Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O`ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA URG`UNING AHAMIYATI
Sotvoldiyeva Latofatxon Iqboljon qizi · Ilmiy rahbar: Karimjonova Shahlo Ravshanjonovna
Для учителей · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida urg‘u hodisasining lingvistik mohiyati va uning kommunikativ jarayondagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ingliz tilida urg‘u so‘z ma’nosini farqlash, axborotni ajratib ko‘rsatish va nutqning fonetik strukturasi orqali tinglovchiga muhim ma’lumot yetkazish vositasi sifatida qaraladi. O‘zbek tilida esa urg‘u ko‘proq fonetik xususiyatga ega bo‘lib, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushishi bilan tavsiflanadi hamda gapning intonatsion tuzilmasida muhim o‘rin egallaydi. Kalit so`zlar: urg‘u, fonetika, intonatsiya, bo‘g‘in urg‘usi, so‘z urg‘usi, gap urg‘usi, fonologiya, talaffuz, qiyosiy tahlil, ma’no farqlanishi, nutq ohangi, kommunikativ funksiya, fonetik tafovut. Til fonetik jihatdan boy bo‘lishi uchun undagi urg‘u, intonatsiya va talaffuz tizimi muhim rol o‘ynaydi. Har bir til o‘z urg‘u qonuniyatlariga ega. Ingliz va o‘zbek tillarida urg‘uning o‘rni va funksiyasi turlicha bo‘lib, ularning o‘zaro farqlarini o‘rganish fonetika va tilshunoslik nuqtayi nazaridan dolzarb masalalardan biridir. Urg‘u — bu so‘z yoki gapdagi ayrim bo‘g‘in yoki so‘zning boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishi orqali ajratilishi. Fonetik jihatdan urg‘u tovushning balandligi, kuchi yoki davomiyligi orqali yuzaga chiqadi. Urg‘u tilda so‘zning ma’nosini ajratish, muhim axborotni ta’kidlash, nutq ohangini aniqlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. 71-son 2 –to’plam May 2025 Sahifa: 281 Ustozlar uchun pedagoglar.org O`zbek tilida urg`uni 2 turga ajratish mumkin: a) so`z urg`usi (lug`aviy urg`u); b) fraza urg`usi (mantiqiy urg`u). Ikki va undan ortiq boʻgʻinli so`zlarda shu bogʻinlardan birini ajratib, kuchli talaffuz etilishi so`z urg`usi deyiladi. So`z urg`usi oʻz navbatida, soʻzning qaysi boʻgʻinga tushishi, qaysi boʻgʻinga biriktirilganligiga koʻra 2 turga ga boʻlinadi: bogʻliq urg`u va koʻchma (erkin) urg`u. Bogʻliq urg`u so`zda bo`gʻinlar soni oʻzgarishi (ortishi)ga qaramay, oʻrni oʻzgarmaydigan urg`ulardir (masalan, rus tilida ham). Ko`chma urg`u affiksatsiya jarayonida soʻzda boʻgʻinlar soni orta borishi bilan oʻrnini oʻzgartira boradigan, yaʼni oxirgi boʻgʻinga siljib boradigan urg`udir. Masalan, oʻzbek tilida soʻz urg`usi shunday: oʻqit — oʻqituv — oʻqituvchi — oʻqituvchilik. Ayrim holatlarda soʻz urg`usi maʼno farqlash vazifasini ham bajaradi: olma (feʼl) — olma (ot: meva); osma (feʼl:biror narsani osib qoyishning, boʻlishsizlik shakli) — osma(ot:tibbiyot anjomi). Bu holatlarda ot so`z turkumida bo`lishi uchun urg`u birinchi bo`g`inga, fe`l so`z turkumida bo`lishi uchun esa ikkinchi bo`g`inga tushishi zarur. Bundan tashqari, urg`u soʻz shaklini farqlashda ham xizmat qiladi: ishchimiz (bizning ishchi) — ishchimiz (biz — ishchi); otingiz (sizning otingiz) — otingiz (miltiqni oting) kabi. Fraza urg`usi (mantiqiy urg`u) sintaktik tuzilma tarkibidagi biror boʻlakni — maʼno jihatidan muhim boʻlgan nutq taktini (sintagma)ni boshqalaridan ajratib koʻrsatadi. Fraza urg`usi qaysi boʻlakka tushsa, oʻsha boʻlak axborot tashishdagi eng ahamiyatli boʻlak hisoblanadi. Masalan : Oʻzbek sportchilari olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Bu yerda oʻzbek sportchilariga alohida urg`u beriladi. — Oʻzbek sportchilari olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Bu qismida esa olimpiada oʻyinlari diqqat markaziga olingan. — Oʻzbek sportchilari olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Muvaffaqiyatli ishtirok etdilar so`z birikmasiga urg`u qaratilgan. Ingliz tilida urg`u (stress) muloqot jarayonida to`g`ri tushunish va talaffuzning ravshanligi va tabiiyligini oshirish uchun xizmat qiladi. Ba`zi so`zlardagi urg`uga e`tibor beraylik: fast (tez) – 1 syllable (bo`g`in); person (inson) – 2 syllables - urg`u birinchi bo`g`inga tushadi; beautiful (chiroyli) – 3 syllables – urg`u ikkinchi bo`g`inga tushadi; 71-son 2 –to’plam May 2025 Sahifa: 282 Ustozlar uchun pedagoglar.org information (ma`lumot) – 4 syllables - urg`u ikkinchi bo`g`inga tushadi. Ingliz tilida so`z urg`usi bilan bog`liq ba`zi qoidalar mavjud va bu qoidalar so`z urg`usini topishda foydali asos bo`lishi mumkin. Ammo ushbu qoidalarning istisno holatlari ham mavjud. 1. Ko`pchilik 2 bo`g`inli ot va sifatlarda urg`u birinchi bo`g`inga tushadi. Masalan: picture (rasm), clever (aqlli) 2. Ko`pchilik 2 bo`g`inli fe`llarda esa urg`u ikkinchi bo`g`inga tushadi. Masalan: decide (qaror qilmoq), arrive (yetib kelmoq) 3. 3 yoki undan ortiq so`zlarda urg`u har qanday joyda kelishi mumkin, bunda aniq qoidaga rioya qilish kerak emas E`tibor beraylik: present va boshqa shu kabi so`zlarning ot va fe`l shakllari mavjud. Bu holatlarda yuqorida aytib o`tilgan qoidaga asoslanib ish ko`riladi. Pre-sent (sovg`a) – pre-sent (ko`rsatmoq) Re-cord (qaydnoma) – re-cord (yozib olmoq) In-crease (oshirish) – in-crease (oshmoq) Ko`p bo`g`inli so`zlarda urg`uni aniqlash biroz mushkul. Bu holatlarda ham ba`zi bir qoidalar mavjud: 1. Agar so`z -tion,-sion, -cian, -cial bilan tugasa, urg`u bu qo`shimchalardan oldingi bo`g`inga tushadi. Masalan: col-lec
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida urg‘u hodisasining lingvistik mohiyati va uning kommunikativ jarayondagi ahamiyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida urg‘u hodisasining lingvistik mohiyati va uning kommunikativ jarayondagi ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ma’no farqlanishi, fonetika, fonetik tafovut., kommunikativ funksiya, nutq ohangi, so‘z urg‘usi, talaffuz, qiyosiy tahlil, urg‘u, fonologiya, bo‘g‘in urg‘usi, intonatsiya, gap urg‘usi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024