Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TASVIRIY SAN’ATDA ESTETIKA VA GO‘ZALLIK TUSHUNCHASI
Guliston Davlat unversiteti · Karshiboyeva Dilafruz · Boqiyeva Tahmina
Для учителей · 2025
Аннотация
Aesthetics and the concept of beauty in visual arts are fundamental elements of artistic expression, reflecting human perception and emotions. Aesthetics play a crucial role in evaluating art, and the standards of beauty evolve depending on historical periods and cultural influences. This article examines aesthetic principles in painting, subjective and objective interpretations of beauty, and beauty concepts in classical and contemporary art. It discusses methods of achieving visual aesthetics through harmony, color balance, and compositional structuring. Furthermore, philosophical aspects of art and the human perception of beauty are explored, providing deeper insight into aesthetic appreciation. Kalit so‘zlar: tajriba, rivojlanish, matematika, dasturlash, san’at, biznes, tilshunoslik, tarix, ekologiya, texnologiya, muhandislik, kreativlik, tahlil, dizayn, ilm-fan, innovatsiya, algoritmlar, strategiya, psixologiya, marketинг, iqtisod, lingvistika Ключевые слова: опыт, развитие, математика, программирование, искусство, бизнес, лингвистика, история, экология, технологии, инженерия, креативность, анализ, дизайн, наука, инновация, алгоритмы, стратегия, психология, маркетинг, экономика Keywords: experience, development, mathematics, programming, art, business, linguistics, history, ecology, technology, engineering, creativity, analysis, design, science, innovation, algorithms, strategy, psychology, marketing, economics “Estetika” (yunon. aisthetikos – his qilinadigan) iborasi dastlab olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (u G‘arbiy Evropa falsafiy tafakkurida muhim o‘rin tutgan Volf maktabi namoyondasi hisoblanadi)ning “Estetika («Aesthetica»)” nomli ikki tomlik asari (1750-1758- y.y.)da muomalaga kiritilgan. Baumgarten estetikani bilishning yuksak darajasi hisoblangan mantiqdan farqli o‘laroq, hissiy bilishning quyi darajasidagi fan sohasiga tegishli deydi. Uning fikricha, mantiqiy mushohada aniq tasavvurlarga, estetik mushohada esa noaniq va mavhum tasavvurlarga asoslanadi. Buning birinchisi – aql muhokamasiga, ikkinchisi – did muhokamasiga tegishlidir. Biroq, insonning universum bilan munosabati avval estetik mushohada orqali ro‘y beradi, so‘ngra mantiqiy mushohada 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 13 Ustozlar uchun pedagoglar.org orqali amalga oshadi. Shunga ko‘ra, estetikaning predmeti – go‘zallik, mantiqniki – haqiqatdir. Baumgartenning estetikaga kiritgan ushbu nazariyasi keyinchalik san’at falsafasiga nisbatan keng qo‘llanildi. Bu nazariya Immanuil Kant, Fridrix Gegel va boshqa faylasuflar tomonidan rivojlantirildi, hatto fanning predmetini aniqlashda go‘zallik masalasi bilan boshlangan mulohazalar to g‘oyalar olamining falsafiy mohiyatiga tegishli mulohazalar bilan bog‘lanib ketdi. Shuning uchun ham ko‘pchilik nazarida Baumgarten “estetikaning asoschisi” sifatida tilga olinadi. Ammo, nemis faylasufi Teodor Lipps estetikani mohiyatan “nemislarga xos fan” ekanligini ta’kidlagani holda Germaniyada estetikaning asoschilari sifatida 4 nafar faylasuf - Gotxold Efraim Lessing, Iogann Gotfrid Gerder, Immanuil Kant, Fridrix SHillerni ko‘rsatib o‘tadi. U Immanuil Kant “estetikaning asoschisi” sifatida birinchi bo‘lib estetik qadriyatlarni shakllanadigan va rivojlanadigan “hudud”ning chegarasini belgilab berdi. Shundan keyingina estetika masalalari Kantning idealistik falsafasi bilan birlashdi va rivojlandi, - degan xulosaga keladi.Shuni alohida ta’kidlash zarurki, “Estetika fan emas, uning mazmuni fanning ilmiy talablariga javob bermaydi”, - degan fikrlar estetikaning mohiyatini tushunmaslik natijasida kelib chiqqan fikrlardir. Odatda, fan - dunyo haqidagi obektiv bilimlar tizimi; uni ma’lum maqsadlar yo‘lida o‘zgartirishga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli hisoblanadi. Estetika ham fan sifatida o‘zining qonuniyatiga, kategoriyalariga va tushunchalar tizimiga ega. Biroq, “Estetika – go‘zallik haqidagi fan” deyish asl mohiyatni anglatmaydi. Aksincha, estetika keng qamrovli fan sifatida: a) u yoki bu voqelikka daxldor go‘zallik tuyg‘ularining mohiyatini bilishga intiladigan hodisalar majmui; b) borliqni hissiy idrok etishga asoslangan ong shakli; v) haqiqatni anglash va his qilish, qadriyatlarni bilish va tahlil etishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. Estetika ilmiy-nazariy masalalar va fan talablari doirasidan tashqarida qo‘llanilganda ko‘plab ma’nolarni anglatishiga sabab ham ana shunda. Qolaversa, boshqa fanlar kabi estetika ham odamlarga umumiy zaruriyat yuzasidan kundalik faoliyatda kerak bo‘ladigan narsa- hodisalarni (chiroyli bo‘lish, orasta kiyinish, ozoda yurish, nafis harakat qilish kabi masalalar bilan estetikaning muayyan sohasi shug‘ullanadi) emas, balki estetika fan sifatida estetik tarbiyani takomillashtirish, badiiy tafakkurni rivojlantirish, odam tuyg‘usini tarbiyalash, uning did,fahm-farosatini yuksaltirishga qaratilgan fundamental 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 14 Ustozlar uchun pedagoglar.org masalalarning ilmiy-nazariy asoslarini o‘rgan
Доказательный фрагмент
«Aesthetics and the concept of beauty in visual arts are fundamental elements of artistic expression, reflecting human perception and emotions.»
Образец извлечения
Демо-превьюAesthetics and the concept of beauty in visual arts are fundamental elements of artistic expression, reflecting human perception and emotions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- experience, development, mathematics, programming, art, business, rivojlanish, iqtisod, matematika, san’at, tilshunoslik, tajriba, psixologiya, ilm-fan, marketинг, dizayn, dasturlash, kreativlik, lingvistika, tarix, algoritmlar, biznes, strategiya, innovatsiya, texnologiya, muhandislik, ekologiya, tahlil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026