Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BANKLARNING AKTIV VA PASSIVLARINI BOSHQARISH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH
Atajonov Alisher Nurmotjon o’g’li
Для учителей · 2026
Аннотация
Ushbu tadqiqotning maqsadi banklarning aktiv va passivlarini boshqarish amaliyotini takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan yondashuvlarni o‘rganishdir. Tadqiqotda banklar faoliyatini optimallashtirishda qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlar, xususan, risklarni boshqarish, kapitalni va likvidlikni optimallashtirish usullari, hamda chet el banklarining ilg‘or tajribalari tahlil qilinadi. Banklarning aktiv va passivlarini boshqarishda uchraydigan asosiy muammolar va ularni hal qilish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Kalit so‘zlar : Aktiv, passiv, kapital, tahlil, statistik, matematik modellash, empirik tahlil, risklarni boshqarish, moliyaviy barqarorlikni, tijorat banklari, boshqarish strategiyalari, metod, ilg’or tajriba. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyati samaradorligini toʻxtovsiz oshirib borish jarayonini boshqarish amaliyotini takomillashtirish borasida bir qator dolzarb muammolarning mavjudligi va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishning zarurligi hamda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining dunyo mamlakatlari tijorat banklarining daromad bazasiga kuchli salbiy ta’siri yuzaga kelgan. Bank resurslarini shakllantirish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklarning passiv va aktiv - passiv schetidagi pul mablagʻlarining salmogʻi oshib boradi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol oʻynaydi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur boʻlgan-kredit resurslarini tashkil qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida xalqaro talablar va standartlarni hisobga olgan holda tijorat banklarining aktivlari va passivlarini boshqarish muammolari ortib bormoqda. Ushbu xalqaro koʻrsatkichlarni samarali joriy etish bank faoliyati holatining oʻziga xos xususiyatlarini va ushbu jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va hisobga olishda mumkin. Oʻzbekistonda moliya-bank tizimi faoliyati 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 275 Ustozlar uchun pedagoglar.org samadorligini ta’minlash, banklarda aktiv va passiv operatsiyalarini boshqarish masalasida ijobiy oʻzgarishlarga erishish nuqtai nazaridan kelib chiqib, maqolamizda bankning moliyaviy faoliyatini tashkil etish va boshqarish masalalarini tadqiq etish, uni rivojlanishi bilan bogʻliq shart-sharoitlarni oʻrganish maqolamizning dolzarbligidan dalolat beradi. Tijorat banklarning aktiv va passivlarini boshqarishning zamonaviy vositalarini aniqlanishi va bank amaliyotiga tatbiq etilishi ularning faoliyatini samarali tashkil etish imkoniyatini beradi. Ammo keyingi yillarda bu sohada hali yechilishi lozim boʻlgan masalalar talaygina. Buning asosiy sabablari, xalqaro va mahalliy banklar amaliyotida tijorat banklarning resurslarini boshqarish masalasi yetarlicha oʻrganilmaganligidadir. Bunga qator obyektiv va subyektiv sabablar mavjud. Respublikamiz bank-moliya tizimini isloh qilish va mustahkamlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar banklarning kapitallashuv darajasini oshirish, iqtisodiyotni kreditlash koʻlamini kengaytirish, koʻrsatilayotgan bank xizmatlari turlarini koʻpaytirish va shu bilan birga, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank tizimining rolini oshirishini koʻzda tutilmoqda. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2019 yildagi Sh.Mirziyoyev moʻljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida «...Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo – ular kapitalining asosiy qismi, yaʻni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir. Bu, oʻz navbatida, bank sektorida sogʻlom raqobatga toʻsiq boʻlib, xizmat koʻrsatish sifatiga salbiy taʻsir qilmoqda. Hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari koʻmagida bank-moliya tizimini rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishi lozim. Bunda bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan biz davlat banklari ulushini bosqichma- bosqich kamaytirib boramiz. Bu esa sohada raqobat muhitini yaxshilashga, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama oshirishga xizmat qiladi...» 1 ,- degan dolzarb masalalarni qoʻydi. Bu, oʻz navbatida, tijorat banklari faoliyatidagi holat, ularning aktiv va passivlarini qay darajada samarali boshqarilayotganligini oʻrganish, tahlil qilish va boshqarish usullarini takomillashtirishni taqozo etadi. Soha mutaxassisi tijorat banklarining aktiv va passivlarini boshqarish usullarini mukammal bilagandagina bank faoliyatini samarali boshqara oladi. Bu borada «Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish» fani soha mutaxassislari uchun dasturulamal vazifasini bajaradi. 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 276 Ustozlar uchun pedagoglar.org Adabiyotlar sharhi F.Owusu va A.Alhassan kabi iqtisodchilar Ganadagi 27 ta banklarning 2007-2015 yillar amaliy ma’lumotlari asosida aktiv passivlarni boshqarish bilan foyda o’rtas
Доказательный фрагмент
«Ushbu tadqiqotning maqsadi banklarning aktiv va passivlarini boshqarish amaliyotini takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan yondashuvlarni o‘rganishdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tadqiqotning maqsadi banklarning aktiv va passivlarini boshqarish amaliyotini takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan yondashuvlarni o‘rganishdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kapital, Aktiv, moliyaviy barqarorlikni, ilg’or tajriba., empirik tahlil, passiv, boshqarish strategiyalari, metod, statistik, tijorat banklari, tahlil, matematik modellash, risklarni boshqarish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026