Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAGNOLIYASIMONLAR SINFI (MAGNOLIOPSIDA) GA KIRUVCHI BA’ZI DORIVOR O‘SIMLIKLARNING BOTANIK TAVSIFI VA MASHG‘ULOT JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING AHAMIYATI
Xo‘janazarov O‘ktam Eshtemirovich · Ro‘ziyeva Nazira Ochilovna · Jo’rayeva Jasmina Javlon qizi · Hamraqulova Dilrux Mansurovna
Для учителей · 2025
Аннотация
В статье даны подробные сведения о классе Magnoliaceae, занимающем особое место в систематике цветковых растений, и его представителе — порядке Magnolia. Этот порядок является одним из древних представителей покрытосеменных (цветковых растений), сохранившим свои основные признаки. Магнолии в основном распространены в тропических и субтропических регионах, большинство из которых — вечнозеленые или листопадные деревья и кустарники. В статье рассматриваются их морфологическое и анатомическое строение, экологические адаптации, способы размножения и практическое значение. В статье также уделено особое внимание экологическому значению магнолий. Они играют важную роль в поддержании равновесия природной экосистемы, вырабатывая кислород, укрепляя почву и привлекая опылителей. В статье также отражены новые педагогические технологии. Ключевые слова: Magnolia, семейство, род, вид, ископаемый вид, морфологическая структура, экология, лекарственные растения, декоративное дерево, ботаника, систематика растений. Kirish. Magnoliyalar tartibiga (Magnoliales) faqat daraxt va buta shakllari mansub. Barglari ketma-ket joylashgan, ular oddiy, yaproqlari butun, patsimon tomirlangan. Poyalarida traxeidlardan tashqari shotisimon yoki oddiy perforastiyali naylar bor. Ko’pchilik vakillarida asosan poya va barglarning parenxima to’qimalarda yoki shira hujayralari bor. Gullari to’p gullarda joylashgan yoki ular yakka-yakka yoki ikki jinsli, 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 213 Ustozlar uchun pedagoglar.org entomofil. Changchilari ko’p, yapaloq-tasmasimon. Chang donachalari erkin, ikki hujayrali, genetsiylari apokarp, ko’p (cheksiz) urug’chili, ba’zida urug’chi bitta meva bargdan iborat. Urug’larning murtagi mayda, ser endospermli. Magnoliyadoshlar oilasi (Magnoliaceae). Oilaning 12 turkumga mansub 340 ga yaqin turi asosan Janubiy– Sharqiy Osiyo va Shimoliy Amerikaning tropik va subtropik o‘lkalarda tarqalgan. Ularning ko‘pchiligi daraxt va buta o‘simliklardir. Barglari oddiy, novdada ketma–ket joylashgan. Ayrim o‘simliklarning ikkilamchi o‘tkazuvchi naychalari o‘rnida ochiq urug‘lilar kabi teshikchalar bilan o‘ralgan traxeidlar bo‘ladi. Gullari ko‘pincha ikki jinsli, aktinomorf bo‘lib, gul o‘rni cho‘ziq. Gul qismlari spiral joylashgan, hasharotlar yordamida changlanadi. Changchi va urug‘chisi cheksiz, mevasi ko‘p urug‘li bargak meva. Magnoliya – Magnoliaceae oilasining Magnolioideae oilachasiga mansub gullaydigan o‘simliklarning 210 dan 340 tagacha turini o‘z ichiga olgan yirik turkumdir. U fransuz botanigi Per Magnol nomi bilan atalgan. Magnoliya qadimiy turkum hisoblanadi. Magnolia acuminata turiga oid toshqotgan namunalar 20 million yil oldin mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi. Umuman olganda, Magnoliaceae oilasiga oid o‘simliklarning toshqotganlari 95 million yil avvalgi davrga taalluqli. Magnoliya turlarining tabiiy tarqalgan hududi uzilgan shaklda bo‘lib, asosiy markazi Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, ikkinchi markazi esa Sharqiy-shimoliy Amerika, Markaziy Amerika, Karib orollari va Janubiy Amerikaning baʼzi hududlarida joylashgan. Magnolia qadimiy turkum hisoblanadi. M. acuminata turiga mansub qazilma namunalar 20 million yil oldingi davrga tegishlidir. Nazariy tahlil va metodlar. Magnolia grandiflora – bu doim yashil, yirik gullarga ega bo‘lgan chiroyli daraxt bo‘lib, asosan issiq va nam iqlimli hududlarda o‘sadi. U Magnoliya turkumiga kiradi va o‘zining katta oq gullari bilan ajralib turadi. Gullari 20–30 santimetrgacha yetadi va yoqimli hid taratadi. Magnolia grandiflora tabiiy holda AQSh ning janubiy shtatlarida, xususan Florida va Texasda uchraydi, biroq bugungi kunda uni butun dunyo bo‘ylab bog‘ va xiyobonlarda manzarali daraxt sifatida keng ekishadi. Uning balandligi 30 metrgacha yetishi mumkin bo‘lgan kuchli tanali daraxt bo‘lib, barglari yirik, ustki tomoni yaltiroq yashil, pastki tomoni esa jigar rangli tukli bo‘ladi. Bu daraxt quyoshni yaxshi ko‘radi va unumdor, nam tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Magnolia grandiflora nafaqat 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 214 Ustozlar uchun pedagoglar.org chiroyli ko‘rinishi, balki o‘zining muhim ramziy ahamiyati bilan ham mashhur — masalan, u AQSh ning Missisipi shtatining rasmiy guli va daraxti hisoblanadi. Bu magnoliya turi odatda bahor oxiri yoki yoz boshida gullaydi, lekin iliq iqlimda yil davomida gullashi ham mumkin. Uning xushbo‘y gullari ko‘plab hasharotlarni, ayniqsa changlatuvchilarni o‘ziga jalb qiladi. Magnolia grandiflora o‘zining go‘zalligi, chidamliligi va qadimiy tarixga ega bo‘lganligi sababli ko‘plab bog‘bonlar va tabiat ishqibozlari orasida qadrlanadi (1-rasm) [1,2]. Liriodendron tulipifera - Lola daraxti Shimoliy Amerikaning sharqida tabiiy ravishda o‘sadigan magnoliyadoshlar oilasining baland bo‘yli daraxti. Tez o‘sadigan, daraxtning o‘rtacha balandligi 25–36 m ni tashkil qiladi. Barglari oddiy, tukli, uzunligi 12– 20 sm, keng, och yashil yoki yashil bo‘ladi. Barglarning shakli biroz g‘ayri oddiy bo‘lib, biroz lola guliga o‘xshaydi. Gullar uzunligi taxminan 6 sm, oc
Доказательный фрагмент
«В статье даны подробные сведения о классе Magnoliaceae, занимающем особое место в систематике цветковых растений, и его представителе — порядке Magnolia.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье даны подробные сведения о классе Magnoliaceae, занимающем особое место в систематике цветковых растений, и его представителе — порядке Magnolia. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Magnolia, family, genus, species, fossil species, morphological, tur, manzarali daraxt, turkum, Magnoliya, oila, o‘simliklar sistematikasi., ekologiya, morfologik tuzilish, dorivor o‘simliklar, qazilma tur, botanika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026