Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SOVET TARIXSHUNOSLIGIDA OKTYABR INQILOBINING TALQINI
Qobilov Javohir Ma’rufjon o‘g‘li · Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakulteti
Для учителей · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston mustaqilligi davrida yaratilgan yangi avlod tarix darsliklarida tarixshunoslik asoslarining aks etishi, ularning mazmun- mohiyati va metodologik yondashuvlari tahlil qilinadi. Mustaqillik yillarida tarix fani bo‘yicha ta’lim mazmunining tubdan yangilanishi, sobiq mafkuraviy yondashuvlardan voz kechilib, milliy ruhdagi, manbashunoslikka asoslangan darsliklar ishlab chiqilishi ushbu ilmiy ishning asosiy e’tibor markazida turadi. Kirish. Istiqlol yillarida O'zbekistonda tarix fani katta o'zgarishlarga yuz tutdi. Sovet mafkurasi to'laligicha va qat’iyan rad etilib, ko'p omilli metodologik yondashuvlarga jiddiy e’tibor qaratildi. Milliy istiqlol g'oyasiga asoslangan yangi metodologik yondashuvlar paydo bo'ldi. Ilm-fanning muammoli sohalariga shu kungacha o'rganilmagan mavzular kirib keldi, ko'plab tarixiy voqealarga yangicha izohlar berila boshlandi, yangicha ta’lim standartlari, dasturlar, darslik va o'quv qo'llanmalar ishlab chiqildi. Mustaqillik O'zbekiston xalqi tarixini xolisona o'rganish imkonini berdi. Bu omil tarixni mafkuraviy aqidalar, bir tomonlama noxolisona yondashuvlar ta’siridan xalos etish, tarixiy voqea-hodisalar qanday sodir bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha tadqiq etish va undan to'g'ri xulosa chiqarish uchun asos bo'ldi. Inson o‘z tarixini o‘rganish, bilish orqali kishilik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlari, taraqqiyotining bosqichlarim, jamiyatning inqirozli holatga tushish sabablan va bu holatdan chiqish yo‘lidagi tajribalarini tushunib oladi, o‘tmish saboqlaridan xulosa chiqaradi va kelajakda to‘g‘ri yoidan borish lozimligini anglab yetadi Shu jihatdan, tarix fani tarixiy jarayonlarning qonuniyatlari va an’analarini tushunib yetishga, hozirgi zamonni to‘g‘ri anglab kelajakni asosli ravishda ko‘ra bilishga ko‘maklashuvchi ilm manbaidir. Har bir mamlakat, har bir xalq o'zining uzoq va betakror tarixiga ega. O'zbek davlatchilik tajribasi ham boy va qadimiy. Mamlakatimizning 1991 -yildan keyingi mustaqillik davri xalqimiz qadimiy tarixining uzviy qismi hisoblanadi. Chunki aynan shu tarixiy sanadan o'zbek xalqining davlatchilik tarixi yangi bir bosqichga kirdi. Mazkur davr Vatanimiz tarixiga tub ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-madaniy o'zgarishlar, asriy orzularimizning ro'yobi, buyuk kelajak va farovonlik jamiyatni qurish davri “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” deb ataladigan bo'lib kirdi. Hayotimiz va tafakkurimizda ro'y berayotgan o'zgarishlami tahlil qilish, erishilgan yutuqlar va muammolarimizdan to'g'ri xulosa chiqarish tarixiy zaruratga aylandi. Mustaqillik yillaridan soʻng yurtimiz tarixi “Oʻzbekistonning eng https://scientific-jl.com 2 9 8 60-son_2-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali yangi tarixi” degan nom ostida yuritilmiqda. Bu davr mustabid sovet tuzumining inqirozi boshlangan XX-asrning 80-yillari oxiridan boshlab to bugungi kunga qadar mamlakatimizda kechgan tarixiy jarayonlar tashkil etadi. Yurtimizning istiqlolga erishish arafasidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy holati, mustaqillikni qo'lga kiritish jarayonlari, mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti va rivojlanish bosqichlari, istiqlol yillarida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalardagi o'zgarishlar, xalqaro maydondagi o'rni va mavqei, tashqi siyosatda, ayniqsa, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib borgan siyosati, O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov hamda bugungi Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan islohotlar va ulaming natijalari asosida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, respublikada millatlararo va umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga yaratilayotgan imkoniyatlar mazkur fanning o'rganish va tahlil qilish masalalari oldimizda turadi. Milliy istiqlol o'zbek xalqining asriy orzusi, armoni edi. Bu yo'lda minglab Vatan fidoyilan azizjonlarini qurbon qildilar. Milliy mustaqillikning qo'lga kiritilishi katta yutuq, uning qadriga yetish, mustahkamlash, asrab avaylash mushkul va mas’uliyatli vazifa. Har qanday mamlakatning qudrati, uning milliy mustaqilligi davlat chegaralarining daxlsizligi, o'sha mamlakat fuqarolarining o'z yurtiga mehrmuhabbat bilan tarbiya topgani, Vatan mustaqilligi va milliy istiqlol uchun kurashda zarur bo‘lsa jonini fido qilishga ham tayyor bo‘lishdek oliyjanob fazilatlarga ega bo'lishlariga bog'liq. Bu fazilatlami xalq, yurt kelajagi - yoshlar ongida shakllantirish ushbu fanning vazifasi hisoblanadi. Yangi davr tarixini o‘ziga xosligi shundan iboratki, bu davr tarixi darsliklarida xalqimiz uchun ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar majmuasidir. Bu davr darsliklari barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bog'liq holda o‘rganiladi. Insoniyat hayotining ma’no-mazmuni va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqida fikr yuritganda, falsafa, davlat qurilishi va jamiyatni boshqarish masalalarida politologiya, iqtisodiy hayotni yoritishda iqtisodiyot nazariyasi, xalqimizning turmush tarzi, tili va mill
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekiston mustaqilligi davrida yaratilgan yangi avlod tarix darsliklarida tarixshunoslik asoslarining aks etishi, ularning mazmun- mohiyati va metodologik yondashuvlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekiston mustaqilligi davrida yaratilgan yangi avlod tarix darsliklarida tarixshunoslik asoslarining aks etishi, ularning mazmun- mohiyati va metodologik yondashuvlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- u siyosiy buyurtma asosida yozilgan tarixiy manbalar bilan to‘la., Oktyabr inqilobi XX asrning eng muhim siyosiy voqealaridan biri hisoblanadi. Sovet Ittifoqi davrida ushbu inqilobga berilgan tarixiy baho mafkuraviy nuqtai nazardan yondashilgan bo‘lib
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026