К содержанию
РецензированоRU2026

XALQARO MUNOSABATLAR NAZARIYASIDA PRAGMATIZM VA PRAGMATIKALAR

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abdusamat Abduxalilov Abdumalik o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/si) · Diyorbek Niyatullayevich Turayev (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 30 · 2026

Аннотация

В данной тезисной работе анализируются формирование, содержание и практическое выражение идеи прагматизма в теории международных отношений. В тексте обоснованно раскрывается, что прагматизм первоначально возник как философское направление, а впоследствии превратился в широко применяемый в геополитике и дипломатии реалистический политический подход. Особое внимание уделяется стратегической значимости прагматизма в таких глобальных процессах, как реалполитика, геоэкономические интересы, обеспечение стабильности в многополярном мире - на основе конкретных примеров. Также приводятся данные и примеры о прагматичных личностях и их прагматичном имидже. Ключевые слова. Прагматизм, теория международных отношений, реалполитика, геополитика, дипломатическая стратегия, национальный интерес. Annotation. This thesis analyzes the formation, essence, and practical application of the idea of pragmatism in the theory of international relations. It is scientifically substantiated that pragmatism initially emerged as a philosophical school and later evolved into a widely used realist political approach in geopolitics and diplomacy. Particular attention is given to the strategic importance of pragmatism in global processes such as realpolitik, geo-economic interests, and maintaining stability in a multipolar world, supported by illustrative examples. Additionally, examples are provided about pragmatic individuals and their pragmatic public image. Keywords. Pragmatism, theory of international relations, realpolitik, geopolitics, diplomatic strategy, national interest. Pragmatizm (yunoncha pragma - “harakat”, “amaliy ish”) xalqaro munosabatlar nazariyasida bu atama davlatlar yoki siyosiy aktorlarning qarorlarida mafkuraviy qat’iylikdan emas, konkret vaziyat, real manfaatlar va kutilayotgan natijalar asosida harakat qilish 78 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si prinsipini anglatadi [1]. Pragmatizm nazariyasi davlatlarni barqarorlik, xavfsizlik va taraqqiyotga erishishda ideologik yondashuvlardan ko‘ra, foydali, muvozanatli va amaliy siyosat yuritishga undaydi[2]. Pragmatik tashqi siyosat bu qat’iy mafkuraviy yo‘nalishlardan ko‘ra, milliy manfaatlar asosida siyosat olib borish, an’anaviy diplomatik ittifoqlardan ko‘ra, funksional va holatga moslashuvchan hamkorliklarni afzal ko‘rish, hissiy qarorlarga tayanish o‘rniga, real ehtiyoj va imkoniyatlar asosida siyosiy yo‘nalishlarni shakllantirish tamoyili desak mubolag‘a bo‘lamaydi. Diplomatik nuqtai nazardan, bu yondashuv tajriba asosida sinov va xatolik orqali yechim topishni qamrab oladi. Pragmatizm g‘oyasining genezi ya’ni kelib chiqishiga keladigan bo‘lsak, pragmatizm dastlab falsafiy konsepsiya sifatida XIX asrning oxirlarida Amerika falsafa maktabi doirasida shakllandi[3]. Uning asosiy g‘oyasi haqiqat, bilim va qadriyatlar statik yoki abadiy emas, balki foydalilik mezonlari asosida baholanishi lozim, degan fikrga tayangan. Charles Sanders Peirce - pragmatizm atamasining muallifi va asoschisi bo‘lib[4], bilimni amaliy natijalar bilan o‘lchash zarurligini ta’kidlagan. William James esa pragmatizmni keng falsafiy muhitga olib chiqqan va uni insoniy tajriba, ehtiyoj va amaliy foyda bilan bog‘lagan[5]. Pragmatizmni John Dewey ta’lim, demokratiya va ijtimoiy islohotlar bilan uyg‘unlashtirgan[6]. Bu yondashuvga ko‘ra, har qanday g‘oya yoki siyosiy qaror - agar u amaliy jihatdan foyda keltirsa, o‘zini oqlaydi. XX asrda, ayniqsa Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, pragmatizm xalqaro siyosiy jarayonlarda realistik yondashuv sifatida shakllandi. Bu davrda g‘arb davlatlari, ayniqsa AQSh tashqi siyosatida pragmatik yondashuvni faol qo‘llay boshladi. Shuningdek, Richard Nikson ma’muriyati davrida Henry Kissinger tomonidan olib borilgan Xitoy bilan diplomatik yaqinlashuv mafkuraviy qarama-qarshiliklar fonida strategik manfaatlar ustuvor qo‘yilgan klassik pragmatizm namunasi sifatida tarixda qolgan[7]. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining Rossiya, Turkiya va Yaqin Sharq bilan bo‘lgan energetik va xavfsizlik siyosati, Xitoyning “Bir kamar - bir yo‘l” tashabbusida ko‘zlangan iqtisodiy manfaatlar ham pragmatik yondashuvning real ifodalaridir. Pragmatizm xalqaro munosabatlar nazariyasi doirasida, realizm va neorealizmga nisbatan yumshoqroq, ammo amaliy natijalarni ustuvor qo‘yuvchi yondashuv sifatida, konstruktivizm va liberal institutsionalizm bilan uyg‘unlashgan holda, ideologik dogmalar emas, balki real ehtiyoj va natijalar asosida siyosat olib borishga urg‘u beruvchi uslub sifatida qaraladi. Shu jihatdan, pragmatizm an’anaviy nazariy qoidalar majmuasi emas, balki harakatga asoslangan siyosiy tafakkur shaklidir. Endi pragmatik shaxs atamasiga izoh beradigan bo‘lsak. Pragmatik shaxs bu real vaziyatni to‘g‘ri tahlil etib, hissiy yoki mafkuraviy jihatdan emas, manfaatli, amaliy va oqilona qaror qabul qiluvchi shaxslarni biz pragmatik shaxs deya olamiz. Ular amalda ishonchli ma’lumotlar asosida harakat qiladi, ideal emas mavjud sharoyitga tayanadi, vaqtni va re

Доказательный фрагмент

«В данной тезисной работе анализируются формирование, содержание и практическое выражение идеи прагматизма в теории международных отношений.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной тезисной работе анализируются формирование, содержание и практическое выражение идеи прагматизма в теории международных отношений. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Pragmatism, theory of international relations, realpolitik, geopolitics, geosiyosat, milliy manfaat., Pragmatizm, diplomatik strategiya, xalqaro munosabatlar nazariyasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники