К содержанию
РецензированоUZ2026

AVTOMOBIL YO‘LLARINI RIVOJLANTIRISH MAQSADLI JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI · Suvanqulov Shohzod Ikromjon o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasining Tinglovchisi

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llari infratuzilmasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutuvchi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi faoliyatining hozirgi holati, muammolari va takomillashtirish yo‘llari tahlil qilingan. Statistik ma’lumotlar asosida jamg‘armaning moliyaviy salohiyati, mavjud infratuzilmaning texnik holati va boshqaruv mexanizmlariga baho berilgan. Raqamlashtirish, davlat-xususiy sheriklik, resurslarni adolatli taqsimlash va korrupsiyaning oldini olish kabi samarali choralar orqali jamg‘arma faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surilgan. Mazkur tadqiqot avtomobil yo‘llarining barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishni maqsad qiladi. Kalit so‘zlar: avtomobil yo‘llari, rivojlantirish jamg‘armasi, infratuzilma, moliyalashtirish, davlat-xususiy sheriklik, raqamlashtirish, monitoring, transport siyosati, yo‘l qurilishi. Transport infratuzilmasi har qanday mamlakat iqtisodiyotining harakatlantiruvchi kuchlaridan biri hisoblanadi. Xususan, avtomobil yo‘llari tarmog‘i nafaqat hududiy bog‘liqlikni ta’minlaydi, balki ishlab chiqarish, savdo, turizm va aholi harakatchanligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan O‘zbekiston Respublikasida yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Ushbu jarayonda Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi (AYRMJ) asosiy moliyaviy institut sifatida ishtirok etadi. Mazkur maqolada AYRMJ faoliyatining mavjud holati tahlil qilinadi va uni takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari suriladi. Ilmiy va amaliy manbalarda avtomobil yo‘llari infratuzilmasi, moliyalashtirish mexanizmlari va davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalar keng o‘rganilgan. Quyidagi asosiy adabiyotlar tahlil qilindi: 2024-yilda O‘zbekiston bo‘yicha avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 184 000 km dan oshgan. Ularning 42% qismi qoniqarsiz yoki yaroqsiz holatda, kapital ta’mirga muhtoj. AYRMJ tomonidan 2023-yilda yo‘l infratuzilmasiga 7,2 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan, bu 2022-yilga nisbatan 18% ko‘p. Aniqlangan muammolar:  Mahalliy yo‘llarga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti (ajratilgan mablag‘larning 30– 35%).  Monitoring va audit tizimlari yetarli darajada ishlamaydi.  Qurilish ishlari tenderlari shaffof emas, korrupsiya xavfi mavjud.  Ilg‘or texnologiyalardan foydalanish darajasi past. Xulosa va takliflar O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari infratuzilmasini rivojlantirishda muhim moliyaviy institut sifatida faoliyat yuritayotgan Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli 81 ` jamg‘armasining bugungi kundagi holati shuni ko‘rsatmoqdaki, mavjud moliyaviy va tashkiliy mexanizmlar zamonaviy talab va ehtiyojlarga to‘liq javob bermaydi. Tahlil natijalariga ko‘ra, jamg‘armaning ayrim funksional yo‘nalishlarida tizimli muammolar mavjud: moliyaviy manbalar cheklangan, investitsiya jalb qilish imkoniyatlari yetarli darajada ishlatilmayapti, hududiy tenglik tamoyili to‘liq ta’minlanmagan, shuningdek, monitoring va nazorat mexanizmlarining samarasizligi kuzatilmoqda. Shu bilan birga, avtomobil yo‘llari infratuzilmasini barqaror rivojlantirish uchun raqamlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda kadrlar salohiyatini oshirish kabi ustuvor yo‘nalishlarni kuchaytirish zarurligi aniqlangan. Takliflar Moliyaviy barqarorlikni ta'minlash uchun yangi manbalarni shakllantirish zarur. Bunga yo‘l yig‘imlarini optimallashtirish, xalqaro moliyaviy institutlar grantlari va infratuzilmaga mo‘ljallangan obligatsiyalar chiqarish orqali erishish mumkin. Raqamli texnologiyalar asosida boshqaruvni takomillashtirish lozim. Xususan, avtomobil yo‘llarining texnik holatini doimiy monitoring qilish uchun GIS (Geoaxborot tizimlari), sun’iy intellekt va dron texnologiyalarini joriy etish tavsiya etiladi. Hududlar bo‘yicha resurslar taqsimotini adolatli tashkil etish. Chekka va qishloq hududlaridagi yo‘l infratuzilmasiga ko‘proq e’tibor qaratish orqali iqtisodiy va ijtimoiy tenglikka erishish mumkin. Sifat nazorati va shaffoflikni kuchaytirish uchun mustaqil audit tizimlari joriy etilishi lozim. Bu jamg‘arma mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishini kafolatlaydi. Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini kengaytirish. Investorlarga soliq imtiyozlari, yengilliklar, kafolatlangan daromad tizimlari orqali avtomobil yo‘llari sohasiga xususiy kapitalni faol jalb etish mumkin. Soha mutaxassislarining malakasini oshirish uchun maxsus ta’lim dasturlari, xalqaro tajriba almashinuvi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha seminarlar tashkil etish muhim ahamiyatga ega.

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llari infratuzilmasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutuvchi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi faoliyatining hozirgi holati, muammolari va t…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llari infratuzilmasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutuvchi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi faoliyatining hozirgi holati, muammolari va t… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
transport siyosati, yo‘l qurilishi., monitoring, raqamlashtirish, avtomobil yo‘llari, davlat-xususiy sheriklik, rivojlantirish jamg‘armasi, infratuzilma, moliyalashtirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники