor qalinligi 2—2,5 m). Sulton Saodat - Sulton Saodat majmuasi V asr davomida (XII-XVII asrlar) Termiz sayidlari dafn etilgan joyda qurilgan. Ushbu majmuani diniy binolardan tashkil topgan. Majmuaning negizida 2 ta maqbara joylashgan bo‘lib, ular jome masjid vazifasini bajaruvchi ayvonlar bilan birlashtirilgan. Maqbaralar gumbazlar bilan yopilgan arkali kompozitsiyalar bo‘lib, ularning ichkarisida pishgan g‘ishtlardan qurilgan sag‘onalar joylashgan. Ularda dekorativ naqshlarning qoldiqlari qisman saqlanib qolgan. Kokildor Ota - xonaqohi o‘zining arxitekturasi va ajoyib qurilishi bilan farq qiladi. Ushbu gumbazli va ko‘p xonali yodgorlikning old qismi g‘ishtdan ishlangan. Uning qurilishida Sulto
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada toponimikaning rivojlanish tendensiyasi, toponim va joy ta’rifi, Termiz shahri mavjud joy nomlari tasnifi, tarkibi, nomlanish qonuniyatlari va tarixiy xususiyatlari, Termiz shahri tarixiy toponimlarinin…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada toponimikaning rivojlanish tendensiyasi, toponim va joy ta’rifi, Termiz shahri mavjud joy nomlari tasnifi, tarkibi, nomlanish qonuniyatlari va tarixiy xususiyatlari, Termiz shahri tarixiy toponimlarinin… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- toponim, ko‘cha, rivojlanish, nom, Termiz, tarix, geografik obyekt., darvoza, joy, hudud, shahar
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021