Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DIN VA DUNYOVIY MUNOSABATLAR: QONUNCHILIK, AMALIYOT VA JAMIYATDAGI O’RNI
Mamajonova Sarvinoz Abrorjon qizi.
Для учителей · 2025
Аннотация
В Республике Узбекистан поддержание баланса между религиозными и светскими отношениями имеет важное значение для социальной и политической системы страны. Эта статья анализирует связи между принципами религии и светскости в Узбекистане, исследуя существующее положение в законодательстве и практике. В статье рассматриваются религиозная свобода в стране, принципы разделения церкви и государства, а также проблемы и возможности применения этих принципов на практике. Также анализируются политика религиозной терпимости в Узбекистане, деятельность религиозных организаций и религиозные взгляды общества. Ключевые слова: Узбекистан, религия и светскость, законодательство, религиозная свобода, религиозная терпимость, церковь и государство, религиозные организации, общество, социальная система, религиозные взгляды. Kirish: O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, din va dunyoviy munosabatlar sohasida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Mamlakatda diniy erkinlik va davlatning diniy faoliyatga aralashmaslik prinsiplarini joriy etish, ijtimoiy va siyosiy tizimda diniy va dunyoviy qadriyatlarning uyg‘unlashishini ta'minlashga qaratilgan. O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlari, davlat va dinning ajratilishi prinsipini kafolatlaydi, ammo amaliyotda bu prinsiplar ba'zan ijtimoiy va siyosiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Maqolaning maqsadi, O‘zbekiston Respublikasida din va dunyoviy munosabatlarning qonunchilikda qanday ifodalanganini va jamiyatdagi amaliy holatlarni tahlil qilishdir. Davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar, diniy bag‘rikenglik va diniy tashkilotlar faoliyatini o‘rganish, ushbu munosabatlarning ijtimoiy rivojlanishdagi o‘rni va ta'sirini ko‘rsatish lozim. Shuningdek, globalizatsiya, diniy ekstremizm va radikalizmning oldini olish, diniy erkinlikni ta'minlashdagi qiyinchiliklar ham muhokama qilinadi. 1. Din va dunyoviylik: qonunchilikdagi o‘rni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega” deb belgilangan. Bu norma, O‘zbekistonning dunyoviy davlat 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 80 Ustozlar uchun pedagoglar.org ekanligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, Konstitutsiyada din davlatdan ajratilganligi, diniy tashkilotlarning siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangani aniq ko‘rsatilgan. 1998-yilda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun — O‘zbekistonda din va davlat munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi. Bu qonunda diniy tashkilotlarning ro‘yxatga olinishi, faoliyati, diniy ta'limot tarqatish tartibi qat’iy belgilangan. Shu bilan birga, noqonuniy diniy tashkilotlar, radikal g‘oyalarning tarqalishiga qarshi kurashish mexanizmlari ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, diniy adabiyotlar, diniy kiyimlar, diniy marosimlarni o‘tkazish ham davlat tomonidan tartibga solinadi. Masalan, diniy adabiyotlarni tarqatish faqat Davlat Din ishlari qo‘mitasi roziligi bilan amalga oshiriladi. Shu orqali davlat diniy masalalarda ijtimoiy barqarorlikni saqlashga intiladi. 2. Diniy bag‘rikenglik va tolerantlik siyosati O‘zbekiston — ko‘p millatli va ko‘p dinli davlat bo‘lib, bu holat mamlakatning diniy siyosatida bag‘rikenglik va murosaga asoslangan yondashuvni talab qiladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 16 dan ortiq diniy konfessiyalar faoliyat yuritmoqda. Ular orasida musulmonlar, pravoslavlar, katoliklar, protestantlar, yahudiylar, buddistlar va boshqa guruhlar mavjud. Bag‘rikenglik siyosati faqat qonun bilan emas, balki amaliy dasturlar orqali ham qo‘llab-quvvatlanmoqda. Masalan, 2018-yildan boshlab “Ma'naviyat va ma’rifat” markazlari faoliyati kengaytirilib, aholiga turli dinlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlar yetkazilmoqda. Bu tashabbuslar orqali jaholatga qarshi ma’rifat yondoshuvi kuchaytirilmoqda. Shuningdek, respublikada turli diniy tashkilotlar ishtirokida umumxalq tadbirlari, xalqaro forumlar va anjumanlar o‘tkaziladi. Masalan, Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Diniy bag‘rikenglik – tinchlik va barqarorlik garovi” forumi xalqaro miqyosda e’tirof etildi. 3. Diniy tashkilotlarning faoliyati va jamiyatdagi o‘rni Bugungi kunda O‘zbekistonda 2500 dan ortiq diniy tashkilotlar faoliyat yuritmoqda, ularning katta qismini Musulmonlar idorasi vakolatxonalari tashkil etadi. Diniy tashkilotlar asosan diniy marosimlar, jamoat tarbiyasi, ta’lim-tarbiya ishlari, xayriya tadbirlari bilan shug‘ullanadi. 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 81 Ustozlar uchun pedagoglar.org Imomlar va ruhoniylarning jamiyatdagi o‘rni nafaqat diniy jihatdan, balki ma’naviy, axloqiy tarbiya berishda ham muhim ahamiyatga ega. Imomlar oilaviy muammolarni hal qilishda, yoshlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishda, jinoyatchilikning oldini olishda ham faol ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, diniy tashkilotlar tomonidan Qur'on musobaqalari, diniy kitoblar nashri, onlayn diniy darslar, islomiy etika bo‘yicha seminarlar, xayriya dasturlari tashkil etilmoqda. Bular
Доказательный фрагмент
«В Республике Узбекистан поддержание баланса между религиозными и светскими отношениями имеет важное значение для социальной и политической системы страны.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ Республике Узбекистан поддержание баланса между религиозными и светскими отношениями имеет важное значение для социальной и политической системы страны. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Uzbekistan, religion and secularism, legislation, religious freedom, ijtimoiy tizim, O’zbekiston, diniy erkinlik, jamiyat, diniy tashkilotlar, davlat va din, qonunchilik, diniy bag’rikenglik, diniy qarashlar., din va dunyoviylik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025