К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA ULARNI INSON HAYOTIGA TA’SIRI

Tlavadinov Og‘abek Zuxriddin o‘g‘li · Dasturiy Injinering · Kiberxavfsizlik fakulteti

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada, texnologiyalarning ijobiy va salbiy ta’sirlari, ularning kommunikatsiya, tibbiyot, va shaxsiy hayotga qanday o‘zgarishlar kiritganligi ko‘rib chiqilgan. Maqolada zamonaviy texnologiyalarning imkoniyatlari va xavflari, shuningdek, ularning kundalik hayotdagi o‘rni va jamiyatga ta'siri muhokama qilinadi. Texnologiyalarning to‘g‘ri va ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi zarurligi haqida ham fikr bildirilgan. Kalit so‘zlar: zamonaviy texnologiyalar, kommunikatsiya, internet, sun'iy intellekt, tibbiyot, ijtimoiy tarmoqlar, xavfsizlik, maxfiylik, kiberjinoyatlar. Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar dunyo bo‘ylab tez rivojlanmoqda. Ular odamlarning kundalik hayotini o‘zgartirib, turli sohalarda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bu texnologiyalar ishlash uslublarini, muloqot qilishni va hatto odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni ham o‘zgartirmoqda. Smartfonlar, kompyuterlar, internet, sun’iy intellekt va boshqa innovatsiyalar hayotimizning ajralmas qismiga allaqqachon aylanib ulgurgan desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Quyida zamonaviy texnologiyalarning ijobiy va salbiy ta’sirlarini ko‘rib chiqamiz. Zamonaviy texnologiyalarning birinchi va eng muhim ijobiy jihatlaridan biri- kommunikatsiya sohasidagi o‘zgarishlardir. Internet va mobil telefonlar yordamida odamlar bir-birlari bilan tez va qulay muloqot qilmoqda. Masofaviy ishlash, o‘qish va yangiliklar olish osonlashdi. Onlain ta’lim, videokonferensiyalar, va ijtimoiy tarmoqlar biznes va shaxsiy hayotda ko‘plab o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Texnologiyalar shuningdek, tibbiyot va ta’lim sohalarida katta yutuqlarga erishishga imkon yaratmoqda. Yangi tibbiy asbob-uskunalar, davolash usullari va sun’iy intellekt tibbiy tashxis qo‘yishda va davolashda yordam berishi mumkin[3]. Masalan, robot-xirurglar jarrohlik amaliyotlarini yanada aniqroq va xavfsizroq qilishga yordam beradi. Yevropaning ko‘plab rivojlangan davlatlarida robotlar nozik jarrohlik ishlarini ham bajarishmoqda. Ta’lim sohasiga keladigan bo‘lsak, zamonaviy tehnologiyalar yordamida inson hohlagan adabiyotidan, darslik va qo`llanmalaridan internet orqali qulay foydalanishmoqda. Bu esa bilim olishni sezilarli osonlashtiradi[4]. Bizning universitetimiz ham aynan shu sohaga ixtisoslashtirilganligi universitetimiz talabalariga ayni muddao hisoblanadi. Chunki zamonaviy kasblarning rivojlanishi bilan mamlakat ham beixtiyor rivojlanadi. Bizning yo‘nalishimiz uchun rivoji uchun qilinyotgan ishlar ham buni yaqqol misoli bo‘la oladi. Ya’ni axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik markazlarini ochilishi yangi imkoniyatlar yaratilishiga olib keladi. Zamonaviy texnologiyalarning salbiy ta’sirilarini ko‘ib chqadigan bo‘lsak, Internet va ijtimoiy tarmoqlar ba'zan odamlar o‘rtasidagi real munosabatlarni pasaytiradi[5]. Ko‘p vaqtni ekranga qarab o‘tkazish, jamiyatda yolg‘izlik va ruhiy salomatlik muammolariga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ma’lumotlarning xavfsizligi va maxfiylik masalalari ham tobora muhim 72 ` bo‘lib bormoqda. Hakerlar, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash va boshqa kiberjinoyatlar xavfi kundan-kun ortib bormoqda[1]. Texnologiyalarni noto‘g‘ri qo‘llash, shu jumladan bolalar va o‘smirlarni noto‘g‘ri axborotdan himoya qilmaslik, ularga zarar yetkazishi mumkin. Ammo, yuqorida ta’kidlaganimdek, axborot xavfsizligiga qaratilayotgan e’tibor va uni rivojlanishi uchun qilinayotgan ishlar bunday noxush ishlar bo‘lmasligini ta’minlab beradi. Chunki yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan foydalanib, tahsil olayotgan universitetimizning ko‘plab iqtidorli talabalari kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda katta natijalarga erishishlari mumkin. Zamonaviy texnologiyalar hayotimizni osonlashtirishda, samarali ishlashda va yangi imkoniyatlar yaratishda katta rol o‘ynaydi. Lekin ularning salbiy ta'sirlariga ham e’tibor berish zarur. Texnologiyalarni me’yorida va ehtiyotkorlik bilan ishlatish, ularning ijobiy tomonlaridan foydalangan holda salbiy ta’sirlaridan saqlanish mumkin. Buning uchun har bir insonning jiddiy va mas’uliyatli yondashuvi muhimdir[2].

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada, texnologiyalarning ijobiy va salbiy ta’sirlari, ularning kommunikatsiya, tibbiyot, va shaxsiy hayotga qanday o‘zgarishlar kiritganligi ko‘rib chiqilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada, texnologiyalarning ijobiy va salbiy ta’sirlari, ularning kommunikatsiya, tibbiyot, va shaxsiy hayotga qanday o‘zgarishlar kiritganligi ko‘rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xavfsizlik, kiberjinoyatlar., kommunikatsiya, internet, sun'iy intellekt, tibbiyot, ijtimoiy tarmoqlar, zamonaviy texnologiyalar, maxfiylik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники