К содержанию
РецензированоUZ2025

“INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING TA’LIM SOHASIGA KIRIB KELISHI VA XORIJIY TILLARNI O’QITISHDAGI AHAMIYATI”

Ikromova Durdonaxon Ilhomjon qizi · Anarkulova Zubayda

Для учителей · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada innovatsion texnologiyalarning ta’lim tizimiga kirib kelishi va ularning ayniqsa xorijiy tillarni o’qitish jarayonidagi o’rni yoritib berilgan. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, onlayn platformalar, interaktiv dasturlar va mobil ilovalar xorijiy tillarni o’rganish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Maqolada bu texnologiyalar orqali o’quvchilarning til ko’nikmalarini- eshitish, o’qish, yozish va so’zlashish- qanday rivojlantirish mumkinligini tahlil qilingan. Shunigdek, innovatsion yondashuvlar o’qituvchilarning dars jarayonini yanada samarali tashkil etishida tutgan o’rni haqida ham fikr yuritilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan uyg’unlashirish xoriiy til o’rgatishda muhim kalit ekanini ko’rsatadi. Kalit so’zlar: Innovatsion texnologiyalar, sun’iy intellekt, xorijiy til Kirish. Zamonaviy axborot texnologiyalari hayotimizning barcha jabhalarida, xususan ta’lim sohasida keng qo‘llanilmoqda. Ta’lim tizimining raqamlashtirilishi va innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi an’anaviy o‘qitish uslublarini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Ayniqsa, xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida bu texnologiyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Onlayn platformalar, multimedia vositalari, sun’iy intellekt yordamchilari va mobil ilovalar orqali o‘quvchilar til o‘rganishni interaktiv, tezkor va shaxsiylashtirilgan tarzda amalga oshira oladilar. Ushbu kirishuv jarayonida ta’limning sifat va samaradorligi oshib, o‘quvchilarda mustaqil o‘rganish ko‘nikmalari shakllanadi. Shu sababli, innovatsion texnologiyalarning xorijiy tillarni o‘qitishdagi o‘rni va 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 232 Ustozlar uchun pedagoglar.org ahamiyatini chuqur o‘rganish bugungi kun ta’limchilari oldidagi dolzarb vazifalardan biridir. Ta'lim tizimida innovatsiya orqali imkon qadar eng yuqori natijaga erishish ko'zda tutiladi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o'zgaruvchan mexanizmga ega bo'lishi zarur. Barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'limda ham "innovatsiya" tushunchasi "novatsiya", "innovatsiya" hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat sifatida talqin qilinadi. Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo'lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o’zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma'lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o'zgartirishga xizmat qilsa, u innovatsiya (yangilik kiritish), deb ataladi. Bugungi globallashuv davrida xorijiy tillarni o'rganish har bir inson uchun zaruratga aylanmoqda. Ayniqsa, ingliz tili - xalqaro aloqa vositasi sifatida nafaqat ta'lim, balki biznes, diplomatiya va texnologiyalar olamida ham muhim o'rin tutmoqda. Innovatsion texnologiyalar - bu ta'lim jarayoniga zamonaviy texnik vositalar, dasturiy platformalar, interaktiv metodlar va yangicha yondashuvlarni tatbiq etishdir. Bu texnologiyalar orqali o' quvchi darsga faol jalb etiladi, axborotni vizual, audio va interaktiv shaklda qabul qiladi, bu esa bilimni samarali o'zlashtirishga olib keladi. Innovatsion texnologiyalar – bu mavjud ta’lim jarayonlarini takomillashtirish va yangicha yondashuv asosida o‘quvchilarning bilim olishini samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi texnologiyalar to‘plamidir. Ular o‘z ichiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, internet resurslari, raqamli platformalar, sun’iy intellekt, mobil ilovalar, virtual haqiqat (VR) va kengaytirilgan haqiqat (AR), gamifikatsiya, hamda interaktiv o‘quv modullarini oladi. Ushbu vositalar ta’lim tizimining deyarli barcha bosqichlarida qo‘llanilmoqda va quyidagi asosiy jihatlar bo‘yicha ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda: 1. Shaxsiylashtirilgan ta’lim imkoniyatlari Innovatsion texnologiyalar har bir o‘quvchining individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda o‘quv materiallarini taklif etadi. Masalan, sun’iy intellekt asosidagi o‘qitish 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 233 Ustozlar uchun pedagoglar.org platformalari o‘quvchining o‘zlashtirish darajasiga qarab mashqlar, testlar va videodarslarni avtomatik tarzda moslashtiradi. Bu esa bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi va ortda qolgan o‘quvchilarning bilim darajasini ko‘tarishga xizmat qiladi. 2. Interaktivlik va darsga qiziqishni oshirish Raqamli doskalar, virtual laboratoriyalar, animatsiyalangan taqdimotlar va o‘yin elementlari (gamifikatsiya) yordamida darslar qiziqarli va jonli o‘tadi. O‘quvchilar faqatgina eshituvchi emas, balki faol ishtirokchiga aylanadi. Bu metodlar ayniqsa yosh avlod vakillarining diqqatini jamlash va motivatsiyasini oshirishda katta ahamiyatga ega. 3. O‘qituvchilarning ishini yengillashtirish Innovatsion texnologiyalar o‘qituvchilarga dars rejalashtirish, test tuzish, baholash va tahlil qilish jarayonlarida katta yordam beradi. Maxsus platformalar yordamida o‘quvchilarning faoliyati avtomatik tarzda tahlil qilinadi, statistik ma’lumotla

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada innovatsion texnologiyalarning ta’lim tizimiga kirib kelishi va ularning ayniqsa xorijiy tillarni o’qitish jarayonidagi o’rni yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada innovatsion texnologiyalarning ta’lim tizimiga kirib kelishi va ularning ayniqsa xorijiy tillarni o’qitish jarayonidagi o’rni yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xorijiy til, sun’iy intellekt, Innovatsion texnologiyalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники