К содержанию
РецензированоRU2025

JALOLIDDIN RUMIY IJODI VA HIKMATLARINING BADIIY TALQINI

Karimova Dilobod Halimovna (Andijon davlat pedagogika instituti) · Abdumalikova Sabrina (Andijon davlat pedagogika instituti)

Для учителей · 2025

Аннотация

В статье рассматривается художественная интерпретация мудрых высказываний Джалаладдина Руми. Анализируется духовная и философская глубина его мыслей, акцентируется внимание на использовании художественных образов, метафор и символов для выражения сложных суфийских идей. Афоризмы Руми представлены не только как нравственные и духовные наставления, но и как поэтические выражения божественной любви, самопознания и внутреннего преображения. Ключевые слова: Джалаладдин Руми, суфизм, афоризмы, поэтические образы, духовная философия, божественная любовь, художественная интерпретация. 71-son 1 –to’plam May 2025 Sahifa: 347 Ustozlar uchun pedagoglar.org Annotation:This article explores the artistic interpretation of Jalaluddin Rumi’s wise sayings. It analyzes the spiritual and philosophical depth of his thoughts, highlighting the use of artistic imagery, metaphors, and symbols in conveying complex Sufi ideas. Rumi’s aphorisms are presented not only as moral and spiritual guidance but also as poetic expressions of divine love, self-discovery, and inner transformation. Keywords:Jalaluddin Rumi, Sufism, aphorisms, poetic imagery, spiritual philosophy, divine love, artistic interpretation Sharq mutafakkirlarining asarlari asrlar davomida insoniyatni ruhiy va axloqiy jihatdan tarbiyalab kelmoqda. Ular orasida Jaloliddin Rumiy o‘zining chuqur tasavvufiy qarashlari, sof ilohiy muhabbatga asoslangan fikrlari, hayot va borliq haqidagi falsafiy mulohazalari bilan ajralib turadi. Uning asarlari — nafaqat diniy va ma’naviy, balki badiiy jihatdan ham benazir durdonalardir. Rumiy ijodi usmonli turk adabiyotining sarchashmasi hisoblanadi. Rumiydan sheʼrlar devoni, „Makotib“, „Ichindagi ichindadir“ („Fihi mo fihi“) hamda „Masnaviyi maʼnaviy“ kitoblari meros boʻlib qolgan. „Ichindagi ichindadir“ nasriy asar boʻlib, olimning turli majlis va suhbatlardagi falsafiy nutqlarining majmuasidir. „Makotib“ esa, muallifning zamondoshlari va ustozlari bilan boʻlgan turli yozishmalari – maktublaridan iborat. Har 2 asarda muallifning ijtimoiyfalsafiy, axloqiytaʼlimiy mushohadalari, tasavvufga doir nazariy qarashlari oʻz ifodasini topgan. Shoir devoni turli janrlardan iborat 25 ming baytdan ziyod sheʼrlarni oʻz ichiga olgan. Rumiy sheʼriyati, asosan, ilohiy ishq bilan bogʻlangan. U oʻzining barcha asarlarida yer-u koʻkning sohibi boʻlmish Alloh va uning zamindagi xalifasi hazrati insonni ulugʻlaydi. R.ning mashhur asari „Masnaviyi maʼnaviy“dir. Asarda Qurʼoni karim va Hadisi sharif maʼnolarini oʻziga singdirgan, inson hayoti bilan bogʻliq barcha masalalar badiiy yoʻsinda bayon etilgan. 6 jild (daftar)dan iborat asarning dastlabki qismlarini adibning shogirdi Hisomiddin Chalabiy ustozi ogʻzidan yozib olib, tahlildan oʻtkazgan. Chalabiy vafotidan soʻng muallif asarning davomini 10 yilda yozib tugatadi. Qurʼoni karim oyatlarining 70 foizi mohiyatini oʻzida mujassamlashtirgan, 270 dan ziyod hikoyalarni, 71-son 1 –to’plam May 2025 Sahifa: 348 Ustozlar uchun pedagoglar.org yuzlab pand-u hikmatlarni oʻz ichiga olgan bu kitob oʻz vaqtida va keyinchalik ham yozuvchi nomining dunyoga keng tarqalishiga sabab boʻlgan. Chunki Rumiy masnaviyda oʻzigacha boʻlgan Sharq-u Gʻarb donishmandlarining falsafiy qarashlarini, islomiy farzlarni sodda bir uslubda, sheʼriy yoʻl bilan badiiy ifodalagan.1Ayniqsa, hikmatli so‘zlari she’riy go‘zallik, falsafiy chuqurlik va ma’naviy tarbiya jihatidan yuksak bahoga loyiq. Rumiyning hikmatlari ko‘pincha tasavvufiy qarashlar asosida shakllangan. Ular orqali muallif insonni ichki poklik, ruhiy kamolot, ilohiy muhabbat va vujudiy haqiqat sari yetaklaydi. Uning fikricha, inson zohiriy dunyodan ko‘ra, botiniy haqiqatga yuzlanmog‘i kerak.Quyidagi hikmatda bu g‘oya ochiq ifoda etilgan: “Sen zohirsan — senga qarasang, toshsan. Ammo botining — yakka Haq bilan to‘la bir ko‘zgu.” Bu yerda Rumi tashqi ko‘rinishga berilish, nafsga ergashish orqali inson o‘zini yo‘qotishini ta’kidlaydi. Shuningdek, u botin dunyosini — ilohiy nur, ruhiy kuch manbai sifatida talqin etadi. Ushbu fikrlar "ko‘zgu", "nurlar", "soyalar", "dengiz", "mum" kabi badiiy timsollar orqali ifodalanadi. Badiiy ifoda vositalari: Rumiyning hikmatli so‘zlari poetik jihatdan ham yuqori darajada. U ko‘p hollarda quyidagi badiiy usullardan foydalangan: 1. Tashbih — “Inson qalbi ko‘zgu kabi, uni faqat tozalash kerak.” 2. Isti’ora — “Yuragingni yondir, shunda qorong‘ilik nurlanadi.” 3. Antitezalar — “Sen yo‘qsan, ammo mavjudsan. Sen jim, ammo sening sukunating dunyoni larzaga soladi.” Bu kabi san’at vositalari yordamida u murakkab tushunchalarni sodda, ammo ta’sirli shaklda ifoda etishga erishgan. 1 Sultonov, M. Tasavvuf — ma’naviyat manbai. — Toshkent: O‘zbekiston, 2002. — B. 97. 71-son 1 –to’plam May 2025 Sahifa: 349 Ustozlar uchun pedagoglar.org Rumiy ijodining markaziy g‘oyasi — ilohiy muhabbatdir. Uning fikricha, haqiqiy sevgi — bu nafsiy ehtiros emas, balki qalbning Haqqa intilishi, mavjudlik asosiga yetmoq istagidir. “Muhabbat — bu Haqdan bo‘lak barcha narsani unutmoqdir.” U s

Доказательный фрагмент

«В статье рассматривается художественная интерпретация мудрых высказываний Джалаладдина Руми.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматривается художественная интерпретация мудрых высказываний Джалаладдина Руми. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jalaluddin Rumi, Sufism, aphorisms, poetic imagery, spiritual, tasavvuf, badiiy tasvirlar, ilohiy muhabbat, badiiy talqin., ruhiy falsafa, Jaloliddin Rumi, aforizmlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники