Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY ADABIYOT O’QITUVCHISINING KASBIY IMIJI
Sh. Tursunaliyeva
Для учителей · 2025
Аннотация
В данной статье рассматриваются личные и профессиональные качества современного учителя литературы, его отличительные особенности по сравнению с преподавателями других дисциплин, а также роль в нравственном и духовном воспитании. На основе взглядов Козокбоя Йулдошева, Кумдузхон Хусановой и Аскара Зуннунова раскрывается образ учителя-литератора как личности и творческой фигуры. 71-son 2 –to’plam May 2025 Sahifa: 235 Ustozlar uchun pedagoglar.org Ключевые слова: учитель литературы, творчество, личностные качества, воспитание, взаимодейс, личные и профессиональные навыки. Zamonaviy ta’lim jaroyonida adabiyot fani o’qituvchining ruhiy, estetik va axloqiy dunyosini boyitish muhim rol o’ynaydi.Bu jarayonning bosh boshqaruvchisi esa adabiyot o’qituvchisidir.U nafaqat bilim beruvchi , balki qalblarni uyg’otuvchi shaxs sifatida namoyon bo’ladi.Zamonaviy o’qituvchi – ijodkor, tahlilchi va tarbiyachi shaxs. Adabiyot o’qituvchi esa bu fazilatlarning har birini o’zida uyg’unlashtira olgan noyob pedagogdir. U obrazlar orqali dunyoni tahlil qilish, o’quvchining qalbini sezish va uni badiiy- estetik mezonlar asosida tarbiyalash imkoniyatiga ega.Bundan tashqari, adabiyot o’qituvchisi o’quvchilarga faqat adabiy bilimlarni o’rgatibgina cheklanmay, hayotiy ko’nikmalarga ham yo’naltirishi, o’qituvchining samarali kommunikatsiya ko’nikmalari: tilni tushunish, o’quvchilar bilan muloqot o’rnatish, motivatsiya berish,zamonaviy texnologiyalar va interaktiv usullarni o’qitish jarayonida qo’llash pedagogning innovatsion yondashuvlari va o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida ishonchli munosabatlar o’rnatish talab qilinadi1.Adabiyot o’qituvchisi bir necha farqli jihatlari bilan boshqa fan o’qituvchilaridan ajralib turadi. Adabiyot o’qituvchisi o’quvchilarda estetik did, badiiy tafakkur, tuyg’u va hissiyotlarni rivojlantirish, axloqiy-odobiy, ma’naviy qadriyatlar orqali o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish,darslarda o’quvchilarni mustaqil fikrlash, o’z munosabatini bayon etish, tahlil qilish va hatto ijodiy ishlar ( she’r, insho, hikoya) yozish, til va nutq madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishi bilan boshqa fan mutaxassislaridan farqlanadi.2Shuni ta’kidlash joizki, adabiyot o’qituvchisi boshqa soha vakillaridan his-tuyg’u va emotsional xususiyatga boy va tafakkur olami jihatidan biroz ustunroq bo’lishi ko’zga tashlanadi. Masalan, boshlangich sinf o’qituvchisi o’ziga xos bolalarcha d3unyoqarashga molik bo’lib qoladi kasbi yuzasidan kelib chiqqan holda yoki 1 Husanova, Q. (2020). Adabiyot o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligi. Toshkent: O‘qituvchi.) Husanova Q. Zamonaviy adabiyot o‘qituvchisi: muammo va yechimlar. // Pedagogik ta’lim jurnali. – 2021. – №2. – B. 45–51. 2 Husanova, Q. (2021). Zamonaviy adabiyot o‘qituvchisi: muammo va yechimlar. Pedagogik ta’lim, 2, 45–51.) Zunnunov A. O‘qituvchining ichki dunyosi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2017 3 O‘qituvchining ichki dunyosi. Toshkent: Ma’naviyat.) 71-son 2 –to’plam May 2025 Sahifa: 236 Ustozlar uchun pedagoglar.org matematika fani mutaxassislari adabiyot fani o’qituvchisidan hayotga real boqishi,aniqlik va puxtalikka intilishi, his-tuyg’ularga berilmasligi bilan ajralib turadi. Zamonaviy adabiyot o’qituvchisi haqida bir necha mutaxassislarning o’z qarashlari va fikr mulohazalari mavjud. Jumladan, Qozoqboy Yo‘ldoshev o‘zining asarlarida adabiyot o‘qituvchisining muhimligini alohida ta’kidlaydi. U adabiyot o‘qituvchisini faqat bilim beruvchi emas, balki o‘quvchilarni ruhiy va axloqiy jihatdan tarbiyalovchi shaxs sifatida ko‘radi. Uning fikricha, adabiyot o‘qituvchisi o‘quvchilarga hissiyotlarni tushunish va insoniyatning barcha jabhalarini anglashda yordam beradi. U, shuningdek, adabiyot darslarini o‘quvchilarning psixologik holatiga moslab olib borishga katta e’tibor qaratadi: ,, Adabiyot o‘qituvchisi – bu qalblarni uyg‘otuvchi, har bir so‘zda insonni tushunishga intiluvchi murabbiydir. U faqat bilim beruvchi emas, balki ruhiy hamroh bo‘lishi lozim”4 – deya ta’kidlaydi. Adabiyot o‘qituvchisi va ma’naviyat tarbiyasichi - Qunduzxon Husanova adabiyot o‘qituvchisini insonning ma’naviy rivojlanishida asosiy shaxs sifatida ko‘radi. Uning fikriga ko‘ra, adabiyot o‘qituvchisi o‘quvchilarga faqat badiiy bilimlarni emas, balki hayotiy qadriyatlarni ham o‘rgatishi kerak. Adabiyotning maqsadi, Husanovaning fikriga ko‘ra, insoniyatning eng yuqori fazilatlarini shakllantirish va axloqiy me’yorlarni tushuntirishdir. U, shuningdek, adabiyot o‘qituvchisini o‘quvchining ruhini his etuvchi, uning ichki dunyosiga kirishga intiluvchi pedagog deb hisoblaydi. ,, Adabiyot o‘qituvchisi nafaqat badiiy bilimlar beruvchi, balki ma’naviy o‘sishning boshqaruvchisi bo‘lishi lozim. U o‘quvchining qalbiga yurakdan yo‘l topishi kerak”, – Qumduzxon Husanova.5 Asqar Zunnunov adabiyot o‘qituvchisining ilmiy yondashuvini muhim hisoblaydi. Uning fikricha, adabiyot o‘qituvchisi o‘quvchiga faqat ma’lum asarlarni o‘rganish emas, Zunnunov A. Adabiyot darsi va ijodiylik. // Yangi O‘zbekiston ta’limi jurnali. – 2020. – №4. – B.
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются личные и профессиональные качества современного учителя литературы, его отличительные особенности по сравнению с преподавателями других дисциплин, а также роль в нравственном и духовном…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются личные и профессиональные качества современного учителя литературы, его отличительные особенности по сравнению с преподавателями других дисциплин, а также роль в нравственном и духовном… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- literature teacher, creativity, personality traits, moral education, student, ijodkorlik, tarbiya, shaxsiy fazilat, adabiyot o‘qituvchisi, o‘quvchi bilan muloqot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014