К содержанию
РецензированоUZ2026

ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI HUQUQ IJODKORLIGI FAOLIYATINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI

SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI · Abduraxım Xasanov

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Ichki ishlar vazirligi huquq ijodkorligi faoliyatining samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Muallif normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari sifatli tayyorlanishini hamda qonuniylikni ta’minlash maqsadida ichki ishlar organlari norma ijodkorligi faoliyatini muttasil takomillashtirish zarurligi haqida xulosaga kelgan. Kalit so‘zlar: norma ijodkorligi, idoraviy huquq ijodkorligi, rejalashtirish, normativ- huquqiy hujjat, ichki ishlar organlari, qonunchilik texnikasi, hujjatning qonuniyligi. Ijro hokimiyatining organi sifatida ichki ishlar organlari ham faol norma ijodkorligi subyekti sanaladi. Shu sohada yetuk huquqshonos olim Y.Arzamasovning fikricha, idoraviy normativ huquqiy hujjatlar har doim ham qonuniylik namunasi bo‘lmaydi, ular ko‘pincha davlat hokimiyati organlari, davlat xizmatchilari va fuqarolarga vazifalar yuklatadi, bu esa inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish va ta’minlash sohasida muammolarni vujudga keltiradi. Bugungi kunda amaliyotda ko‘plab masalalar idoraviy normativ huquqiy hujjatlar shaklini tanlash muammosi bilan bog‘liq, chunki ular qonun bilan mustahkamlanmagan va ijro etuvchi hokimiyatning turli davlat organlarida idoraviy normativ hujjatlarni tayyorlashning o‘z qoidalari amal qiladi. Masalan, ichki ishlar organlari, bojhona organlari, atrof muhitni muhofaza qilish organlari va boshqalar1. So‘nggi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar miqdor tarkibining tahlili qiziqarli tendensiyani aniqlash imkonini beradi. Qonunlar soni barcha normativ-huquqiy hujjatlarning juda kam qismini tashkil etadi, qolgan hujjatlar qonun osti xususiyatiga ega. Shunday qilib, eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi lozim bo‘lgan qonunlar huquqiy hujjatlar umumiy miqdorining juda oz miqdorini tashkil etadi, lekin aynan qonunlarni qabul qilish tartib-taomillari qonun hujjatlarida ayniqsa mufassal tartibga solingan va aksincha, jami hujjatlarning aososiy qismini tashkil etuvchi qonun osti normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish tartib-taomillari ularda deyarli aks ettirilmagan. Binobarin, qonunchilikni takomillashtirish chog‘ida bunday “nomutanosiblik” sabablarini aniqlash va idoraviy norma ijodkorligi tartib-taomillariga yanada qat’iyroq tus berish lozim. Qisqa vaqt ichida, ichki ishlar organlarining davlat boshqaruvi oqilona amalga oshirilishini, IIV tizimining tashkiliy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa muammolari yechilishini ta’minlash maqsadida ancha yirik normativ-huquqiy baza yaratildi. Shu bilan birga, normativ baza ichki ishlar organlari tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini lozim darajada ta’minlamaydi, huquqni muhofaza qilishga doir va tizim doirasidagi munosabatlar majmuini lozim darajada tartibga solishni amalga oshirish imkonini bermaydi. Ichki ishlar vazirligi huquq ijodkorligi faoliyatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ijobiy natijalar bilan bir qatorda ayrim muammolar saqlanib qolmoqda. IIVda ishlab chiqilgan va 1 Арзамасов Ю.Г. Теория и практика ведомственного нормотворчества в России: Монография. – М., Юрлитинформ, 2013. – C. 4. 69 qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar qonuniylik talablariga har doim ham javob bermasligi mumkin. Huquqni qo‘llash faoliyatida ustuvor tamoyillar o‘zgarganiga qaramay, ishlab chiqilayotgan hujjatlarga ba’zan fuqarolarning huquqlarini cheklovchi yoki munosabatlar subyektlarini teng bo‘lmagan sharoitlarga solib qo‘yuvchi normalar uchrab turadi. Hozirgi vaqtda zarurat bo‘lmagan holda yuqori turuvchi organlarning hujjatlarini takrorlovchi turli idoraviy hujjatlar amal qiladi, ayrim hujjatlarning qoidalari deklarativligi va mavhumligi bilan ajralib turadi, yuridik texnika qoidalariga mos kelmaydi. Qonun osti norma ijodkorligining sustkashligi ichki ishlar organlari bo‘linmalarining ish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 2016-yilda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida huquq ijodkorligi munosabatlarini yanada aniqroq tartibga solish imkonini berdi. Qonunning qabul qilinishi idoraviy huquq ijodkorligining rivojlanishiga ko‘maklashdi. Bu ishning zarurligi idoraviy huquq ijodkorligining mohiyati, xususan qonun hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, qonunlardagi blanket normalarni amalga oshirish, IIV vakolatlari doirasiga kiritilgan ijtimoiy munosabatlar sohalari normativ mustahkamlanishini ta’minlash zaruriyati bilan belgilanadi. Bu yerda idoraviy huquq ijodkorligi siyosati, shuningdek uning muhim talablaridan biri – huquq ijodkorligi faoliyatining qonuniyligi muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining qabul qilinishi hamda unda nazarda tutilgan yangi qoidalar, hususan, Konstitutsiyaning to‘g‘ridan- to‘g‘ri amal qilishi hamda insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilashi lozimligi kabi normalar bevosita ijro organlari huquq ijo

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Ichki ishlar vazirligi huquq ijodkorligi faoliyatining samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Ichki ishlar vazirligi huquq ijodkorligi faoliyatining samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
hujjatning qonuniyligi., rejalashtirish, idoraviy huquq ijodkorligi, qonunchilik texnikasi, ichki ishlar organlari, norma ijodkorligi, normativ-huquqiy hujjat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники