К содержанию
РецензированоUZ2025

YOSHLARNING AXLOQIY TARBIYASIDA OILANING O‘RNI VA UNING MA’NAVIY AHAMIYATI

MA’NAVIY AHAMIYATI · Raxmatullayeva Ruxshona Ziyodulla qizi

Для учителей · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada yoshlarning axloqiy tarbiyasida oila muhitining o‘rni, islomiy ta’limotlarda oilaning axloqiy shakllanishdagi ahamiyati, ota-ona mas’uliyati, farzandga beriladigan dastlabki tarbiyaviy saboqlar, shuningdek zamonaviy tahdidlar fonida oilaning tutgan o‘rni yoritilgan. Maqola diniy manbalar, jumladan Qur’oni karim, hadislar, islomiy va zamonaviy olimlarning fikrlari asosida yozilgan. Kalit so‘zlar: Axloqiy tarbiya, oila, yoshlar, islomiy qadriyatlar, ota-ona mas’uliyati, diniy tarbiya, ma’naviyat, Qur’on, hadis, psixologik yondashuv, jamiyat, ma’naviy tarbiya. Jamiyatning asosiy tayanchi bo‘lgan yoshlarning tarbiyasi doimo dolzarb masala hisoblanib kelgan. Zero, yoshlar – ertangi jamiyatning poydevori, millatning istiqbolidir. Shunday ekan, ularning axloqiy va ma’naviy kamoloti bilan bog‘liq masalalarning asosiy negizi, albatta, oiladan boshlanadi. Oila – nafaqat biologik hayotni davom ettiruvchi, balki insonni ma’naviy jihatdan shakllantiruvchi muqaddas maskandir. Islom dini bu borada aniq va chuqur ko‘rsatmalar bergan. Qur’oni karimda, Rasululloh (s.a.v.) hadislarida oilaning muqaddasligi, ota-onaning farzand oldidagi mas’uliyati keng yoritilgan. Aynan oila orqali bolaga halollik, sabr, mehr-oqibat, iymon, hayoyu adolat kabi asosiy axloqiy fazilatlar singdiriladi. Oila – axloqiy tarbiyaning birinchi maktabi Har bir insonning tarbiyasi oila bag‘rida boshlanadi. Bola atrof-muhitdagi harakat, so‘z va muomala shakllarini avvalo o‘z uyida – ota-onasi, opasi, akasi, buvisi yoki bobosi orqali o‘zlashtiradi. Shu sababli, Islom dini ota-onani farzand oldida mas’ul shaxs sifatida ko‘radi. Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi: 71-son 2 –to’plam May 2025 Sahifa: 60 Ustozlar uchun pedagoglar.org “Ey mo‘minlar! O‘zlaringizni va oilangizni do‘zax olovidan saqlang...” (Tahrim surasi, 6- oyat). Bu oyat shuni anglatadiki, ota-ona farzandining nafaqat jismoniy, balki ma’naviy va axloqiy holatiga ham bevosita mas’uldir. Imom G‘azzoliy o‘zining “Ihyo ulum ad-din” asarida shunday deydi: “Bola – pok sahifa, unga qanday yozsang, shunday qoladi” (Ihyo ulum ad-din, 1-jild, 42-bet). Demak, bolaga beriladigan birinchi saboq – ota-onaning amaliy odobi, muomalasi va muhitidir. Islomda ota-onaning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati nihoyatda muhim hisoblanadi. Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar:“Har biringiz cho‘ponsiz, sizlardan har biri o‘z qo‘l ostidagilar uchun mas’uldur” (Imom Buxoriy, Sahih, 8934-hadis, 2-jild, 137-bet). Bu hadisga ko‘ra, ota-ona farzandining tarbiyasi, uning axloqiy qiyofasining shakllanishi uchun to‘liq javobgardir. Shuningdek, Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: “Farzandingga chiroyli ism qo‘y, unga odob o‘rgat va to‘g‘ri yo‘lga boshlang”1 Mazkur fikrlar asosida shuni ta’kidlash kerakki, ota-onaning diniy bilimga ega bo‘lishi, o‘z farzandiga halol hayot tarzini ko‘rsatishi, ularni diniy qadriyatlarga asoslangan axloqqa o‘rgatishi jamiyatdagi sog‘lom muhit asosidir. Axloqiy tarbiya – faqat odob-axloq emas, balki qalb tarbiyasidir. Islom dini bu borada o‘ta chuqur ta’limotga ega. Qur’onda inson qalbini poklash haqida ko‘plab oyatlar mavjud. Jumladan: “Albatta, o‘zini poklagan (nafsini tozalagan) kishi najot topdi” (Shams surasi, 9-oyat). Yuqoridagi oyatga asoslanib, har bir oila farzandiga qalban pok, niyatida toza, odobli va taqvoli bo‘lishni o‘rgatishi lozim. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: “Barcha fazilatlarning asosi hayo bo‘lgan xulqdir” (Termiziy, Sunan, 4-jild, 227-bet). Ya’ni, hayo – inson axloqining markazida turadi. Hayo bo‘lmagan joyda boshqa fazilatlar ham susayadi. Farzand tarbiyasida diniy qadriyatlar asosida hayo, sabr, shukr, kechirimlilik kabi fazilatlarni singdirish orqali insoniylik asoslari mustahkamlanadi. 1 Ibn Qayyim, Tuhfatul-Mawdud, 1-jild, 114-bet 71-son 2 –to’plam May 2025 Sahifa: 61 Ustozlar uchun pedagoglar.org Bugungi axborot asrida axloqiy tarbiyaning eng katta raqibi bu – cheksiz va nazoratsiz axborot oqimidir. Ijtimoiy tarmoqlar, filmlar, shoular, o‘yinlar va boshqa vositalar orqali yoshlar ongiga begona g‘oyalar, yengilhayotlik va individualizm singdirilmoqda. Bu esa oila va jamiyat orasida ma’naviy uzilishlarga sabab bo‘lmoqda. Shu bois, oila axloqiy qal’a bo‘lib qolishi zarur. Har bir ota-ona nafaqat nazoratchi, balki ishonchli suhbatdosh, muammoga yechim beruvchi, mehribon rahbar sifatida o‘z farzandiga doimiy e’tibor berishi lozim. Ziyovuddin Rahmonning “Yoshlar tarbiyasi va islomiy qadriyatlar” kitobida (2021, 59-bet) shunday deyiladi:“Tarbiya doimiy, izchil va oilaviy iqlim bilan uyg‘un holda olib borilsa, u samara beradi. Aks holda, yoshlar yot g‘oyalarga osonlikcha berilishi mumkin.” Oilada asosiy tarbiya shakllansa-da, jamiyatdagi maktab, mahalla, masjid, ijtimoiy tashkilotlar ham bu jarayonga bevosita ta’sir etadi. Yoshlar tarbiyasida jamiyatning hamkorligi ularni ko‘proq ijtimoiy mas’uliyatli qiladi. Abduqodir Muhammad o‘zining “Islomda oila va tarbiya masalalari” asarida (Toshkent, 2018, 67-bet) shunday yoza

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada yoshlarning axloqiy tarbiyasida oila muhitining o‘rni, islomiy ta’limotlarda oilaning axloqiy shakllanishdagi ahamiyati, ota-ona mas’uliyati, farzandga beriladigan dastlabki tarbiyaviy saboqlar, shunin…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada yoshlarning axloqiy tarbiyasida oila muhitining o‘rni, islomiy ta’limotlarda oilaning axloqiy shakllanishdagi ahamiyati, ota-ona mas’uliyati, farzandga beriladigan dastlabki tarbiyaviy saboqlar, shunin… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yoshlar, ota-ona mas’uliyati, Axloqiy tarbiya, oila, islomiy qadriyatlar, ma’naviyat, hadis, jamiyat, Qur’on, diniy tarbiya, ma’naviy tarbiya., psixologik yondashuv
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники