Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VOYAGA YETMAGAN YOSHLAR BILAN ISHLASHNING SAMARALI HAMDA DOLZARB PSIXOLOGIK USULLARI
To'lanboyeva Nazokat Baxtiyarovna
Для учителей · 2026
Аннотация
Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvandlik, o'z-o'zini o'ldirish bilan bog'liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga kelishi va ijtimoiy oqibatlariga ko'ra mohiyatan turli jihatlarga ega. Birinchi farq uzoq davom etadigan ijtimoiy zararli odatlar deviant xulq-atvor turmush tarzining ajralmas qismiga aylanadi. Kalit so'zlar: voyaga yetmaganlar, deviant xulq-atvor, diagnostika, ijtimoiy funksiya, jinoyatchilik, ijtimoiy norma, o'smir, profilaktika. KIRISH:Voyaga yetmaganlarning deviant hulq-atvori katta yoshdagilarning og‘ma hulq-atvori qonuniyatlariga muvofiq emasligini qayd etish zarur. Jumladan, kriminologiya umum tomonidan qabul qilingan hulq-atvor normalarining jinoyatchilar tomonidan buzilishini ularda rasman ma‘qullanadigan yoki umumiy e‘tirof etilgan hulq-atvor normalarining jinoyatchilar tomonidan buzilishini ularda rasman ma‘qullanadigan yoki umumiy e‘tirof etilgan hulq-atvor normalariga zid bo‘lgan maxsus qadriyatlar tizimi mavjudligi bilan izohlanadi. Va shu sababli jinoyatchilikni, eng avvalo, professional jinoyatchilikni tahlil qilish asosial submadaniyat nazariyasiga asoslanadi. Biroq, voyaga yetmaganlarga tatbiqan bunday yondashuv hamisha ham to‘g‘ri emas. Masalan, ko‘pincha o‘smir sodir etilgan qilmishni inkor etmagan holda, o‘z aybiga iqror bo‘lmaydi yoki o‘zi prinsip jihatidan inkor etmaydigan huquqiy taqiqni buzadi. Ayni vaqtda, ayrim ekspertlar diqqat-e‘tiborni hozirgi vaqtda deviant hulq-atvor guruhiga ko‘proq moddiy jihatdan o‘ziga to‘q oilalarning bolalari va o‘smirlari tushib qolishiga qaratadilar. Umuman olganda, “bugungi kunda jamiyatning qaysidir qatlamlaridan biri, deviant hulq-atvordan himoyalangan, deb bo‟lmaydi, hat bir o‟smir ta‟sirga va bog’liqlikka duch keladi. Moddiy jihatdan yetarlilik, ota-onalarning yuqori ijtimoiy mavqyei bolalarning ijtimoiy normalarga rioya qilishning kafili bo‟la olmaydi”. 71-son 2 –to’plam May 2025 Sahifa: 330 Ustozlar uchun pedagoglar.org ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Voyaga yetmaganlar deviant xulq-atvor profilaktikasi obyektiv ochib berildi. Ibn Sino yashagan davr tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. Giddens E. Sotsiologiya. kitobi mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Voyaga yetmaganlarning xulq-atvori profilaktikasi ishida ommaviy axborot vositalari orqali tashviqiy-ma‘rifiy ishlarni olib borish muhimdir. Jamoatchilik fikri so‘rovi ma‘lumotlari bo‘yicha televideniye o‘smirlar va yoshlar uchun axborot olishning afzalrok manbai hisoblanadi. Shu munosabat bilan ijtimoiy reklamaning roli o‘sadi. Ijtimoiy reklama o‘z takliflari bilan ―mehnatni rag‘batlantiradigan, ijobiy maqsadlarga erishish uchun inson faoliyati motivatsiyasini kuchaytiradi. Reklama ijtimoiy qadriyatlarni yoyadi va targ‘ib qiladi. U mamlakatlar va xalqlarning yashash tarzini, andozalarini shakllantirishga ko‘maklashadi… Reklamaning ijtimoiy funksiyasi turmush tarzi targ‘ib qilinishini ham nazarda tutadi. Deviant hulq-atvorning eng yaxshi profilaktikasi - bu tarbiyaning vositalari, shakllari va usullarini aniq belgilab olgan holda voyaga yetmaganlar ongiga maqsadga qaratilgan tashkiliy ta‘sir ko‘rsatishdir. Huquqiy tarbiyani oldini olish imkoniyatlari tiyishning boshqa vositalariga qaraganda ancha samaraliroqdir. Chunki huquqiy profilaktika choralari odatda, birmuncha kechikadi va qilmish sodir etilgandan keyin amal qila boshlaydi. Oldini olish bilan bog‘liq huquqiy choralar ―ishlashi‖ uchun u bolaning ongiga qo‘yilishi, uning e‘tiqodi, tajribasining bir qismiga aylanishi kerak. Buni aniq maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish yo‘li bilan erishish mumkin. Bizga ma‘lumki jamiyatimizda sodir qilinayotgan ko‘plab jinoyatlar, jumladan voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatlar va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni o‘rganishda voyaga yetmagan jinoyatchilarning ma‘naviy-ahloqiy shakllanishiga ta‘sir etuvchi salbiy holatlarni tahlil qilish ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, oilada yoki ko‘cha-ko‘yda turli xil ahloqsiz xattiharakatlarning guvohi bo‘lgan o‘smir, ahloqsizlik jinoyatlarini ham sodir qilishga qo‘l uradi. Bunday jinoyatlar 71-son 2 –to’plam May 2025 Sahifa: 331 Ustozlar uchun pedagoglar.org qatoriga voyaga yetmagan o‘smirlar tomonidan nomusga tegish hollarini ko‘rishimiz mumkin. Xo‘sh, shu o‘rinda bir savol tug‘iladi, bunday jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, tub mohiyati nimada? Shu o‘rinda biz ushbu jinoyatlarning sodir etilishidagi shartsharoitlarga, sabablarga to‘xtalib o‘tamiz. Voyaga yetmaganlar tarbiyasi bilan juda ko‘pchilik shug‘ullanadi. Bular - ota-onalar, oilani katta yoshdagi boshqa a‘zolari, maktabgacha bo‘lgan, maktab o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari muassasalaridagi o‘qituvchilar jamoat tashkilotlari va boshqalardir. Darhaqiqat, ana shu voyaga yetmaganlar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ular tarbiyasidagi ta‘siri kelajakda o‘z ta‘sirini o‘tkazadi. Oilalardagi ota yoki ona ichuv
Доказательный фрагмент
«Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvandlik, o'z-o'zini o'ldirish bilan bog'liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga kelishi va ijtimoiy oqibatlariga ko'ra mohiyatan turli jihatlarga ega.»
Образец извлечения
Демо-превьюDeviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvandlik, o'z-o'zini o'ldirish bilan bog'liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga kelishi va ijtimoiy oqibatlariga ko'ra mohiyatan turli jihatlarga ega. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- voyaga yetmaganlar, deviant xulq-atvor, diagnostika, ijtimoiy, ijtimoiy funksiya, ijtimoiy norma, o'smir, profilaktika., jinoyatchilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026