Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONA TILI FANIDA BO‘G‘IN USTIDA ISHLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Usmonova Dilnura (Termiz davlat pedagogika instituti 1-kurs talabasi)
Для учителей · 2 · 389-394 · 2019
Аннотация
Ushbu maqolada so‘z tuzilishining asosiy bo‘lagi bo‘lgan bo‘g‘in bilan ishlash o‘qitish san’ati sifatida talqin etiladi. Muallif bo‘g‘inni nafaqat grammatik birlik, balki o‘quvchining nutqiy hissiyotini shakllantiruvchi vosita sifatida ko‘rib chiqadi. Bo‘g‘in tushunchasiga fonologik, akustik va artikulyatsion yondashuvlar ilmiy asosda yoritiladi. Kalit so‘zlar: bo‘g‘in, unli tovushlar, fonologik nazariya, akustik nazariya, artikulyator nazariya, ochiq bo‘g‘in, yopiq bo‘g‘in. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini va maqomini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi” qabul qilindi. Bu respublikamizda davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish va o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini oshirishga xizmat qiladi. Bo‘g‘in — tilshunoslikda so‘zning alohida talaffuz qilinadigan kichik bo‘lagi bo‘lib, u boshlang‘ich sinflarda savod o‘rgatish davrida shakllanadigan eng muhim til birliklaridan biridir. Bo‘g‘in ustida ishlash orqali o‘quvchining o‘qish va yozish malakasi shakllanadi, tovush va so‘z qurilishi haqida dastlabki tasavvurlar hosil bo‘ladi. Bo‘g‘in murakkab tilshunoslik tushunchasi bo‘lgani sababli boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga uning ilmiy qoidalari berilmaydi. Amaliyotda ular so‘zdagi unli tovushlar soniga qarab bo‘g‘inlarni ajratishga o‘rganadilar: ya’ni nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bor degan oddiy qoidaga asoslanadilar.Fonologik nazariyaga ko‘ra, bo‘g‘in tarkibida unli va undosh tovushlarning joylashish tartibi muhim ahamiyatga ega. Bu nazariyada tovushlar kombinatsiyasi orqali har bir til uchun xos bo‘lgan ideal 71-son 2 –to’plam May 2025 Sahifa: 95 Ustozlar uchun pedagoglar.org bo‘g‘in modeli shakllantiriladi. Fonologik nuqtayi nazardan bo‘g‘in sillabema deyiladi, uni o‘rganadigan soha esa sillabika deb nomlanadi. Sillabema- bo‘g‘inning fonologik birlik sifatidagi nomi boʻlib, bu bo‘g‘inga asoslangan o‘qitish usuli bo‘lib, o‘quvchilarga o‘qish va yozishni o‘rgatishda bo‘g‘inlardan foydalangan holda so‘zlarni tushunish va talaffuz qilishni osonlashtiradi. Sillabika-bo‘g‘in haqidagi ma’lumot boʻlib,bu savod o‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan bo‘g‘inga asoslangan o‘qitish usuli bo‘lib, o‘quvchilarni harflardan emas, balki bo‘g‘inlardan boshlab o‘qishga o‘rgatadi. Bu metod, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun qulay bo‘lib, o‘qish malakasini tez va aniq shakllantirishga yordam beradi. Akustik yondashuv bo‘g‘inni nutq oqimidagi jarangdorlikni tartibga soluvchi birlik deb ko‘radi. Ya’ni bo‘g‘in — tovushning eshitilish kuchi va davomiyligi bilan belgilanadigan fonetik birlikdir.Artikulyator nazariya esa bo‘g‘inni talaffuzdagi nafas, og‘iz bo‘shlig‘i harakati va muskullar kuchlanishi bilan bog‘laydi. Ba’zilar bo‘g‘inni talaffuzi qiyin tovushlar ketma-ketligini unlilar yordamida yumshatish deb tushunsa, boshqalar bo‘g‘inni bir nafas turtkisiga to‘g‘ri keluvchi birlik sifatida talqin etadi. Fransuz tilshunosi M. Gammon (1929-yil) bo‘g‘in — bu artikulyatsiya jarayonidagi muskullar kuchlanishi va bo‘shashishining almashinuvi deb hisoblaydi.Bunda nutq oqimidagi tovush tizimining izchil holatda kuchlanishi va boʻshashishi nazarda tutiladi, yaʼni nutq qismlari kuchlanish bilan boshlanadi va yuqori nuqtasidan kuchlanish bilan tugaydi. Shu takrorlanish boʻgʻinga ajralishdir. Bu oʻzbek tilshunosi Ayub Gʻulomovning Boʻgʻin nutqning bir nafas toʻlqinidagi qismidir, degan qarashiga ham moye keladi. “Boshlangʻich” soʻzi 3 boʻgʻinli boʻlib, har biri kuchlanish bilan boshlanadi. Unlisi baland nuqtasi hisoblanib, undoshda kuchsizlanib tugaydi. Boʻgʻin kuchli boshlanishi va kuchli tugashi ham mumkin. Bo‘g‘inning pedagogik-metodik ahamiyati ham bor; birinchi sinf o‘quvchilariga to‘g‘ri yozish va o‘qishni o‘rganishlari uchun juda ham kerak bo‘ladi. Orfografiyada ham 71-son 2 –to’plam May 2025 Sahifa: 96 Ustozlar uchun pedagoglar.org juda zarur bo‘lgan qoidalardan bir bu bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari yozuvda so‘zning bir qatorga sig‘may qolgan qismi ikkinchi qatorga bo‘g‘in asosida ko‘chiriladi;. Boʻgʻinlar qanday tovush bilan boshlanishiga koʻra ham ikki xil boʻladi: 1)berkitilgan boʻgʻin undosh bilan boshlanadi: ta-lab, tinch-lik. 2) berkitilmagan binoan unli bilan boshlanadi:oʻ-qish,aʼ-lo. O‘zbek tilida bo‘g‘in quyidagi shakllarda uchraydi: 1.Faqat unlidan iborat: u, e, o (olmosh va undov so‘zlar). 2. Unli va undoshdan iborat: un, ot, it. Bo‘g‘in oxirgi tovushga qarab quyidagicha tasniflanadi: Ochiq bo‘g‘in — unli bilan tugagan soʻzlr: o-na, lo-la. Yopiq bo‘g‘in — undosh bilan tugagan soʻzlar: mak-tab, us-toz. Soʻzlarni boʻgʻinlar soniga koʻra soʻzlar bir boʻgʻinli (ish, koʻk, sen, oz...);ikki boʻgʻinli (da-la, bu-gun, ik-ki...); koʻp boʻgʻinli (a-ra-va, qoʻ-gʻir-choq...) boʻladi. Bo‘g‘inga ajratish bilan bo‘g‘in ko‘chirishning asosiy farqi bor. Bo‘g‘inga ajratishda
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada so‘z tuzilishining asosiy bo‘lagi bo‘lgan bo‘g‘in bilan ishlash o‘qitish san’ati sifatida talqin etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada so‘z tuzilishining asosiy bo‘lagi bo‘lgan bo‘g‘in bilan ishlash o‘qitish san’ati sifatida talqin etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yopiq bo‘g‘in., akustik nazariya, fonologik nazariya, unli tovushlar, ochiq bo‘g‘in, artikulyator nazariya, bo‘g‘in
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025