К содержанию
РецензированоUZ2017

TA’LIM JARAYONIDA INTERFAOL METODLARNI QO‘LLASH

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Bozarov Azamatjon Qosimjonovich (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2017

Аннотация

Ushbu maqolada korrupsiya tushunchasi mazmuni, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar, poraxo’rlik, mansab vakolatidan foydalanib pora olish haqida fikrlar ifodalangan. Kalit so’zlar: korrupsiya, pora, korrupsiyaga qarshi kurashish, poraxo’rlik. Korrupsiya – eng yomon illat. Hozirgi kunda, butun dunyo davlatlari oldida korrupsiya davlat va jamiyatni cho’ktiruvchi, davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy, manaviy, siyosiy yuksalishiga salbiy ta’sir etuvchi jirkanch kasalik sifatida e’lon qilingan. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, korrupsiga qarshi kurashish bo’yicha yetarlicha ishlar qilmadi, faqatgina davlat xalqaro tashkilotlar va xalqaro konvenisyalarni qabul qilish va ularga qo’shilish bilan cheklanib qoldi. Korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish uchun xalqaro tajribalar ularning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlari, yo’nalishlari o’rganilmadi. Samarali ishlar, mexanizmlar, qonuniy asoslar ishlab chiqilmadi. Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka saylanganidan so‘ng, korrupsiyaga qarshi kurash borasida bir qator qonun va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, ushbu muammoga qarshi tizimli choralar ko‘rila boshlandi. Xususan, 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi 419-sonli qonun ushbu illatga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini belgilab berdi. Ushbu qonunning 3-moddasiga ko’ra korrupsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan. korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish. Qonunning ijrosini samarali amalga oshirish, Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, 2020-yil 29-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6013-sonli farmoni hamda PQ-4761-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatlar asosida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy agentligi tashkil etilib, unga sohaga oid davlat siyosatini amalga oshirish va nazoratni kuchaytirish vazifasi yuklatildi. Korrupsiya- shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.[3]. Korrupsiyaning asosan uchta turi mavjud: -Mаishiy korrupsiya. Davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida fuqarolar va davlat xizmatchilari oʻrtasida vujudga keladigan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik. -Biznesdаgi korrupsiya. Ushbu turga tadbirkorlar va davlat xizmatchilari oʻrtasida vujudga keladigan munosabatlardagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar kiradi. 137 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo -Hokimiyatdаgi korrupsiya. Bu turga davlat hokimiyat organlarida mansabdor shaxslar tomonidan sodir qilinadigan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik kiradi. Jamiyatda mavjud bu illatga qarshi kurashuvchi milliy va jahon tashkilotlari mavjud. Yurtimizda quyidagi davlat organlari korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini amalga oshiradi: -Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi; -Bosh prokuratura; -Davlat xavfsizlik xizmati; -Ichki ishlar vazirligi; -Adliya vazirligi; -Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi – Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishdagi davlat organi hisoblanadi. Agentlik 2020- yil 29-iyunda tashkil topgan. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish masʼul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldida hisobdor. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadigan direktor tomonidan boshqariladi.[6]. Xulosa. Shuki, olib borayotgan ishlarga qaramay, bu illat yo‘qolmayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Shuning uchun ham, har birimiz halol mehnat qilishimiz, o‘z bilim, kuch- g‘ayratimizni ishga solib davlat organlari bilan hamkorlikda ish olib borishimiz kerak.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada korrupsiya tushunchasi mazmuni, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar, poraxo’rlik, mansab vakolatidan foydalanib pora olish haqida fikrlar ifodalangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada korrupsiya tushunchasi mazmuni, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar, poraxo’rlik, mansab vakolatidan foydalanib pora olish haqida fikrlar ifodalangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, ta’lim oluvchi, sinf, ta’lim, pedagog, muammo, “Aqliy hujum” metodi., dars
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники