Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
10-11 YOSHLI MAKTAB O‘QUVCHILARINING JISMONIY TAYYORGARLIGINI MAXSUS HARAKATLI O‘YINLAR ORQALI TAKOMILLASHTIRISH
Eshmanova Umida Abdulla qizi · Baybajanov Abdulloh · СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВЛЕННОСТИ
Современная наука и исследования · 2 · 2017
Аннотация
The author of this study emphasized the importance of using special action games in improving the physical fitness of 10-11year old schoolchildren. Keywords: Schoolchildren 10-11years old, physical education, special, active games, school. Mavzuning dоlzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasida aniq maqsadli siyosat olib borilayotgani tufayli, ushbu sohani yanada rivojlantirish masalalariga ko‘proq eʼtibor berilayotganligi yaqqol ko‘rinmoqda. “Biz xalqaro maydonlarda O‘zbekistonning nufuzi va obro‘-eʼtiborini oshirishga katta hissa qo‘shgan sportchilarimiz bilan faxrlanamiz. So‘nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishga, shuningdek, paralimpiya sport turlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017- yil 3- iyundagi PQ-3031-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantish chora- tadbirlari to‘g‘risidagi qarorlari mamlakatimizdagi ommaviy sportni yanada rivojlantirishga asos bo‘ladi. Sportdagi yutuqlarnining o‘sib borishi har doim sportchidan jismoniy qobiliyatlar rivojlanishning yangi darajasini talab qiladi. Qobiliyatlarni rivojlantirish maktab yoshidan boshlansa kelajakda yuqori natijalarga erishishi yengillashadi. Bolalarning jismoniy tayyorgarligi aniqlash ularning sog‘ligini mustahkamlash va jismoniy sifatlarini rivojlantishda muhim qadam hisoblanadi.[1] Tadqiqot natijalari va uni muhokamasi. Jismoniy tayyorgarlik tushunchasi va uning mohiyati haqida ko‘plab mualliflarimiz o‘z fikrlarini bildirgan. Jismoniy tayyorgarlik – bu jismoniy sifatlarni rivojlantirish, zarur ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish bo‘yicha bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkillashtirilgan pedagogik jarayon natijasidir.[2] 867 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 U quyidagi asosiy sifatlarni o‘z ichiga oladi: kuch, chadamlilik, koordinatsion, egiluvchanlik, tezkorlik. Ushbu sifatlarning rivojlanganlik darajasi insonning jismoniy tayyorgarligini belgilaydi. Oxirgi vaqtda jismoniy tayyorgarlikning konditsion va koordinatsion shakllari ajratilmoqda. Koordinatsion jismoniy tayyorgarlik kordinatsion jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasi bilan tavsiflanadi. Ular tarkibiga asosiy (kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, tezkorlik) va hosila (kuch chidamliligi, Tezkor chidamlilik, Tezkor kuch qobilyatlari) sifatlar kiradi.[3] Koordinatsion jismoniy tayyorgarlik, birinchi navbatda, markaziy asab tizimi va sensomator jarayonlarning xususiyatlari (muvozanatni namoyon qilish paytida va vestibulyar funksiya) bilan belgilanadi. “Koordinatsiya” tushunchasi (lotinchadan “coordinatsion” - kelishish, birgalikda bo‘ysunish, muvofiqlashtirish) harakatlarni boshqarish jarayonida ma’lum bir harakatlarni o‘zaro moslashtirish qobiliyati sifatida belgilanadi. U muvozanat, reaksiya qilish, fazoda mo‘ljal olish, harakatlar parametrlarini tabaqalashtirish, bitta harakat amalidan boshqasiga qayta o‘tish, harakat amallarnini ritmlashtirish, ixtiyoriy bo‘shashish, harakatlarni muvoffiqlashtirish paytida namoyon bo‘ladi. 10-11yoshli maktab o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini milliy va harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirish. Jismoniy tayyorgarlik deganda biz, eng avvalo, 5 ta jismoniy sifatlarni tushunamiz. Milliy va harakatli o‘yinlar ichidan jismoniy tayyorgarlikni oshiruvchi hamda jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchilarini tanlab tahlil qilindi. Jismoniy mashqlar inson uchun, ayniqsa, o‘rta maktab bosqichida hayotiy zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda dastlabki jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish uchun eng maqbul davr hisoblanadi. Kam harakatsizlik bolani ijodiy faolligiga va yoshga xos jismoniy sifatlarini yetarli darajada rivojlanmasligiga olib keladi. Harakatni cheklash yoki uni buzish hayotiy zarur bo‘lgan qobiliyatlarni rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. O‘yin uslubi jismoniy tarbiyada qo‘llaniladiga o‘yinlar uchun xos ko‘pgina belgilarga ega. O‘yin nafaqat jismoniy tarbiyaning vositasi (ya’ni jismoniy mashqlarning o‘ziga xos tizimlari bilan), balki tarbiya va ta’limning samarali uslubi hamdir. Shuning uchun o‘yin uslubi tabiatini tushunish umuman o‘yinning mohiyatini tushunish demakdir. Ko‘plab tanlangan o‘yinlarni misol qilib aytamiz: “Oq terakrmi, ko‘k terak?”, “Kartoshka ekish” o‘yinlari, “Yomg‘ir”, “Kalxat keldi qoch bolam” “Mushuk va sichqon”, “Xo‘rozlar jangi”, “Yelka urishtirish” va h.k. Estafetali harakatli o‘yinlar ham jamoali, umumiy va yakka (juft) tartibda bo‘lishi mumkin. “Piyoda ko‘pkari”, “Eshak mindi”, “Cho‘pon”, “Podato‘p”, kurash, piyoda poyga, to‘pli estafetalar va shunga o‘xshash o‘yinlar qo‘llanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.[4] Milliy va harakatli o‘yinlardan jismoniy sifatlar (tezlik, chaqqonlik, chidamlilik, kuch, egiluvchanlik)ni tarbiyalash, jamoatchilikni, rostgo‘ylikni va boshqa axloqiy- irodaviy sifatlarini tarbiyalashda foydalanish mumkin. Agarda darsning vazifasi — kichik maktab yoshidagi bolalarda
Доказательный фрагмент
«The author of this study emphasized the importance of using special action games in improving the physical fitness of 10-11year old schoolchildren.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe author of this study emphasized the importance of using special action games in improving the physical fitness of 10-11year old schoolchildren. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Schoolchildren 10-11years old, physical education, special, active games, harakatli o‘yinlar, maktab., maxsus, 10-11 yoshli o‘quvchilar, jismoniy tayyorgarlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026