К содержанию
РецензированоUZ2026

IDORAVIY HUQUQ IJODKORLIGI FAOLIYATINI REJALASHTIRISHNING AHAMIYATI

Abduraxım Xasanov

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada vazirlik va idoralar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish jarayonlarini tashkil etish hamda rejalashtirishning ahamiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari ichki ishlar organlari huquq ijodkorligi faoliyati misolida tahlil qilingan. Muallif normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari sifatli tayyorlanishini ta’minlash maqsadida norma ijodkorligini rejalashtiruvchi subyektlar doirasini, norma ijodkorligi faoliyatini bajarish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash zarurligi haqida xulosaga kelgan. Kalit so‘zlar: norma ijodkorligi, idoraviy huquq ijodkorligi, rejalashtirish, normativ- huquqiy hujjat, ichki ishlar organlari, “paket” tamoyili. Norma ijodkorligi jarayonida normativ-huquqiy hujjatlarning samaradorligini oshirish ularni vazirlik va idoralar tomonidan tayyorlash va qabul qilish jarayonlarini tashkil etish hamda rejalashtirish bilan bog’liq. Ushbu masalani Ichki ishlar vazirligi (keying o‘rinlarda – IIV) huquq ijodkorligi faoliyati misolida ko’rib chiqamiz. P.Solovevning fikricha, “rejalashtirish norma ijodkorligining dastlabki bosqichi, shuningdek, huquqiy barqarorlik va aniqlikni ta’minlovchi qonunchilikni rivojlantirish tamoyilidir”1. A.Mironovning fikricha, ilmiy yondashuvga asoslangan rejalashtirish davlat va jamiyat taraqqiyoti prognozlari bo‘yicha ularning ehtiyojlariga asoslanmagan qonunlar va qonunosti hujjatlarini qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qiladi2. Normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish muammolari nafaqat ilmiy, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ularni yechish norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash jarayonlarining samaradorlik darajasini oshirish imkonini beradi. Bizningcha, normativ-huquqiy hujjatlarni yanada puxtaroq tayyorlash va ularning sifatini yaxshilash uchun ularni tayyorlash, kelishish va qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish zarur. O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, “normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish, qoida tariqasida, huquqiy jihatdan tartibga solish talab qilinadigan muammolarni aniqlash va tahlil qilish yakunlari bo‘yicha tayyorlanadigan norma ijodkorligi ishining rejalari (dasturlari) doirasida amalga oshiriladi”. O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ichki ishlar organlari xususan, vazirlik normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, qonunchilikni ichki ishlar organlarining vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha takomillashtirishga doir 1 Соловев П. В. Перспективное планирование нормотворческой деятелности в Республике Беларус // Вестник Полоцкого государственного университета. Серия D, Экономические и юридические науки. – 2012. С. – 113. 2 Миронов А. Н. Миронов АН Принципы нормотворчества // Право, политика и современное общество: ценности, развитие и проблемы. – 2017. С. – 22. 87 ` takliflarni ishlab chiqadi. Hozirgi sharoitda bu faoliyatning bosh yo‘nalishlaridan biri ichki ishlar organlari o‘zlariga yuklatilgan funksiyalar va vazifalarni samarali bajarishini huquqiy jihatdan har tomonlama ta’minlashdir. IIVning norma ijodkorligi faoliyati so‘nggi yillarda rejali asosda amalga oshirilmoqda. IIVning muvofiq norma ijodkorligi ishini rejalashtirish masalalari vazirning buyruqlari bilan atroflicha tartibga solinadi. Ayni vaqtda, rejalashtirish chog‘ida, shuningdek IIV hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida vazirlik vakolatlarini hisobga olish lozim. Masalan, Yo‘l harakati qoidalari idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan emas balki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi. Keltirilgan misol shuni ko‘rsatadiki, IIV idoraviy norma ijodkorligining chegarasi qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida yanada aniqroq belgilansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. So‘nggi yillarda IIV muhim boshqaruv qarorlarini, boshqaruvning turli darajalari va bo‘g‘inlari tuzilishi va vakolatlarini, ularning o‘zaro aloqasi hamda ularning ishini muvofiqlashtirishning tashkiliy shaklini yuridik jihatdan mustahkamlovchi, shuningdek ayrim texnik-iqtisodiy normalarni tartibga soluvchi normativ hujjatlarni qabul qildi (O‘zbekiston Respublikasi IIVning norma ijodkorligi faoliyati 2016 yilda “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qancha hujjatlari qabul qilinganidan so‘ng yanada faollashdi). Ta’kidlash lozimki, “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi to‘g‘risida” Nizomda ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish, ular zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish masalasi nazarda tutilgan bo‘lsada, IIV tizimida huquq ijodkorligi faoliyatini rejalashtirish haqidagi ko‘rsatma mavjud ham emas. Shu tufayli ham mazkur Nizomga tegishli bandni kiritish zarur deb hisoblaymi

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada vazirlik va idoralar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish jarayonlarini tashkil etish hamda rejalashtirishning ahamiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari ichki ishlar orga…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada vazirlik va idoralar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish jarayonlarini tashkil etish hamda rejalashtirishning ahamiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari ichki ishlar orga… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rejalashtirish, “paket” tamoyili., idoraviy huquq ijodkorligi, ichki ishlar organlari, norma ijodkorligi, normativ-huquqiy hujjat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники