К содержанию
РецензированоEN2026

GASTRONOMIK TURIZM TURIZM INDUSTRIYASINING JADAL RIVOJLANAYOTGAN INNAVATSION SOHASI SIFATIDA

Turdimuratov Yangiboy Allamuratovich

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article analyzes the features of gastronomic tourism, which is one of the rapidly developing types of tourism industry, and the opinions of foreign scientists on this matter, its directions, the target audience of gastronomic tours, the factors that influenced the emergence and development of gastronomic tourism, the impact of this type of tourism on the economy of the region and territory. Keywords: tourism, gastronomic tourism, gastronomy, cooking, cuisine, ethno-culinary, industrial-culinary tourism, gourmet, eyebrow tourism, cave tourism. Jahonda turizm sohasi faol o‘zgarishlar, yangilanishlar va innovatsiyalarni boshdan kechirmoqda. Aniqrog‘i, turizm industriyasining xarakteri va strukturasi o‘zgarmoqda. Ommaviy, standart va kompleks turizm o‘rniga talabdan kelib chiqqan holda buyurtma asosidagi yangi turlar, yo‘nalishlar kirib kelmoqda. Mazkur jarayon innovatsion xarakterga ega bo‘lib, turizm globallashuv jarayoniga duchor bo‘lmoqda, jumladan, bu jarayonga Shengen kelishuvi katta ta’sir ko‘rsatdi. Odamlar sayohatlarda mintaqaviy xususiyatlar va madaniyatga asoslangan tajribani izlaydilar. Ma’lumki, ko‘pchilik odamlar pazandachilik san’ati durdonalarini juda yaxshi ko‘rishadi. Shubhasiz, ularni shahar tashqarisiga chiqmasdan milliy oshxonalarning restoran va kafelarida tatib ko‘rish mumkin. Ammo tansiq taomlar, ichimliklar, shirinliklarning afzalliklarini chinakamiga baholash uchun zamonaviy turizm industriyasi ishqibozlar va taom shinavandalari uchun gastronomik turlar deb ataladigan sayohatlarni ishlab chiqdi. So‘nggi yillarda gastronomik turizmning mashhurligi shunchalik oshdiki, u tor ixtisoslashgan qiziqishdan keng ko‘lamli jahon harakatiga aylandi. Turizmning ushbu turining o‘ziga xos xususiyati shundaki, dam oluvchilarga mamlakat yoki mintaqaning pazandachilik madaniyatini o‘rganish va unga chuqur kirib borish imkoniyati yaratiladi. Gastronomik turizm ‒ mamlakat milliy taomlari, mahsulot va taomlarni ishlab chiqarish va tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishish, shuningdek, kasbiy bilimlarni o‘rganish va oshirish maqsadida sayohat qilishdir. Bugungi kunda aynan gastronomik turizm turizmning eng tez rivojlanayotgan innovatsion sohalaridan biriga aylandi. Gastronomik tur esa taom va ichimliklarni tatib ko‘rish, ularni tayyorlash texnologiyasi va jarayoni bilan tanishish, shuningdek, professional oshpazlardan ta’lim olishni o‘z ichiga olgan maxsus tanlangan pazandachilik dam olish dasturidir [4]. 816 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Gastronomiya ‒ bu madaniyat va oziq-ovqat o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadigan fandir. Gastronomiya turizmdagi yangi tendensiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha an’anaviy qadriyatlarni o‘z ichiga oladi: madaniyat va an’analarga, sog‘lom turmush tarziga, yangi tajribaga hurmat. Gastronomik turizm sayyohning milliy taomlar prizmasi orqali mamlakat va uning madaniyati bilan tanishishiga qaratilgan. Gastronomik turizm bir necha yo‘nalishga ega: - qishloq joylariga sayohat; - restoran sayohati; - ta’lim sayohati; - ekologik sayohat; - tadbirli sayohat; - kombinatsiyalangan sayohat [9, 105]. Gastronomik turizmni sayyohlarni jalb qilish ob’yekti sifatida oziq-ovqat va ichimliklarni rivojlantirish va targ‘ib qilishga qaratilgan turizm tarmog‘i sifatida ham ko‘rib chiqish mumkin. So‘nggi yillarda gastronomiya ma’lum bir hudud, uning madaniyati va turmush tarzi bilan tanishishning ajralmas qismiga aylandi. Milliy taomlar mahalliy madaniyat bilan tanishish usuli bo‘lib, mahalliy aholining xarakteri va mentalitetini aks ettiradi. Gastronomik turizmning maqsadi sayyohlarni oziq-ovqat mahsulotlari, taomlar va ichimliklar bilan tanishtirishdir. Turistlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan tanishtirish ‒ sanoat- gastronomik va agrogastronomik turizm. Turistlarni taomlar bilan tanishtirish ‒ etno-kulinar va industrial-kulinar turizm. Ichimliklar bilan tanishish ‒ brovaj-turizm, каvе-turizm [6, 37]. Gastronomik turlarning maqsadli auditoriyasiga quyidagilar kiradi: -milliy taomlar orqali mamlakat madaniyati bilan tanishish istagida bo‘lgan sayyohlar; -gurme sayyohlar. “Gurme” ‒ ovqatga talabchan va nozik didli odam. Undan farqli o‘laroq, gurman shunchaki ko‘p va mazali ovqatlanishni yaxshi ko‘radigan odam. Adabiyotda ko‘pincha bu ikki tushuncha aralashtirib yuboriladi. -ta’lim olish va kasbiy ko‘nikmalarni egallash maqsadida pazandachilik turidan foydalanadigan sayyohlar (oshpaz, somele, barista, degustatorlar, restoratorlar); -ushbu turistik yo‘nalishni o‘rganish maqsadida sayohat qiluvchi turistik firmalar vakillari [9]. Gastronomik turizm ‒ u yoki bu joyning an’anaviy taomlari bilan tanishish bo‘lib, u sayyohlar uchun emas, balki har qanday sayyoh uchun mavjud. Me’morchilik, tasviriy san’at va hatto tabiat go‘zalliklarini tomosha qilishdan haqiqiy zavqlanishdan ko‘ra, taom ta’midan bahramand bo‘lish ko‘proq odamlar uchun mavjud bo‘lganligi sababli, kuchli gastronomik brendni yaratish, shubhasiz, sayyohlar oqimini ko‘paytirishning jiddiy omiliga

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the features of gastronomic tourism, which is one of the rapidly developing types of tourism industry, and the opinions of foreign scientists on this matter, its directions, the target audience o…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the features of gastronomic tourism, which is one of the rapidly developing types of tourism industry, and the opinions of foreign scientists on this matter, its directions, the target audience o… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tourism, gastronomic tourism, gastronomy, cooking, cuisine, ethno-culinary, turizm, каvе-turizm., pazandachilik, gastronomiya, gurme, gastronomik turizm, etno-kulinar, brovaj-turizm, industrial-kulinar turizm, taom
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники