Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“MUSIQA VA SAN’AT FANLARINI BOSHQA FANLAR BILAN INTEGRATSIYALASHGAN HOLDA O‘QITISHNING TA’LIMDAGI O‘RNI”
Kurbanov Baxtiyor Baxodirovich
Для учителей · 2008
Аннотация
Ushbu maqolada yosh avlodni har tomonlama rivojlangan, komil va yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllanishida musiqa va san’atning o‘rni beqiyos ekanligi, buning uchun esa musiqa va san’at yo’nalishidagi darslarni qiziqarli va mazmunli o‘tishda fanlararo integratsiyalashuvini kuchaytirish lozimligi haqida fikr boradi. Kalit so’zlar: ta’lim, integratsiya, estetik tarbiya, strategiya, ijtimoiy soha, inventar, ko’pfanli yondashuv Ma`lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida”gi pq-910 son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 20 noyabrdagi “Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016 — 2020 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2435-son qarorlarini amalga oshirilishi natijasida respublikamizning barcha hududlarida zamonaviy o‘quv uskunalari va musiqa asboblari bilan jihozlangan 320 dan ortiq bolalar musiqa va san’at maktablari ishga tushirildi. 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarini insoniyat qadim – qadimdan kuy va qo‘shiqni insonni ezgulik, yaxshilik kabi fazilatlar olamiga yetaklaydigan, insonga najot va taskin beruvchi, uni darddan, iztiroblardan halos qiluvchi, inson qalbini to‘g‘ri yo‘lga chorlaydigan: – xudbinlik, xiyonotkorlik, yovuzlik, ikki yuzlamachilik, yolg‘onchilik, xasadgo‘ylik, takabburlik, buzg‘unchilik, qo‘ying-ki barcha shaytonniy illatlardan insonlarni asraydigan qudrat deb tan olingan. Kuy va qo‘shiq tarbiya manbai bo‘lib, inson odobi, axloqi, sharm, ibo va hayosini tarbiyalaydi, millatning 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 119 Ustozlar uchun pedagoglar.org qiyofasi, ruhiyati va shakl-u shamoyilini belgilaydi, deb qaralgan . Musiqiy madaniyat xalq ma'naviy dunyosining ajralmas qismi bo'lib, uning ma'naviy ehtiyojini barcha davrlarda qondirgan va har doim hamdard bo'lgan, beminnat xizmat qilgan. Zero, bugungi mustaqillik davrimizda ham o'zining ma'naviy burchini muqaddas bilib, xalqimizga xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham musiqa madaniyatimiz bugungi kunning ulkan ijod maydoniga aylandi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy “Kuy, qo‘shiq ilhombaxsh, shifobaxsh hamda hayotbaxsh kuch” deb ta’kidlagan. Mashhur rus olim – pedagoglardan D.B.Kobalevskiy: “Musiqa tarbiyasi – bu faqat insonnni musiqachi qilib tarbiyalash emas, eng avvalo, yosh murg‘ak bola, so‘ngra shaxsni barkamol xislat va fazilatlar bilan kamol toptirish vazifasini o‘z burchi deb biladi. Musiqa san’atining o‘ziga xos xususiyati uning tovushlar obrazi orqali kishilarning ichki dunyosini, his-tuyg‘ularni, fikr va kayfiyatlarini ifodalay olishdadir. Musiqa san’atining har xil vaziyatlari orqali ayniqsa, kishining his-tuyg‘ulariga chuqur ta’sir etadi. Uni tushunishda badiiy asarlarning mazmunini ongli idrok etish bilan bir qatorda emotsional ruhiy idrok etish qobiliyatiga ega bo‘lish ham muhim rol o‘ynaydi. Bilamiz-ki, musiqa asari ham ongli, ham hissiy idrok etilgandagina tinglovchilarda chuqur tassurot qoldiradi, estetik kechinma paydo bo‘ladi. Shu o‘rinda buyuk sharq mutafakkiri Abu Nasr Forobiyning musiqa ilmini keltirib chiqargan sabablar haqidagi fikrlarinini qayd etish maqsadga muvofiqdir, -“Men tasdiqlayman-ki, substansiya harakatiga ega bo‘lgandan so‘ng, ovozga ham ega bo‘ldi va bu ovoz uch turga bo‘linadi; xususan, baland, past va o‘rtacha. Ovozlar to‘g‘risidagi ilm shu ma’noda foydali-ki, u o‘z muvozanatini yo‘qotgan (odamlar) xulqini tartibga keltiradi va muvozanatda bo‘lgan (odamlar) xulqining muvozanatini saqlab turadi. Bu ilm tananing salomatligini uchun ham foydalidir”. Bu turli fanlar va bilim sohalarini birlashtirish orqali o'quv jarayonini samarali va mazmunli qilish usulidir. Ushbu usul o'quvchilarga yanada kengroq va chuqurroq bilim olish imkonini beradi, shuningdek, turli ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Aynan shu sababli ham musiqa va san’at fanlarini boshqa fanlar bilan integratsiyalashgan holda o’qitish muhim. Zamonaviy ta’lim tizimi fanlararo integratsiyani zarurat sifatida ilgari surmoqda. Xususan, musiqa va san’at fanlari o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, madaniy 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 120 Ustozlar uchun pedagoglar.org merosni anglash hamda boshqa fanlardagi bilimlarni mustahkamlash vositasidir. Shu sababli, bu fanlarning boshqa o‘quv predmetlari bilan uyg‘unlashuvi o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi. O’zi “integratsiya nima?” degan savolga qisqacha javob bersak. Integratsiya tushunchasi N.I.Kondakovning mantiqiy lug‘at ma’lumotnomasida shunday talqin qilingan: “Integratsiya – har qanday qismlar, elementlarning yaxlitligi sifatida birlashishidir”. Falsafiy lug‘atda quyidagi ta’rif berilgan: “Integratsiya – rivojlanish jarayonining bir tomoni. Oldin bir-biriga o'xshash bo'l
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada yosh avlodni har tomonlama rivojlangan, komil va yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllanishida musiqa va san’atning o‘rni beqiyos ekanligi, buning uchun esa musiqa va san’at yo’nalishidagi darslarni qiziqa…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada yosh avlodni har tomonlama rivojlangan, komil va yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllanishida musiqa va san’atning o‘rni beqiyos ekanligi, buning uchun esa musiqa va san’at yo’nalishidagi darslarni qiziqa… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- strategiya, ta’lim, estetik tarbiya, inventar, ijtimoiy soha, ko’pfanli yondashuv, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025