Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA CHET TILINI ÓRGANISHDA IJTIMOIY MULOQOTNING ÓRNI
IJTIMOIY MULOQOTNING ÓRNI · Matqosimova Mohira Erkinbek qizi · Joʻrayeva Gulzebo
Для учителей · 2025
Аннотация
This article analyzes the role of social interaction in the process of learning a foreign language among preschool children. Social communication is highlighted as one of the natural and effective ways of language acquisition, especially through role-playing, group activities, and live conversations. The article also presents practical recommendations, methodological approaches, and techniques. Keywords: preschool education, foreign language, social interaction, child development, language learning, learning through play, pedagogical methodology, teacher's role Kirish: Bugungi globallashuv jarayonida chet tillarini o‘rganish yosh bolalarning intellektual va ijtimoiy rivojlanishida muhim omil bo‘lib oʻrin egallamoqda. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi boʻlgan bolalar uchun til o‘rganish faqat bilim emas, balki ijtimoiy tajriba sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu sababli, ijtimoiy muloqot – bola tilni o‘zlashtirishida asosiy vositalardan biri sanaladi.Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida chet tilini o‘rgatishda ijtimoiy muloqotning, xususan rolli o‘yinlar, guruhli faoliyatlar va jonli suhbatlarning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, samarali metodik yondashuvlar va amaliy tavsiyalar orqali til o‘rganish jarayonini yanada sifatli tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.Bolalarni faqatgina nazariy bilimlar bilan cheklanmagan holatda, ularga ijtimoiy muhit ham yaratib berishlik lozimdir. Hozirgi kunda globallashuv va ta’lim sohasidagi islohotlar maktabgacha yoshdagi bolalarni chet tillariga erta jalb etishni taqozo qilmoqda. Chet tilini erta bosqichda o‘rganish nafaqat bolalarning intellektual salohiyatini oshiradi, balki ularning madaniy saviyasini, dunyoqarashini ham kengaytiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar tilni tabiiy muhitda, o‘yin va muloqot orqali o‘rganishga moyil bo‘lib, bu jarayonda ijtimoiy muloqot muhim o‘rin tutaditutadi.Bu esa bularning oson va sifatli ilm olishiga juda ta'sir koʻrsatad.i Ayniqsa, rolli o‘yinlar, guruhli mashg‘ulotlar va jonli suhbatlar orqali bolalar chet tilini tez va samarali o‘zlashtiradi. Til o‘rganish jarayoni, ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun muloqot asosida tashkil etilganda yanada foydaliroq boʻladi. Chunki bu yoshdagi bolalar 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 250 Ustozlar uchun pedagoglar.org suhbatlashish jarayonida yangi so‘z va iboralarni tabiiy tarzda eslab qoladilar va ularni muloqot jarayonida qo‘llashga harakat qiladilar. Ular bolalarda nafaqat til ko‘nikmalarini, balki ijtimoiy faollik, muloqot madaniyati va jamoada ishlash qobiliyatini ham rivojlantirib beradi. Shuningdek, o‘yin orqali o‘rganish bolaning tilga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi va o‘quv jarayonini tabiiy, majburlovsiz shaklda olib borishga yordam beradi. Bu esa pedagogdan aniq metodik yondashuv, moslashtirilgan materiallar va har bir bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda darsni tashkil etishni talab qiladi. Ismailova N. (2020) o‘zining “Maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini o‘rgatishda kommunikativ yondashuvning o‘rni” nomli maqolasida ta’kidlaydi: “Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun til o‘rganish jarayoni ularning yoshiga mos bo‘lgan interaktiv metodlar asosida tashkil etilishi kerak. Ayniqsa, rolli o‘yinlar, guruhiy mashg‘ulotlar va bolalarni faol muloqotga jalb etuvchi topshiriqlar til o‘zlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Bunday uslublar bolaning nafaqat lug‘at boyligini kengaytiradi, balki ularni nutqiy faollikka ham undaydi.” Olimaning fikriga ko‘ra, bola chet tilini sun’iy muhitda emas, balki real ijtimoiy vaziyatlarga yaqin faoliyatlar orqali o‘zlashtirganida samaradorlik oshadi. Ushbu fikrlar shuni ko‘rsatadiki, til o‘rgatish jarayoni faqat bilim berishga emas, balki bolalarda muloqotga tayyorlik, o‘z fikrini ifoda qilish va boshqalar bilan erkin aloqa o‘rnatishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Shunday ekan, kommunikativ yondashuv va o‘yin asosli metodlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun eng samarali vositalardan biri hisoblanadi.Cameron (2001) o‘zining Teaching Languages to Young Learners nomli ilmiy ishida shunday ta’kidlaydi: “Young learners are enthusiastic and responsive, and they benefit greatly from language learning that includes games, songs, and interactive tasks.” Unga ko‘ra, yosh bolalar faol, his-tuyg‘ularga boy va o‘yin orqali o‘rgatilgan til materiallarini chuqurroq qabul qiladi. Cameron bolalarga chet tilini o‘rgatishda o‘yinlar, qo‘shiqlar va muloqotga asoslangan topshiriqlarni asosiy metod sifatida qo‘llashni tavsiya etadi. U interaktiv uslublar bolaning e’tiborini ushlab turishini, til o‘zlashtirish jarayonini esa zavqli va tabiiy holga aylantirishini qayd etadi. Ushbu yondashuv maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlariga to‘liq mos keladi, chunki ular sezgi, taqlid va harakat orqali o‘rganishga moyil bo‘ladi. Shuningdek, bu metodlar orqali bolalar nafaqat yangi so‘zlarni o‘zlashtiradi, balki tilni ijtimoiy 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 251 Ustozlar uchun pedagoglar.org kontekstda ishlatishga ham odatlanadiPedagogi
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the role of social interaction in the process of learning a foreign language among preschool children.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the role of social interaction in the process of learning a foreign language among preschool children. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- preschool education, foreign language, social interaction, child, til o‘rganish, bola rivojlanishi, chet tili, maktabgacha ta’lim, pedagogik metodika, ijtimoiy muloqot, óqituvchining órni, o‘yin orqali o‘rganish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025