Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONDAGI ARXIV TURLARI VA ULARNING FAOLIYATI
Sultanova Zuxra Shuxratovna
Для учителей · 2025
Аннотация
This article provides information about the archives and their types in Uzbekistan, as well as the central state archive of the Republic of Uzbekistan, the National Archive of Kinofotofono documents of Uzbekistan, the National Archives of scientific and technical and medical documents of Uzbekistan and their organization, the main tasks of the archive, documents preserved in the foundation. Keywords: archive, film and photographic documents, medical documents, archive functions. Arxivlarning paydo bo‘lishi tarixiga nazar tashlasak, insoniyatning paydo bolishi, kishilik jamiyatiga birlashib yashashi, sivilizatsiyalarning yaratilishi va ravnaqi to‘g‘risida 71-son 2 –to’plam May 2025 Sahifa: 383 Ustozlar uchun pedagoglar.org guvohlik beruvchi birlamchi manbalar,bu arxeologik topilmalar, me’moriy obidalar, tarixiy buyumlar, ashyolar, etnografik ma’lumotlar, yozma manbalar, arxiv hujjatlari va boshqa turdagi moddiy va ma’naviy meros yodgorliklaridir. Tarixga nazar tashlasak, dastlab arxiv hujjatlari hukmdor saroylari, kutubxona, mulkdor shaxs uylarida, turli ustaxona, savdo tashkilotlari, o‘quv dargohida saqlangan bo’lsa, keyingi davrlarda, avniqsa o‘rta asrlardan boshlab, ko‘p hududlarda qimmatli ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan hujjatlar uchun maxsus binolar - arxivlar qurilgan va ularning faolivati bilan bog‘liq ma’lum qoidalar ishlab chiqilgan. Xozirgi davrga kelib arxiv hujjatlari nafaqat davlat boshqaruvi idoralari tegishli. halki butun xalq mulki ekani jamiyatda e’tirof etiladi va ulardan keng omma foydalanishiga imkoniyatlar yaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi 1958-yilda tashkil topgan. O‘ZRMDAning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - arxiv yo‘nalishi bo‘yicha hujjatlarni jamlash; -arxivning hisobga olish tizimi va ilmiy ma’lumot apparatini rivojlantirish va takomillashtirish; - arxivda saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi jamg‘armasi hujjatlari saqlovini ta’minlash; -arxivning axborot bazasini kengaytirish; - hujjatlardan foydalanish va ularni nashr qilishni tashkillashtirish; -arxivshunoslik, arxeografiya, hujjatshunoslik sohalarida ilmiy-uslubiy amaliy yordam ko‘rsatish. O‘zbekiston Respublikasi MDA tomonidan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi: hujjatlarni tartibga solish, ilmiy-texnikaviy qayta ishlash va ularni kelgusida saqlash uchun arxivga topshirish uchun tayyorlash; tashkilotlar, korxonalarning bayram sanalari haqida, hamda atoqli shaxslarning yubiley sanasi tashabbus axborotini tayyorlash; radio va teleko‘rsatuvlarni tayyorlash; ekskursiyalarni o‘tkazish; ko‘rgazmalarni tashki etish; 71-son 2 –to’plam May 2025 Sahifa: 384 Ustozlar uchun pedagoglar.org fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy so‘rovlarini bajarish; jismoniy va huquqiy shaxslarning mavzuli so‘rovlarini bajarish va hujjatlarini aniqlash; ish yuritish va arxivshunoslik muammolari bo‘yicha ilmiy ishlarni tayyorlash va chop etish; arxiv hujjatlarining to‘plamini nashr etish; arxiv hujjatlaridan nusxalarni va ko‘chirmalarni berish; arxiv hujjatlarini raqamlashtirish; arxiv ishi bo‘yicha seminarlarni, ma’ruzalarni o‘tkazish; arxiv ishi bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tkazish; O‘zRMAFni saqlovchi muassasa sifatida 2003-yil 22 yanvarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan. O‘zR MDA eng katta arxiv muassasasi hisoblanadi. Ushbu arxivda 2867 ta fond, 5141 ta yig‘ma jildlar ro‘yxati, 1 mln. 600 mingdan ortiq yig‘ma jild, 18 ta hujjat saqlovxonasi, XIII asrdan (ma’lumotlarning eng qadimiysi IX asrga tegishli) bugungi kunga qadar bolgan hujjatlar saqlanib kelimoqda. Ularni 167 mingdan ortiq saqlov birligi va 15 mln. dan ortiq kadrdan iborat sug‘urta nusxalari tashkil etadi. O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivi 1943-yil 18 martda Toshkent shahrida kino, surat, ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi tashkil topgan. Ushbu arxivda O‘zbekiston va Turkiston o‘lkasining XIX asrning 60 -yillaridan to hozirgi vaqtgacha bo‘lgan tarixiy noyob hujjatlari yig‘ilgan va saqlanib kelmoqda. Ushbu arxivda arxiv hujjallari umumiy hisobda 273,000 (ikki vuz yetmish uch ming) saqlov birligini tashkil etadi. Shulardan 19,257 saqlov birligi kinohujjatlar, 238,652 saqlov birligidagisi su’ratli hujjatlar, 15,185 saqlov birligidagisi ovozli hujjatlarni tashkil etadi. Ushbu arxivda badiiy ovozli hujjatlar O‘zbekiston va chet el kompozitorlari asarlari, xalq musiqalari, she’riy, nasriy va drammatik asarlar, taniqli qo‘shiqchilarning chiqishlari, xalq ijrochilari, respublika musiqa kolleksiyalari, jumladan Tamara Xonim, F.Baratova, M.Turg‘unboeva, N.Axmedova, T.Qodirov, M.Uzokov, Y.Rajabiy va boshqa ovozli yozuvlardan iborat. Arxivda fond va yig‘ma jild tushunchalari ishlatilmaydi, yani har bir hujjat alohida saqlov birligida va alohida arxiv raqami bilan hisobga olinadi. Bu arxivda saqlanayotgan 71-son 2 –to’plam May 2025 Sahifa: 385 Ustozlar uchun pedagoglar.org manbalar O‘zbekiston tarixining turli davrlarini aks ettirishi bilan birga, ular yordamida o‘zbek xalqining ma’naviy va ma’rifiy taraqqiyotin
Доказательный фрагмент
«This article provides information about the archives and their types in Uzbekistan, as well as the central state archive of the Republic of Uzbekistan, the National Archive of Kinofotofono documents of Uzbekistan, the…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about the archives and their types in Uzbekistan, as well as the central state archive of the Republic of Uzbekistan, the National Archive of Kinofotofono documents of Uzbekistan, the… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- archive, film and photographic documents, medical documents, tibbiyot hujjatlari, kinofotofono hujjatlar, arxivning vazifalari., arxiv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026