Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIJORAT BANKLARINING QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDAGI FAOLIYATI
Abdullayev Doston Zubaydullo o’g’li
Для учителей · 2025
Аннотация
This article analyzes ways to improve the performance of commercial banks in the securities market. The main factors affecting the efficiency of banks in developing countries, including Uzbekistan, are considered. Issues such as the use of financial technologies, risk management strategies, training of specialists, international cooperation and legal frameworks are analyzed. The results of the study show how Uzbek banks can improve their performance, which will help increase the financial stability and market competitiveness of banks. Kalit so‘zlar: Tijorat banklari, qimmatli qog‘ozlar bozori, moliyaviy texnologiyalar, risklarni boshqarish, mutaxassislarni tayyorlash, xalqaro hamkorlik, huquqiy asoslar. 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 268 Ustozlar uchun pedagoglar.org Keywords: Commercial banks, securities market, financial technologies, risk management, training of specialists, international cooperation, legal frameworks. Kirish: Hozirgi jahon iqtisodiyotida qimmatli qog‘ozlar bozori moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, investisiyalarni rag‘batlantirish va kapitalning samarali taqsimlanishini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ushbu bozorning rivojlanishi iqtisodiy o‘sish va innovasiyalarga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lsa-da, uning rivojlanishiga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatadigan turli xil omillar mavjud. Shuningdek, bugungi kunda banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiradigan barcha operatsiyasidan bosh maqsad – bu foyda olishdir. Shuning uchun barcha banklar qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishdan oldin foyda olishni chuqur tahlil qiladilar. Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 may kuni qabul qilingan “2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmonida, “qimmatli qog‘ozlar bozorida banklarning operatsiyalarini faollashtirish, tijorat banklari tomonidan korporativ obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish hamda boshqa instrumentlar uchun ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish, bir vaqtning o‘zida nazoratni kuchaytirish, banklarning qimmatli qog‘ozlarini xalqaro kapital bozoriga chiqarish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish” lozimligi ko‘rsatib o‘tildi [1]. O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar investitsiya portfelini shakllantirish va uni boshqarishda passiv strategiyaning ikki usulidan xam foydalanadilar. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi vaqtda Respublikamizdagi tijorat banklari tomonidan asoan qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish faoliyati olib borilmoqda. Tijorat banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan agressiv siyosati asosida qimmatli qog‘ozlarning fond bozorida kursi va foiz stavkasini tebranishidan imkoni boricha ko‘p daromad olish yotadi. Lekin shuni ta’kidlash lozimki bunday agressiv siyosatni faqatgina katta miqdordagi investitsiya portfeliga ega bo‘lgan moliyaviy barqaror yirik banklar olib borishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bilan agressiv siyosat oqilona va muvaffaqiyatli olib borish uchun esa bank tegishli analitik imkoniyatga ega bo‘lishi lozim. Bunda fond bozorini hozirgi va kelajakdagi holatiga holisona baxo berish, baxolar o‘zgarishini to‘g‘ri taxmin qilish shart. Biroq, mamlakatimizda banklarning qimmatli 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 269 Ustozlar uchun pedagoglar.org qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini iqtisodiy islohotlarni olib borishdagi ahamiyatini oshirish amaliyotini takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi Horijiy davlatlarning me’yoriy hujjatlarida qimmatli qog‘ozlar «hujjat egasining bunday hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan mulkiy huquqlarini yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi pul hujjati sifatida» ancha qisqa ta’riflanadi. Huquqiy nuqtayi nazardan, an’anaviy tarzda qimmatli qog‘ozlar ancha keng ma’noda ko‘rib chiqiladi – ya’ni bular «mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi». Bu ma’noda qimmatli qog‘ozlarga «quyidagilar kiradi: obligatsiyalar, veksellar, cheklar, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg‘arma daftarchasi, qonosament hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar». Shunday qilib, turli manbalarda, jumladan «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari to‘g‘risida»gi qonun hamda «Fuqarolik kodeksi»dagi qimmatli qog‘ozlarning ta’rifi bir-biridan jiddiy tarzda farq qiladi. Qimmatli qog‘ozlarni bundan ham keng ma’noda ko‘rib chiqish mumkin. Yuqorida tilga olingan hujjatlardan tashqari, yana shunday, qimmatli qog‘ozlarga tegishli bo‘lmasada, lekin, ayrim iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar, deb tan olinayotgan hujjatlar ham mavjud, chunki ular ko‘pgina hozirgi ta’riflarda qimmatli qog‘ozlarning barcha asosiy belgilarini o‘zida mujassamlantiradi. Gap, albatta, pul haqida borayapti.[Shoxa’zamiy 2012 5] 1 ra
Доказательный фрагмент
«This article analyzes ways to improve the performance of commercial banks in the securities market.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes ways to improve the performance of commercial banks in the securities market. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Commercial banks, securities market, financial technologies, risk, xalqaro hamkorlik, moliyaviy texnologiyalar, Tijorat banklari, mutaxassislarni tayyorlash, qimmatli qog‘ozlar bozori, huquqiy asoslar., risklarni boshqarish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026