К содержанию
РецензированоUZ2025

TALABALARDA ANSAMBL IJROCHILIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Fazliddinov Zokir (Shаhrisаbz dаvlаt pedаgogikа instituti o’qituvchisi)

Для учителей · 2025

Аннотация

Qadimdan an’anaviy musiqa ijrochilari maqomlarning asosiy xususiyat laridan, elementlaridan bo‘lmish tarkibiy qismlariga mansub usullariga katta e’tibor bilan qarashgan. Kalit so‘zlar: vokal-texnik, Stakkato, ovozni, xromatizm, Musiqiy qobiliyati, Ovoz tembri, Yosh ashulachi, Xalq ashulalari, Ohang yo‘nalishi ,An`anaviy xonandalikda ovozni maromga solish, ovoz sozlash ashulachilikka tayyorlashda yordamchi o‘rinni bajarsa, munosib tanlangan badiiy asar kuylovchini tarbiyalovchi manbaa bo‘lib xizmat qiladi. To‘g‘ri tanlangan cholg‘u asaridan cholg‘uchi yaxshi rivojlangandek, ashulachi ham to‘g‘ri tanlangan ashulada rivojlanib yaxshi ashulachi bo‘lib yetishadi. O‘quvchining qobilyatiga qarab raspevka va vokalizlarda bir yilgacha ushlansa, ba’zilarini bir necha oydan so‘ng badiiy asarga o‘tkazish mumkin. Chunki boshlang‘ich ovozni ishlatishdagi oddiy yo‘llarni tushunib ovozni boshqara bilsa, boshlang‘ich davrda xalq qo‘shiqlari juda qulay material bo‘lib hisoblanadi. Asarni baholashda uning o‘quvchiga foydali tomonini hisoblab, musiqiy tuzilishi tomonini tahlili, vokal texnik tomoni murakkab joylari, undagi matn mazmuni, ma’no va his-tuyg‘ularini hisobga olish kerak. Bularning hammasi asarning qanchalik ijro uchun o‘ziga xos qiyinchiliklar darajasidan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Asarni o‘quvchining musiqiy rivojlanganligi, ijrochilik tayyorgarligiga qarab tanlash kerak. Asarni yengildan murakkabga qarab davom https://scientific-jl.com/luch/ 1 1 2 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 ettirish darkor. O‘quvchining imkoniyati, kuchi yetmaydigan asar uni o‘sishini to‘xtatadi va katta ziyon yetkazadi. Asarning kuy yo‘nalishiga ya’ni xromatizm, interval, ovoz harakatini keskin o‘zgartirilishi va sayqallar kabilarga ahamiyat berish kerak. Musiqiy qobiliyati yaxshi rivojlanmagan o‘quvchilarga ohang, kuyni o‘zlashtirishdan ko‘ra ritmni o‘zlashtirish qiyinroq kechadi. Jo‘rnovozlikda ham o‘ziga xos xususiyatlar bor. Xalq ashulalarida esa unison ijro qilinishi ashulachilikka katta yordam beradi. Asarni vokal-texnik tomonini tahlil qilinganda uning diapazoniga, tessiturasiga, o‘quvchi kuchi yetadimi, yo‘qmi, avjiga chiqa oladimi, intervallar qulaymi, yo‘qmi shunga ahamiyat beriladi. Ya’ni asarning kuchi o‘quvchining imkoniyati darajasida bo‘lishi kerak. Yosh ashulachiga temp (sur’at) tez, sekin, notalarning uzun, qisqaligi, yarim, chorak, nimchorak soto‘x notalar ancha qiyinchilik paydo qiladi. Cho‘zib aytishda nafas yetmasligi mumkin. Sho‘x ashulada 8, 16 talik notada tez, ravon, tutilmay kuylash talab qilinadi. Buning uchun mohirlik, texnikani mukammal egallagan bo‘lishi kerak. Vokal-texnik qiyinchiliklar mayda, sayqal, qochirimlarda uchraydi. Bunga maxsus tayyorgarlik talab qilinadi. Masalan, farshlag, mordent, gruppetto, trel, kadensii va passajlar, flirovkalar qiyinchilik keltiradi. Bularni yaxshilab o‘zlashtirish lozim. Stakkato va portamento aytish qiyinchilik tug‘diradi. Ohangni tez aytish, kuy, ohang bilan aytiladigan so‘zlar ham vokal-texnik qiyinchiliklardan biri. Bu qiyinchiliklar ovozning turlanuvchan, o‘zgarishlarga boyligi, egiluvchanligi, nutq organlari vositasidagi tovush hosil qilish usuli, tomoq, hiqqildoq va nafasning chidamliligiga bog‘liq. Ovoz tembri, mayin, yumshoq, yoqimli, o‘ziga xos xususiyatilari, sifatlarini, sezilar-sezilmas, nyuanslar, nozik farqlarini, asar ma’nosi, ijrochi asar mazmuniga qarab o‘zgartirish uslublarini o‘zlashtirish ham qiyin vokal-texnik rejalarga kiradi. Bu rang-baranglik musiqaning his-tuyg‘uga to‘la kechinmalari orqali paydo bo‘ladi. Ba’zida ovoz tembrini ongli ravishda o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. https://scientific-jl.com/luch/ 1 1 3 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 Masalan; ikki shaxs aytishuvi, so‘zlashuvi uchun yozilgan asarlarda har biri o‘ziga xos boshqa temblarini ko‘rsata bilishi zarur. Asar dinamikasiga alohida baho berish kerak. Yosh xonanda f, P ni ijro qilishi oson emas. Ularning ijrosini o‘zlashtirishi yuqori o‘quvchilarga berish kerak. Malakasi yetarli bo‘lmagan o‘quvchilarga keskin o‘zgaruvchan dinamik almashuvlari, keng dinamik burilishlari, rivojlanishlari bor asarni bermaslik lozim ularga o‘rtacha ovozda yozilgan erkin, bemalol cho‘zib, muloyim, xush ovozda aytiladigan xalq qo‘shiqlarini bergan ma’qul. O‘quvchiga asarni tanlashda shu holatlarini; ya’ni filirovkani o‘zlashtirib, kerakli, yetarli muddatli dars olgandan so‘ng o‘zlashtirishi mumkinligini, ovozning sifatini buzmay kuchaytirish va kamaytirishni oson emasligina hisobga olib, bir vaqtning o‘zida musiqiy, vokal texnik xususiyatlarini diqqat-e’tibor markazida tutiladi. Ma’nosi yashirin his tuyg‘uli badiiy asarlarni, ijrodagi qiyinchiliklari kuy yo‘nalishida bo‘lmasa ham, asar ma’nosini, xarakterini, his-tuyg‘usini ochib berish ancha qiyin ekishligi tufayli uni mohir o‘quvchiga berish kerak. Ammo ichki emotsional kechinmalarni, his-tuyg‘uni ochib berish uchun ijrochi mohir va yetuk bo‘lishi lozim. Ko‘p asarlar tuzilishi murakkab, juda nozik, nafis yozilgan bo‘lib, ijrochidan yuksak musiqiy va ashulachilik madan

Доказательный фрагмент

«Qadimdan an’anaviy musiqa ijrochilari maqomlarning asosiy xususiyat laridan, elementlaridan bo‘lmish tarkibiy qismlariga mansub usullariga katta e’tibor bilan qarashgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Qadimdan an’anaviy musiqa ijrochilari maqomlarning asosiy xususiyat laridan, elementlaridan bo‘lmish tarkibiy qismlariga mansub usullariga katta e’tibor bilan qarashgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
O‘zbek xalqining, jamoaviy ijro, boy musiqa merosini o‘rganish, Yunus Rajabiy, sozandaning ijrochilik holati, maqomlar, dunyoqarash., Shashmaqom, Ansambllar, umumiy qoidalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники