Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUROSAVIY TASHQI SIYOSAT TAMOYILLARI: SHAVKAT MIRZIYOYEV DAVRIDAGI USTUVOR YO‘NALISHLAR TAHLILI
Baxromova Jamila · V.E. Abirov
Для учителей · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Zangiota ziyoratgohi va u joydagi tarixiy va muqaddas obidalar ma’naviyatimizning muqaddas birlashuvi ekanligi to’g’risidagi ma’lumotlar aytib o’tilgan. Kalit so’zlar: Zangiota, Anbar Bibi maqbarasi, ruhoniy, uyg’onish davri, Oyxo’ja. O‘zbekiston yerida qadimdan buyuk allomalar, mutasavviflar va avliyolar yashab o‘tgan. Ularning izlari o‘z davrida nafaqat diniy-ma’naviy hayotda, balki jamiyatning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotida ham muhim o‘rin tutgan. Shunday ulug‘ zotlardan biri Zangiota bo‘lib, uning nomi va siymosi asrlar davomida xalq qalbida chuqur iz qoldirgan. Toshkent viloyatining Zangiota, tumanida joylashgan Zangiota ziyoratgohi esa tarix va ma’naviyatning muqaddas birlashuvi sifatida ajralib turadi. Bu muqaddas qadamjo nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo musulmonlari uchun qadimiy, aziz va tabarruk joylardan biridir. Ziyoratgohning tarixi, arxitekturasi, ruhiy-ma'naviy ahamiyati va unga bog‘liq afsonalar har bir yurtdoshimiz qalbida iftixor, g‘urur va ehtirom tuyg‘ularini uyg‘otadi. Zangi ota nomi bilan tanilgan Shayx Oyxo‘ja ibn Tojxo‘ja IX–XII asrlarda yuz bergan Sharq Uyg‘onish davrining yuksak siymolaridan biri bo‘lgan. U tasavvuf ilmini chuqur o‘rganib, xalq orasida o‘zining ma’naviy ziyosi, donishmandligi va hikmatlari bilan mashhur bo‘lgan avliyolardandir. Tarixiy rivoyatlarga ko‘ra, “Zangi” laqabi unga terisining qora rangi sababli berilgan. Uning yoshligi Movarounnahrning eng yirik shahri — qadimiy Binkentda (hozirgi Toshkent) o‘tgan. Hayotining so‘nggi qariyb 40 yilini esa Anbar ona bilan birga hozirgi Zangiota qishlog‘ida yashab o‘tkazgan. Bu yerda u oddiy xalq – dehqonlardan tortib, yuqori tabaqali insonlargacha bo‘lgan keng qatlamlarga 71-son 2 –to’plam May 2025 Sahifa: 244 Ustozlar uchun pedagoglar.org ustozlik qilgan. Diniy-ma’naviy targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullangan. Mo‘g‘ullar istilosi davrining og‘ir sharoitlarida, u kishining sabr-toqat, insonparvarlik, vatanparvarlik va mehr-oqibatga asoslangan ta’limoti odamlarning najotiga aylangan. Zangiota Ahmad Yassaviy hazratlarining muridi, Sulaymon Boqirg‘oniyning shogirdi bo‘lgan. Ana shu izchillik uning ruhiy maktabini yanada mustahkam qilgan. Tarixiy haqiqatlar bilan birga, Zangiota ziyoratgohiga oid xalq orasida avloddan avlodga o‘tgan rivoyatlar ham mavjud. Eng mashhur rivoyatlardan birida aytilishicha, Amir Temur Yassaviy hazratlari uchun Turkistonda maqbara qurish niyatida bo‘lganida, ish bir necha marta to‘xtab qoladi. Buning sababini tushunmagan sohibqiron bir kechasi tushida nuroniy zotni ko‘radi. U zot unga: “Avvalo Zangi otaning qabri ustiga maqbara qur”, deydi. Ana shundan keyin Amir Temur Toshkentga yo‘l olib, Zangiota qabrini obod qilishga buyruq beradi. Bu tarixiy buyruq natijasida maqbara tiklanib, uning qurilishi Mirzo Ulug‘bek tomonidan 1420-yilda nihoyasiga yetkaziladi. Bu rivoyat o‘z ichiga tarixiy asosni ham olgan bo‘lib, Zangiota siymosining shunchaki mahalliy avliyo emas, balki umumxalq e’tirofiga sazovor ruhoniy yetakchi bo‘lganini ko‘rsatadi. Zangiota maqbarasi dastlab ikki xonali sodda imorat — ziyoratxona va hilxonadan iborat bo‘lgan. Peshtoqi va bezaklari bo‘lmagan ushbu bino g‘oyat sodda arxitektura namunasi bo‘lsa-da, o‘ziga xos ruhiy salobat bilan ajralib turgan. Xonalarning devorlari ravoqli chorsi asosda qurilib, burchaklardagi ravoqlar orqali sakkiz qirrali poydevor ustiga turli o‘lchamdagi gumbazlar qad rostlagan. Yorug‘lik xonalarga tobdonlar orqali kirgan. Ayniqsa, oq marmardan ishlangan qabrtosh e’tiborni tortadi. Undagi o‘yma naqshlar va arabiy yozuvlar uslubining nozikligi, bu yodgorlikning naqadar qadimiy ekanligidan dalolat beradi. Majmua tarkibida joylashgan Anbar Bibi maqbarasi ham tarixiy va diniy ahamiyatga ega. Zangiotaning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan Anbar onaning maqbarasi peshtoq, ziyoratxona va go‘rxonadan iborat. Qabrtoshi marmardan bo‘lib, ustidagi yozuv va naqshlar uni qadrlaydigan kishilar uchun alohida ta’sir bag‘ishlaydi. Mustaqillik yillarida Zangiota ziyoratgohi keng ko‘lamda restavratsiya qilindi. Yodgorlik atrofi g‘isht bilan o‘rab chiqildi, qadimiy maqbaralar qayta ta’mirlandi. 150 metrlik yo‘lakka shaklli g‘ishtlar yotqizilib, masjid hovuzi atrofida beshta supa bunyod 71-son 2 –to’plam May 2025 Sahifa: 245 Ustozlar uchun pedagoglar.org etildi. Hozirgi kunda majmua hududida mehmonxona, do‘konlar, hatto “Zangiota patiri” tayyorlanadigan nonvoyxona ham mavjud. Ziyoratchilar bu yerga nafaqat ruhiy osoyishtalik topish uchun, balki tarix va madaniyatdan bahramand bo‘lish uchun ham tashrif buyurishadi. Bugun bu ziyoratgoh har kuni ko‘plab tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi. Ularning orasida mahalliy aholi bilan birga, xorijlik sayyohlar ham bor. Bunday maskanlar yurtimiz ma’naviy turizmining ko‘zgu sohibi, xalqimiz tarixiy xotirasining tirik namunasidir. Zangiota ziyoratgohi nafaqat tarixiy obida, balki xalqimizning ma’naviy xotirasi, diniy e’tiqodi va ruhiy uyg‘onishining yorqin timsolidir. Bu maskan – asrlar davomida tarix shamoliga bardosh bergan, x
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Zangiota ziyoratgohi va u joydagi tarixiy va muqaddas obidalar ma’naviyatimizning muqaddas birlashuvi ekanligi to’g’risidagi ma’lumotlar aytib o’tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Zangiota ziyoratgohi va u joydagi tarixiy va muqaddas obidalar ma’naviyatimizning muqaddas birlashuvi ekanligi to’g’risidagi ma’lumotlar aytib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- diplomatik muloqot, mintaqaviy xavfsizlik., tenglik, Murosaviy tashqi siyosat, o‘zaro manfaat va ishonch, ichki barqarorlik, siyosiy yondashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026