К содержанию
РецензированоRU2025

ONTOGENEZNING ILK BOSQICHLARIDA INSONNING PSIXIK RIVOJLANISHIGA XOS XUSUSIYATLAR

RIVOJLANISHIGA XOS XUSUSIYATLAR · Vb dotsenti O‘.T.Vaxabova (Andijon davlat pedagogika instituti) · Abdumalikova Sabrina (Andijon davlat pedagogika instituti)

Для учителей · 2025

Аннотация

В данной статье рассматриваются особенности психического развития человека на ранних этапах онтогенеза. Анализируется влияние биологических, социальных и психологических факторов на формирование личности ребёнка от младенчества до раннего детства. Особое внимание уделено механизмам эмоционального развития, когнитивным функциям и социальному взаимодействию. 71-son 1 –to’plam May 2025 Sahifa: 342 Ustozlar uchun pedagoglar.org Ключевые слова: Онтогенез, психическое развитие, детская психология, ранний возраст, когнитивная активность, социальная среда, индивидуальное формирование.Ontogenez, psixik rivojlanish, bola psixologiyasi, dastlabki yosh, kognitiv faoliyat, sotsial muhit, individual shakllanish. Bolaning ona qornida paydo bolgandan tugllgunga qadar boladigan o‘zgarishlar homilaning prenatal ichki rivojlanishini tashkil etadi. Har bir davr ona qornida bolajak farzandning rivojlanish bosqichiga tegishli atama bilan nomlanadi. Ona qornida rivojlanish o‘rtacha 38 hafta davom etadi va 3 bosqichga, ya’ni zigota bosqichi, embrion bosqichi va homila bosqichiga bolinadi. Insonning psixik rivojlanishi — bu tug‘ilishdan boshlab bosqichma-bosqich shakllanadigan murakkab jarayon bo‘lib, u ontogenez bilan chambarchas bog‘liq. Psixologiyada bu rivojlanish biologik, psixologik va ijtimoiy omillar o‘zaro ta’siri natijasida ro‘y beradi. Bola hayotining ilk yillarida shakllanadigan psixik holatlar, kelgusida shaxs sifatida to‘laqonli rivojlanishi uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. 1. Chaqaloqlik davri (0–1 yosh) Bu davr psixik rivojlanishning sensor-motor bosqichi hisoblanadi (J. Piajening nazariyasi). Bola bu bosqichda atrof-muhitni asosan harakat va sezgi orqali anglaydi. Muhim psixik xususiyatlar: Shartli reflekslar shakllanishi: Ovoz, yorug‘lik va harakatlarga javob berish. Emotsional reaksiya: Onaning ovoziga jilmayish, begona odamni ajratish. Tanish va notanish stimullarga farqlash qobiliyatining paydo bo‘lishi. Objekt doimiyligi tushunchasining shakllanishi (biror narsa ko‘zdan yo‘qolsa ham u mavjudligini anglash). Amaliy jihatdan, bu davrda bolaning mehr va e’tiborga bo‘lgan ehtiyoji psixik barqarorlik uchun muhim hisoblanadi. Onalik hissi va bola bilan jismoniy aloqa bolaning xavfsizlik hissini shakllantiradi. 2. Go‘daklik davri (1–3 yosh) 71-son 1 –to’plam May 2025 Sahifa: 343 Ustozlar uchun pedagoglar.org Bu davrda bola mustaqil harakat, nutq va ijtimoiy aloqalarni rivojlantiradi. Shuningdek: Nutqning rivojlanishi: passiv so‘z boyligi ortadi, keyinchalik aktiv nutq shakllanadi.Nutq orqali fikr bildirish va ehtiyojni ifoda etish ko‘nikmalari shakllanadi.“Men” tushunchasi paydo bo‘ladi, bola o‘zini boshqalardan ajratishni boshlaydi.Irodaviy faoliyatning ilk shakllari kuzatiladi (tanlov qilish, rad etish).Psixologik jihatdan bu davrda “inoratsiya bosqichi” – ya’ni bola o‘z fikri, istagini mustaqil ifoda etishga intiladi.Lev Vygotskiy bu davrni “proksimal rivojlanish zonasi” deb ataydi – bola kattalar yordami bilan o‘z imkoniyatlaridan yuqori faoliyat ko‘rsatadi. 3. Ilk bolalik davri (3–6/7 yosh) Bu davrda bola fantaziya, mantiqiy tafakkur, axloqiy me’yorlarni o‘rganadi. Asosiy xususiyatlar: Tasavvur va xayol: Bola real va ixtiyoriy tasavvur qilishga qodir bo‘ladi. Axloqiy rivojlanish: Yaxshi-yomon tushunchalari shakllanadi. Sotsiometrik ko‘nikmalar: boshqalarni tushunish, empatiya, jamoa o‘yinlarida qatnashish. O‘yin faoliyati: ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish (shifokor, o‘qituvchi, ona rolida o‘ynash).Erikson bu davrni "tashabbusga qarshi ayb hissi" bosqichi deb ataydi – bola faoliyat boshlashga intiladi, lekin uni to‘g‘ri yo‘naltirish zarur. Noto‘g‘ri yo‘l tutish bolaning o‘ziga ishonchini pasaytiradi.1 4.Biologik va ijtimoiy omillar o‘rtasidagi uyg‘unlik. Ilk ontogenez bosqichlarida biologik yetilish (miya rivoji, reflekslar, sezgi organlari) psixik rivojlanish uchun asos bo‘lsa-da, ijtimoiy muhit, ya’ni oila, tarbiya, muloqot — bola shaxsini to‘liq shakllantiradi. Bu jihatdan interaktiv muloqot, yaqinlik, sabr va qo‘llab- quvvatlov psixik barqarorlik uchun hal qiluvchi omillardir. Reflekslar va ularning psixik rivojlanishdagi roli 1 Выготский Л.С. Мышление и речь. — М., 1978. 71-son 1 –to’plam May 2025 Sahifa: 344 Ustozlar uchun pedagoglar.org Yangi tug‘ilgan chaqaloqda bir nechta asosiy tug‘ma reflekslar mavjud bo‘lib, ular hayotiy muhim funksiyalarni bajarishga xizmat qiladi. Ular orqa miya va miya ustuni darajasida boshqariladi, ongli nazoratdan mustasnodir2. Quyidagi reflekslar eng muhimlari hisoblanadi So‘rish refleksi — og‘iz sohasiga tegilganida emishga harakat qiladi. Tutish refleksi (Grasp reflex) — kafiga tegilsa, qo‘lini siqib oladi. Qadam tashlash refleksi (Step reflex) — tik holatda oyoqlarni yerga tekkizilsa, yurishga o‘xshash harakatlar qiladi. Moro refleksi — baland ovoz yoki qo‘rqish paytida qo‘l-oyoqlarini cho‘zib, so‘ngra yig‘adi. Qidiruv refleksi — yonoqqa tegilganda og‘iz tomon boshini buradi. > Ushbu reflekslar chaqaloqning tashqi muhitga moslashuvi, ehtiyojlarni qondirish va asosiy psixi

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются особенности психического развития человека на ранних этапах онтогенеза.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются особенности психического развития человека на ранних этапах онтогенеза. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ontogenesis, psychological development, child psychology, early age, bola psixologiyasi, psixik rivojlanish, sotsial muhit, kognitiv faoliyat, individual shakllanish., Ontogenez
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники