К содержанию
РецензированоEN2026

FLYUOROZ

Pirimova Yulduz Abdusalom qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article discusses dental fluorosis, its causes, clinical manifestations, treatment methods, and preventive measures. Dental fluorosis typically results from excessive fluoride intake and is characterized by enamel discoloration. The article analyzes the severity levels of the condition, diagnostic techniques, and modern treatment approaches. Keywords: Dental fluorosis, fluoride, enamel spots, prevention, dentistry. Asosiy qism Tish flyuorozi deganda tish shakllanishi davrida organizmga ftor birikmalarini haddan tashqari ko'p iste'mol qilish natijasida yuzaga keladigan kasallik tushuniladi, bu emalning strukturasi buzilishi bilan birga bo'rsimon yoki pigmentli dog'lar paydo bo'lishi bilan tavsiflanadi. Bu kasallik endemik hisoblanadi. Flyuoroz tarqalishining endemik hududlari ichimlik suvidagi ftoridlar miqdoriga bevosita bog'liqdir. Ichimlik suvida ftor kontsentratsiyasining oshishi bilan nafaqat aholi orasida flyurozning tarqalishi, balki tishlarning qattiq to'qimalariga zarar etkazish darajasi ham oshadi. Ftor davriy sistemada galogen qatorida joylashgan bo’lib eng faol element. Tabiatda juda keng tarqalgan. Sutkalik ehtiyoj katta yoshli odamda suv orqali 2,2-2,5 mg, oziq ovqat mahsulotlari bilan esa 0,5-1,1 mg. Suvdagi ftorning normadagi miqdori 1 mg/l, lekin ko’pgina hududlarda suvdagi ftorning konsentratsiyasi anchagina yuqori. Mahalliy remineralizatsiya terapiyasini o'tkazishning turli usullari mavjud. Birinchidan, aktiv yani maxsus apparatlar (elektroforez, ultrafonoforez) yordamida tishlarning qattiq to'qimalariga dori vositalarini kiritish usullari mavjud. Ikkinchidan, passiv diffuziyaga asoslangan usullar - eritmalar, jelilar, va boshqalardan foydalanilgan holda. Flyuoroz dunyo bo’yicha har xil tarqalgan. Endemik flyuoroz ko’proq uchraydi. Ma’lumotlarga ko’ra butun dunyoda 300 dan ortiq flyuoroz o’choqlari mavjud. Flyuorozning tarqalishi Afrika mamlakatlarida 46-84%, Janubiy Amerikada 53-89 %, Shimoliy Amerikada 22-78 %, Avstraliyada 17-32 %, Yevropada 15-100 % gacha aniqlangan. Flyuoroz ko’pincha doimiy tishlarda kamdan kam esa sut tishlarda ham uchraydi. Ftor konsentratsiyasi yo’qori hududlarda 3-4 yoshidan boshlab yashagan bolalarning doimiy tishlarida flyuorozning uchrash foizi judayam baland. Ko’pchilik olimlar flyuoroz belgilarining namoyon bo’lish intensivligi bevosita ftor konsentratsiyasi yuqori hududlarda yashash muddatiga bog’liq deb hisoblashadi. Flyuorozning turli shakllari o’ziga xos xususiyatlarga va belgilarga ega. Chiziqli va dog’li shakllarda emal yuzasi silliq va yaltiroqligi saqlanadi. Bo’rsimon shaklga o’tishi bilan yaltirash yo’qolib emal xiralasha boshlaydi va markaziy kesuv tishlarning vestibulyar yuzasida bo’rsimon dog’lar kuzatiladi. 805 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Kasallikning o’rtacha va og’ir shakllari turli xil rang intensivligi, hajmi va shakli bilan farq qiluvchi pigmentli dog’lar mavjudligi bilan tavsiflanadi. Flyuorozning eroziv va destruktiv shakllari og’ir shakllar hisoblanadi. Flyuorozning eroziv va destruktiv shakllari bilan zararlanganda tishlar mo’rtlashib, tish qattiq to’qimalarida nuqsonlarning paydo bo’lishi, hatto emal va dentin yemirilib, qattiq to’qimalarda yoriqlar paydo bo’lishigacha olib keladi. Bemorda bir vaqtning o’zida flyuorozning bir necha shakllariga mos keladigan belgilar paydo bolishi mumkin, pigmentli dog’lar, eroziya, destruksiya va hokazo. Flyuorozga tashxis qo’yishda juda e’tiborli bo’lish kerak, chunki boshqa kasalliklarga xos belgilar bo’lishi ham mumkin. Flyuorozning chiziqli va dog’li shakllari emal pigmentatsiyasi, dog’ bosqichidagi karies va gipoplaziyaga o’xshash ko’rinishga ega. Bo’rsimon shakli yuzaki karies, kislota nekrozi, gipoplaziya va marmar kasalligi, Stepton-Kapdepon sindromi bilan taqqoslandi. Eroziv va destruktiv shakllarini esa yuza va o’rta karies, ponasimon nuqson hamda tugallanmagan amelogenezdan farqlash kerak. Tish flyuorozining patogenezi konsepsiyasi rivojlanish davrida ftorning ortiqcha miqdori tish emaliga toksik ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarga asoslanadi. Ftorning shakllanmagan emalga ta’siri fermentativ jarayonlarni o’zgartirishdan iborat bo’lib, bu emalning oqsil matritsasi buzilishiga, oqsil va mineral komponentlarning buzilishiga sababchi bo’ladi. G.D. Ovrutskiy ftoridlarning ameloblastlar hujayralariga bevosita toksik taʼsiri natijasida ularning degeneratsiyasi sodir boʼlishini taʼkidlaydi. Bu oʼz navbatida, emal prizmalarining shakllanishini toʼxtatadi va emalning rivojlanishini buzadi. Ftor ameloblastlarga salbiy taʼsir koʼrsatadi, fermentativ jarayonlarga aralashadi, ameloblastlarda amelogeninning parchalanishiga yordam beradigan proteolitik fermentlarni ishlab chiqarish qobiliyatidan mahrum qiladi, shakllangan emaldan oqsil va suvni olib chiqarish qobiliyatini buzadi. 1995 yilda А.K. Nikolishin tish flyuorozi shakllanishining 3 bosqichini aniqladi: 1.Flyuoroz hosil bo‘lishining boshlang‘ich bosqichi - emalogenez bosqichida ftor tish murtagining qon

Доказательный фрагмент

«This article discusses dental fluorosis, its causes, clinical manifestations, treatment methods, and preventive measures.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses dental fluorosis, its causes, clinical manifestations, treatment methods, and preventive measures. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Dental fluorosis, fluoride, enamel spots, prevention, dentistry, ftor, stomatologiya., profilaktika, emal dog‘lari, Tish flyuorozi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники