К содержанию
РецензированоEN2026

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TIZIMIDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI TAJIBASI

TAJRIBASI TAJIBASI · Muhammadqulov Bekzod Lutfullo oʻgʻli · Мухаммадкулова Бекзода Лутфулло угли

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 179-209 · 2026

Аннотация

This article analyzes the experience of foreign countries in the anti-corruption system. The article also examines a foreign model based on the experience of foreign countries, such as conducting investigative activities, developing specific anti-corruption policies, analytical activities, assistance in crime prevention, cooperation with civil society, data collection and analysis, and monitoring the implementation of anti-corruption programs. 64 Keywords: Governance, state, society, politics, model, corruption, combating, legal information. Bugun Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturining tasdiqlanishi mamlakatda korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora- tadbirlarni samarali amalga oshirilishini taʼminladi. Misol uchun, qisqa vaqt ichida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid beshta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi, “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi, “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi, “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda Davlat rahbarining bir qator Farmonlari qabul qilindi. Shuni alohida qayd etish joiz, Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishni bosh maqsad qilgan alohida davlat organini tashkil etish yuzasidan Prezident Farmoni loyihasini tayyorlash boʻyicha faol saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Loyihada mazkur organning tashkil etilishi va faoliyat yurtishining huquqiy asoslari, maqsad va vazifalari, huquq hamda majburiyatlari, shuningdek, mamlakat Prezidenti va parlamentiga hisobdorlik belgilanishi nazarda tutilishi kerak. Shu munosabat bilan, ushbu sohadagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, ayniqsa, bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Dunyo tajribasidan bizga maʼlumki, korrupsiyalashgan mamlakatlarning iqtisodiyoti toʻgʻri ishlay olmasligi, korrupsiya tabiiy qonuniyatlarning erkin ishlashiga xalaqit berishi va mamlakat iqtisodining gullab-yashnashiga jiddiy toʻsiqdir. Korrupsiya hayotni, iqtisodiyotni va demokratiyani yoʻq qiladi. Korrupsiya kambagʻal mamlakatlarning qashshoqlikda qolishiga, mojarolar va beqarorliklar kelib chiqishiga, shuningdek, moʻrt muhitning paydo boʻlishiga xizmat qiladi. Oʻrganishlar rivojlanayotgan mamlakatlarda rivojlangan mamlakatlarga nisbatan korrupsiya ancha yuqori boʻlishini koʻrsatmoqda. Korrupsiyalashgan mamlakat iqtisodiyotida resurslar ham samarasiz taqsimlanadi, sababi toʻgʻri yoʻl bilan gʻalaba qozona olmaydigan kompaniyalar, koʻpincha, poraxoʻrlik yoki ulush berish evaziga davlat buyurtmalariga va loyihalariga ega boʻlishadi. Moliyaviy oqimlarning kattaligi tufayli davlat xaridlari firibgarlik va korrupsiya tuzogʻiga tushishi ehtimoli yuqori boʻlgan eng zaif yoʻnalishlardandir. Iqtisodiyotning korrupsiyalashishi taʼlim va sogʻliqni saqlash sifatining yomonlashishiga, bu esa, oʻz navbatida, aholining umumiy turmush darajasining pasayishiga olib keladi. Biz olib borgan tahlillar korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga institutsional yondashuv bir qator ijobiy jihatlarga ega boʻlishini koʻrsatdi. Mazkur muammoga kompleks yondashuvni amalga oshirish, jamiyatda mavjud korrupsiya darajasini pasaytirish borasidagi vazifalarni samarali hal etish imkonini beradi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organlarning muvaffaqiyat qozongan uchta asosiy faoliyatini misol tariqasida keltirib oʻtish mumkin: 65 1) korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi chora-tadbirlarni olib borish1; 2) tergov vakolatlari, nazorat funksiyalari; 3) boshqa idoralardan mustaqil ravishda oʻz faoliyatini olib borish, faqat davlat hokimiyatining oliy organlariga hisobdor boʻlish. Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tavsiyalarni ishlab chiqish boʻyicha yetakchi xalqaro tuzilma – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tadqiqotiga koʻra, huquqni muhofaza qilish organlari vakolatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha koʻp maqsadli idoralarning modeli kompleks yondashuvning eng yorqin namunasidir. Ushbu turga tegishli boʻlgan idoralar quyidagi: tergov faoliyatini olib borish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻziga xos siyosatni ishlab chiqish, tahliliy faoliyat, jinoyatlarning oldini olishda koʻmaklashish, fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik qilish, maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturining bajarilishini monitoring qilib borish kabi vazifalarni bajaradi. Bunday modelni Gonkongning korrupsiyaga qarshi kurashish Mustaqil komissiyasi va Singapurning korrupsiya faoliyati boʻyicha tergov Byurosi bilan tenglashtirish mumkin. Singapur Byurosi oʻz ichiga – tergov, maʼlumot va axborot, koʻmaklashish boʻlimla

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the experience of foreign countries in the anti-corruption system.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the experience of foreign countries in the anti-corruption system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Governance, state, society, politics, model, corruption, combating, legal, qarshi kurashish, korrupsiya, Boshqaruv, davlat, jamiyat, siyosat, huquqiy axborot.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники