Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KOMPYUTER INJINIRINGI YO‘NALISHIDA O‘QIYOTGAN TALABALARDA TELEMATIKA VOSITALARI ORQALI AXBOROT SAVODXONLIGINI OSHIRISH TEXNOLOGIYASI
Botiraliyev Dildorbek Muzaffar o‘g‘li
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 59 · 1065-1078 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada kompyuter injiniringi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun axborot savodxonligini rivojlantirishda telematika vositalaridan foydalanishning texnologik modeli ishlab chiqilgan. WebQuest, e-portfolio, sun’iy intellektli qidiruv tizimlari va bulutli hamkorlik muhiti kabi vositalar asosida shakllantirilgan model talabalarda axborotni izlash, baholash, tahlil qilish va taqdim etish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Eksperimental tadqiqotlar natijalari modelning yuqori samaradorligini tasdiqlaydi hamda ta’limda raqamli savodxonlikni chuqurlashtirish yo‘nalishidagi ilmiy asos bo‘la oladi. Kalit so‘zlar: axborot savodxonligi; telematika vositalari; WebQuest; e-portfolio; raqamli kompetensiya; kompyuter injiniringi; sun’iy intellekt; axborotni baholash; masofaviy ta’lim; adaptiv texnologiya. Kirish. Axborot-kommunikatsion texnologiyalar jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda ta’lim jarayonining barcha bosqichlari raqamli transformatsiya ta’sirida yangicha shakl va mazmun kasb etmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim tizimida talabalar uchun zarur bo‘lgan asosiy kompetensiyalardan biri – bu axborot savodxonligi sanaladi. Global miqyosda axborotga asoslangan qarorlar qabul qilish, ishonchli manbalarni farqlash, tahlil qilish va o‘z nuqtayi nazarini asosli ravishda ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Shu boisdan, zamonaviy pedagogika axborot savodxonligini talabaning tanqidiy fikrlash, raqamli madaniyat va muloqotga tayyorlik darajasi bilan uzviy bog‘liq deb qaraydi. Ayniqsa, kompyuter injiniringi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning axborot bilan ishlash, ularni tahlil qilish, qayta ishlash va dasturiy muhitda taqdim etish bo‘yicha tayyorgarlik darajasi ularning kelajakdagi kasbiy salohiyati uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ushbu yo‘nalishda axborot savodxonligi nafaqat texnik jihatdan axborotga ishlov berish, balki uni tizimli, funktsional va axloqiy jihatdan idrok qilishni ham o‘z ichiga oladi. Axborotni baholash, ma’lumotlarni filtrlash va kontekstga mos ishlatish bo‘yicha talabaning bilim va ko‘nikmalari ularning kelajakdagi dasturchi, tizim tahlilchisi yoki injiniring mutaxassisi sifatida faoliyat yuritishiga zamin yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategik dasturida raqamli savodxonlik, axborot madaniyati va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan. Strategiyada axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga chuqur integratsiya qilish, talabalarning axborot resurslariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish va raqamli vositalardan ongli foydalanishni shakllantirish davlat miqyosidagi muhim yo‘nalish sifatida ko‘riladi. Bu esa axborot savodxonligi texnologiyalarini yangi pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish zaruratini yuzaga keltiradi.1 1 Shodmonov S. S. Telematika texnologiyalari va raqamli ta’lim muhitini rivojlantirishning dolzarb masalalari // Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar. – 2022. – №3(15). – B. 47-52. 45 Mazkur tadqiqotning maqsadi — kompyuter injiniringi yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalarning axborot savodxonligini oshirishda telematika vositalaridan foydalanishga asoslangan ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish va uning samaradorligini ilmiy asoslashdan iboratdir. Bunda WebQuest, e-kutubxonalar, sun’iy intellekt asosidagi qidiruv tizimlari, e- portfolio va bulutli hamkorlik muhitlari kabi vositalar orqali axborot savodxonligining tarkibiy elementlarini shakllantirish nazarda tutiladi. Mazkur yondashuv orqali talabalarda mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil qilish, axborot oqimini boshqarish va texnologik jihatdan to‘g‘ri qaror qabul qilish kompetensiyalari rivojlanishiga zamin yaratiladi. Metodologiya. Ushbu tadqiqot metodologiyasi zamonaviy pedagogik tadqiqotlarning kompleks yondashuviga asoslangan bo‘lib, axborot savodxonligini shakllantirish jarayonini chuqur tahlil qilishga xizmat qiladi. Dastlab, tizimli yondashuv orqali axborot savodxonligi tushunchasi tarkibiy jihatdan tahlil qilindi va ularning o‘zaro bog‘liqligi aniqlashtirildi. Shundan kelib chiqib, axborot bilan ishlashga doir kompetensiyalarni o‘rganishda pedagogik diagnostika metodidan foydalanildi. Bu metod yordamida talabalarning dastlabki bilim, ko‘nikma va tayyorgarlik darajasi aniqlandi, shuningdek, eksperiment davomida o‘zgarishlar monitoringi olib borildi. Tadqiqotda eksperimental metod asosida ilgari surilgan telematika vositalariga tayangan o‘quv texnologiyasining samaradorligi amaliy sinovdan o‘tkazildi. Eksperimental guruh va nazorat guruhi o‘rtasida bilim darajasidagi farqlar, axborot bilan ishlashdagi faollik va natijadorlik solishtirildi. Natijalarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida modellashtirish usuli orqali axborot savodxonligini shakllantirishga xizmat qiluvchi metodik model ishlab chiqildi. Ushbu modelda o‘quv faoliyatining har bir bosqichiga mos vositalar, ularning funksional imkoniyatlari va kutilayotgan ko‘nikmalar aniq belgilab ber
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada kompyuter injiniringi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun axborot savodxonligini rivojlantirishda telematika vositalaridan foydalanishning texnologik modeli ishlab chiqilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada kompyuter injiniringi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun axborot savodxonligini rivojlantirishda telematika vositalaridan foydalanishning texnologik modeli ishlab chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- e-portfolio, masofaviy ta’lim, axborotni baholash, adaptiv texnologiya., axborot savodxonligi, sun’iy intellekt, WebQuest, kompyuter injiniringi, raqamli kompetensiya, telematika vositalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025