Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURISTLARNING MOLIYAVIY XAVFSIZLIGI: ZAMONAVIY TAHDIDLAR VA ULARDAN HIMOYALANISH YO’LLARI
Urunov Numanjon Mo‘ydinovich
Для учителей · 2026
Аннотация
This article examines the financial security of tourists, analyzing the modern threats they face and the ways to protect against them. With the growth of the tourism industry, threats such as fraud, currency exchange issues, and the security of digital payment systems are on the rise. The article discusses tourists’ preparedness for these threats as well as existing legal and financial protection mechanisms. The analysis results indicate that systemic approaches, education, and international cooperation are essential for ensuring tourists' financial security. The article identifies gaps in the tourism and financial security sectors and provides practical recommendations. Аннотация. Данная статья исследует вопрос финансовой безопасности туристов, анализируя современные угрозы и способы защиты от них. С ростом туристической отрасли увеличиваются и угрозы, такие как мошенничество, проблемы с обменом валюты и безопасность цифровых платежных систем. В статье рассматривается подготовленность туристов к этим угрозам, а также существующие правовые и финансовые механизмы защиты. Результаты анализа показывают, что для обеспечения финансовой безопасности туристов необходимы системные подходы, образование и международное сотрудничество. Статья выявляет существующие пробелы в сфере туризма и финансовой безопасности, а также предлагает практические рекомендации. 71-son 2 –to’plam May 2025 Sahifa: 357 Ustozlar uchun pedagoglar.org Kalit so’zlar. Turizm, firibgarlik, moliyaviy xavfsizlik, raqamli to‘lov tizimi xavfsizligi Kirish. So‘nggi yillarda global miqyosda turizm sanoati tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda dunyo bo‘yicha 1,3 milliarddan ortiq xalqaro sayohat amalga oshirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich pandemiyadan oldingi darajaga yaqinlashganini ko‘rsatadi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2024 yil davomida diyorimizga jami 8,6 million nafar xorijiy sayyoh keldi. Ularga 2,7 milliard dollarlik xizmat ko‘rsatildi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p. Yevropa va boshqa mintaqalar hamda qo‘shni davlatlardan keluvchilarning o‘rtacha xarajati 2022 yilga nisbatan 1,5 barobar oshgan. Maqsadli xorijiy davlatlardan turizm oqimi sezilarli jadallashdi. Jami miqdorda chegaradosh o‘lkalar fuqarolari ulushi 2018 yildagi 87 foizdan 80 foizga tushdi, Ko‘hna qit’a va boshqa uzoq davlatlar hissasi 5,3 foizdan 9,0 foizga ko‘tarildi. Sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi 762 yangi sub’ekt faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida turistik tashkilotlar va turagentlar soni 3581 taga yetdi. Bugungi kunda respublikamiz bo‘ylab 3200 gid-ekskursovod ishlayapti. Joriy yilning o‘zida ayni raqam 700 taga ortdi. Meni fikrimcha, sayohat qilish jamiyatlararo aloqalarni mustahkamlash, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, iqtisodiy faollikni oshirishda muhim o‘rin tutadi. Ammo turizmning kengayishi bilan bir qatorda, moliyaviy xavfsizlik masalasi ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Turistlar yangi joylarda o‘zlarining moliyaviy resurslariga (naqd pul, bank kartalari, raqamli to‘lov vositalari) tayanishadi. Biroq, so‘nggi yillarda moliyaviy firibgarlik, valyuta almashuvi bilan bog‘liq noqulayliklar va raqamli to‘lov tizimlaridagi xatolar tufayli sayohatchilar katta yo‘qotishlarga uchrashmoqda. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda xavfsizlik mexanizmlarining to‘liq ishlamasligi, qonunbuzarlarning yangi texnologiyalardan foydalanib, firibgarlik holatlarining ko’payishiga sabab bo’lishi, ushbu muammoni yanada keskinlashtirmoqda. Raqamli to‘lovlarning ommalashuvi, ochiq Wi-Fi tarmoqlaridan foydalanish, noma’lum valyutalarda savdo qilish va noqonuniy ayirboshlash punktlari turistlarni moliyaviy 71-son 2 –to’plam May 2025 Sahifa: 358 Ustozlar uchun pedagoglar.org jihatdan zaif holatga keltirib qo‘ymoqda. Bundan tashqari, ayrim sayyohlik agentliklarining noqonuniy faoliyati, soxta onlayn band qilish tizimlari orqali minglab odamlar aldanib qolmoqda. Quyida zamonaviy tahdidlar kontekstida turistlarning moliyaviy xavfsizligiga tahdid soluvchi asosiy omillar atroflicha tahlil qilinadi. Maqola davomida amaliy misollar, xalqaro tajriba va statistik ma’lumotlar asosida tahlil o‘tkaziladi hamda ushbu muammolarning oldini olish, turistlarni moliyaviy himoyalash bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi. O‘rganish metodologiyasi. Ushbu maqola tahliliy-tavsifiy (analitik-deskriptiv) metod asosida tayyorlandi. Maqolada turizm sohasidagi turistlar moliyaviy xavfsizligiga oid mavjud tahdidlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha usullar yoritildi. Asosiy e’tibor ilgari o‘rganilgan xalqaro va mahalliy manbalarga, statistik ma’lumotlarga, ekspert intervyulariga va turizm xavfsizligiga oid dolzarb maqolalarga qaratildi. Tahlil uchun quyidagi uslublardan foydalanildi: Ma’lumotlar tahlili: UNWTO, McAfee, Forbes, Statista, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi kabi nufuzli manbalar asosida zamonaviy tahdidlar turlari o‘rganildi. Taqdim etilgan misollar orqali keys-stadi (case study): Turli mamlakatlarda yuzaga kelga
Доказательный фрагмент
«This article examines the financial security of tourists, analyzing the modern threats they face and the ways to protect against them.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the financial security of tourists, analyzing the modern threats they face and the ways to protect against them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- moliyaviy xavfsizlik, Turizm, firibgarlik, raqamli to‘lov tizimi xavfsizligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025