К содержанию
РецензированоRU2026

TARIX DARSLARIDA O`QUVCHILARNING BILIM, MALAKA VA KO`NIKMALARINI HOSIL QILISH VA BAHOLASH

Gadayeva Mohigul Muxamedovna

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

В статье рассматриваются вопросы формирования и оценки знаний, умений и навыков учащихся на уроках истории. Ключевые слова: Знания, умения, навыки, исторические знания, применение, мышление, психология, педагогика, деятельность. O’quvchilarning tafakkurini tizimli suratda o’stira borish, ularning malakalari va ko’nikmalarini shakllantira borish tarix o’qitishning o’z oldiga qo’ygan maqsadlaridan biri hamda tarixiy bilimlarni o’zlashtirib olishning zarur shart-sharoiti hisoblanadi. Тarixiy bilimlarni egallab borish jarayonida o’quvchilarning tafakkuri, malaka va ko’nikmalarini o’stira borish masalalari ko’pgina psixologlar, metodistlar hamda amaliyotchi o’qituvchilar e’tiborini o’ziga tortadi. Metodistlarning qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixiga doir umumlashtiruvchi muammoli – mavzuli qo’llanmalarida, shuningdek, har qaysi darsni qanday o’tish to’g`risidagi qo’llanmalarida, ilmiy – metodik tadqiqotlarda va boshqa mualliflarning asarlarida VI – VII sinflarda tarix o’qitish jarayonida o’quvchilarning tafakkuri, nutqi, ijodiy qobiliyatlari, malakalari hamda ko’nikmalarini ma’lum bir maqsadga qaratgan holda, tizimli suratda o’stira borish masalalari ko’rib chiqilib, amaliy jihatdan hal etilgandir. Qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixi darsliklarida o’quvchilarning tafakkuri, nutqi hamda malakalarini o’stira borish vazifalari hisobga olingan. Ulardagi materialning bayon qilinish va umumlashtirilish xususiyati, tanlangan rasmlar va hujjatlarning matnlari, savol va toshpiriqlar tizimi o’quvchilarning zehnini o’stira borish uchun yordam berishga xizmat qiladi. Тarix o’qituvchilari o’z tajribalari, kuzatishlari asosida o’quvchilar uchun mo’ljallangan, ularda tarixiy bilimlar beruvchi turli manbalar bilan ishlash malakalarini hosil qila borishga va umuman o’quvchilar saviyasini o’stirishga qaratilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqdilar. Bir xil nuqtai nazar namoyandalari ko’nikmalarni mashq qilish usulini avtomatlashtirilgan darajada egallab olish deb, biror ishni bajara olish uchun mashq natijasida puxta bilib olingan malaka deb va ayni bir vaqtda o’quvchilarda bilganlarini tatbiq eta bilish malakalarining o’sa borishidagi eng yuqori bosqich deb hisoblaydilar. Malaka, o’z navbatida, to’liq nihoyasiga yetmagan ko’nikma, hosil qilishdagi muhim bir bosqich deb ta’riflanadi. Ikkinchi xil nuqtai nazar namoyandalari malakani o’z bilganlarini tatbiq etish jarayonida yuzaga keladigan vazifalarni hal etish usullarini o’rganib olishdagi eng yuqori bosqich deb tushunadilar. Shu nuqtai nazarga ko’ra, malaka turli sharoitlarda tushunib, anglab va aniq bajariladigan harakatlarga tayyorlik deb ta’riflanadi; malaka bilim asosida va mashq qilish natijasida hosil qilinadi. 792 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Masalan, o’quvchilarning taqqoslash malakasi, taqqoslash paytida solishtirib ko’riladigan muhim tomonlarni ular mustaqil suratda belgilay oladilar va bu ishni o’zlari o’rganayotgan tarixiy hodisalar hamda tarixiy jarayonlarga nisbatan tatbiq etgan holda bajara oladilar, degan ma’noni bildiradi. Bu nuqtai nazar namoyandalari ko’nikmani nihoyat darajada avtomatlashib ketgan eng oddiy malaka (masalan, sanalarni yozib borish ko’nikmasi, xaritadan tarixiy – geografyk ob’ektlarni to’g`ri ko’rsatish ko’nikmasi) deb qaraydilar. Malakalar ko’nikmalarga qaraganda ko’proq onglilik darajasi bilan farq qiladi. «Faoliyat maqsadi bilan shu maqsadni bajarish sharoitlari hamda usullari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tushunish — ularning (ya’ni malakalarning) psixologik asosidir». Psixologiya va pedagogika fanlarida tobora mustahkam qaror topayotgan ana shu nuqtai nazar tarix o’qitish davomida o’quvchilarda hosil qilina-digan malaka va ko’nikmalarga nisbatan bizning nazarimizda to’g`ri ko’rinadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda ham «malaka» va «ko’nikma» tushunchalarini shunday ma’noda qo’llashga harakat qildik. Ko’pgina psixologlar hamda pedagoglarning fikriga ko’ra biz ham shu fikrga qo’shilamiz, fikrlash faoliyatining usullarini o’rganib olish — ana shu usullarni o’quvchilarning intellektual fikrlashga asoslangan malakalariga aylantirish jarayonidan iboratdir. Тarix o’qituvchisi o’quvchilarni milliy istiqlol g’oyasi nuqtai nazardan har bir ijtimoiy hodisani uning vujudga kelishi va rivojlana borishida, boshqa hodisalar bilan bog`lanishi hamda munosabatlarida olib qarashga, hodisalarning sinfiy mohiyatiga kira bilishga, tarixiy jarayonning umumiy ob’ektiv qonuniyatlarini tushunishga o’rgatadi. Mustaqil O’zbekistonimiz umumiy o’rta maktablari o’quvchilarida tarixiy tafakkurni o’stirish, ularni ilmiy asosda tarixni tushunishga o’rgatish bilan bog`langandir. Bu vazifalar VI – VII sinflarda ―Jahon tarixi‖ kursini o’qitishda ham o’quvchilar uchun og`irlik qilmaydigan darajada qo’yiladi. O’quvchilarning bilimlari tobora chuqurlasha borishi va ko’paya borishi bilan, ularning tafakkurini o’stira borishga qaratilgan vazifalar ham murakkablasha boradi. Тarix kursini o’qitishda o’quvchilarning fikrlashga asoslangan malaka

Доказательный фрагмент

«В статье рассматриваются вопросы формирования и оценки знаний, умений и навыков учащихся на уроках истории.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматриваются вопросы формирования и оценки знаний, умений и навыков учащихся на уроках истории. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Знания, умения, навыки, исторические знания, применение, tafakkur, faoliyat., qo`llanma, Bilim, tarixiy bilim, psixologiya, malaka, pedagogika, ko`nikma
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники