Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELINING MOHIYATI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Avilov Nematjon (in-academy.uz/index.php/yo) · Komiljonov Abdulaziz Sherzodbek o‘g‘li (Andijon davlat texnika instituti “Buxgalteriya hisobi va menejment”)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
В данной статье рассматривается понятие качества кредитного портфеля коммерческих банков, факторы, влияющие на него, механизмы управления и практические аспекты в банковской системе Узбекистана. Также приводятся рекомендации по улучшению качества кредитного портфеля на основе международного опыта. Ключевые слова: кредитный портфель, НПЛ, управление рисками, качество кредитов, мониторинг, диверсификация. Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida bank tizimi muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar real sektorni kreditlash orqali ishlab chiqarish hajmining oshishiga, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga va umumiy iqtisodiy faollikning kuchayishiga xizmat qiladi. Banklar faoliyati samaradorligini baholashda bir nechta mezonlar mavjud bo‘lib, ular orasida aktivlar tuzilmasi, likvidlik darajasi, rentabellik ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda kredit portfeli sifati alohida e’tibor talab etadi. Tijorat banklari tez-tez o`zlarininig kredit siyosatini tahlil qilib borishadi. “Kredit siyosati tahlili natijalarida Bank boshqaruvi tomonidan kredit faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, kredit portfelini samarali boshqarish hamda riskdan xoli bo‘lgan kreditlash metodlaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilmog‘i lozim” Kredit portfeli bank aktivlarining eng yirik qismini tashkil qiladi. Shu sababli bankning moliyaviy holati, xavfsizlik darajasi va foyda keltirish salohiyati ko‘p jihatdan ushbu portfelning sifati va uni boshqarish mexanizmlariga bog‘liqdir. Kredit portfeli sifati tahlili bankning riskga duchor bo‘lish darajasini aniqlash, muammoli kreditlarning oldini olish, qarz oluvchilarning moliyaviy intizomini baholash va kredit siyosatini takomillashtirishda muhim omil sanaladi. O`zbekiston respublikasi qonunchiligida kredit portfeliga quyidagicha ta`rif berilgan, kredit portfeli - barcha kreditlar bo‘yicha balans hisobvaraqlari summasi (brutto), banklar 61 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo tomonidan olinadigan ishlab chiqarish korxonalari negizida tashkil etiladigan kompaniyalar aktivlariga banklar tomonidan yo‘naltiriladigan barcha mablag‘lar, shuningdek uch yildan kam bo‘lmagan muddatga berilgan lizing xizmatlari summasi. Jahon va milliy bank amaliyotida bankning kredit portfelini tahlil qilish bo‘yicha katta tajriba to‘plangan. Kredit portfelini tahlil qilishda banklar balanslar va hisobotlar ma’lumotlaridan foydalanadilar. Ayrim banklar esa chuqurroq tahlil o‘tkazish maqsadida o‘zlarining maxsus axborot bazalari, jamg‘aruv jadvallari va reestrlarini shakllantiradilar. “Kredit mablag‘lari harakati tahlili bank kreditlari to‘g‘- risidagi moliyaviy hisobot hamda kredit portfeli ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu tahlil natijasida umumiy kreditlar qoldig‘i yangidan berilgan kreditlar ulushi, kredit hisob raqamlari bo‘yicha debet va kredit aylanmalari, hisobot davrida qaytarilgan kreditlar foizi, hisobot davrida kredit qo‘yilmalarining o‘sishi, kreditlar bo‘yicha yo‘- qotilishi mumkin bo‘lgan mablag‘larni qoplash zaxirasining yetarliligi, muddati uzaytirilgan kreditlar ulushi kabi masalalar o‘rganiladi” Kredit portfeli sifati bank uchun bir necha sabablarga ko‘ra o‘ta muhimdir. Birinchidan, yuqori sifatli kredit portfeli bankning foydasini barqaror ushlab turadi, ikkinchidan, u moliyaviy risklarni minimallashtirishga xizmat qiladi. Aksincha, past sifatli portfel esa, odatda, kreditning qaytarilmasligi, muammoli kreditlar ko‘payishi va bank aktivlari qimmatining pasayishiga olib keladi. Kredit portfeli sifatining asosiy mezonlari quyidagilardan iborat: o‘z vaqtida to‘lovlarning amalga oshirilishi, qarzdorning moliyaviy holati, kredit ta’minotining mavjudligi va sifat darajasi, shuningdek, kreditning baholash va monitoring mexanizmlarining takomilligi. Kredit portfeli sifati bevosita uning tarkibiga kiruvchi har bir alohida berilgan kreditning yoki birxil turdagi kreditlarning sifatiga bog‘liqdir. Kredit portfeli sifatini tahlil qilishda, eng avvalo, quyidagi kreditlarga alohida e’tibor qaratish lozim: miqdori kredit tashkiloti umumiy kapitalining 5 foizidan ortiq bo‘lgan kreditlar; qarzdorning sof aktivlarining 50 foizidan oshadigan miqdordagi kreditlar; aksiyadorlar, investorlar va kredit tashkiloti bilan bog‘liq shaxslarga berilgan kreditlar; qayta tuzilgan, ya’ni qarzdor foydasiga shartlari o‘zgartirilgan kreditlar; 180 kundan ortiq muddatga berilgan va asosiy qarz yoki foizlar bo‘yicha to‘lovlari kredit berilgan kundan kamida 180 kundan keyin amalga oshiriladigan kreditlar; to‘lovlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita bank-kreditor tomonidan qarzdorga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan kreditlar; “Kredit portfeli tahlilida asosiy e’tibor kreditlar diversifikatsiyasiga qaratilmog‘i lozim. Buning uchun albatta, kredit qo‘yilmalarining tarmoqlar bo‘yicha tarkibiga e’tibor qaratilishi lozim. Hech qachon kreditlarning ko‘p qismini iqtisodiyotning bir tarmog‘iga yo‘naltirish mumkin emas. Bu ho
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается понятие качества кредитного портфеля коммерческих банков, факторы, влияющие на него, механизмы управления и практические аспекты в банковской системе Узбекистана.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается понятие качества кредитного портфеля коммерческих банков, факторы, влияющие на него, механизмы управления и практические аспекты в банковской системе Узбекистана. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- кредитный портфель, НПЛ, управление рисками, качество, portfel, modernizatsiya., risk, kredit
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024