Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONDA YIRIK TIJORAT BANKLARINI XUSUSIYLASHTIRISH ASOSLARI
Fayziyev Hosilbek Alijon o’g’li
Для учителей · 2025
Аннотация
The main goal of the privatization of large commercial banks in the Republic of Uzbekistan is to modernize the banking sector, develop a competitive environment, and improve the quality of financial services. The privatization process is intended to reduce the state's share in the banking system, as well as attract foreign investment and improve the management system of banks. Kalit so’zlar: Bank tizimi, transformatsiya, Fin-tech kompaniyalar, jahon iqtisodiyoti, xususiylashtirish. Keywords: Banking system, transformation, Fin-tech companies, world economy, privatization. Tijorat banklarini xususiylashtirish — bu davlatga qarashli tijorat banklarining aksiyalarini yoki ulushlarini xususiy shaxslar yoki yuridik shaxslarga sotish orqali ularning boshqaruvini va moliyaviy manfaatlarini xususiy sektor vakillariga o'tkazish jarayonidir. Ushbu jarayon mamlakat iqtisodiyotining bozor mexanizmlarini rivojlantirish, raqobatni kuchaytirish va moliyaviy tizimning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Xususiylashtirishning asosiy maqsadlari: 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 289 Ustozlar uchun pedagoglar.org 1. Raqobat muhitini yaratish: Xususiy sektorning faol ishtiroki orqali banklar o'rtasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish mumkin. Bu mijozlarga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga va innovatsion mahsulotlarning joriy etilishiga olib keladi. 2. Resurslarni samarali taqsimlash: Xususiy banklar bozor talablariga tezda moslashib, kapitalni samarali taqsimlash orqali iqtisodiy o'sishni ta'minlaydi. 3. Davlat byudjetiga yuklamani kamaytirish: Davlatga qarashli banklarni xususiylashtirish orqali davlat byudjetiga bo'lgan moliyaviy yuklamani kamaytirish va resurslarni boshqa ijtimoiy sohalarga yo'naltirish mumkin. 4. Xalqaro tajribadan foydalanish: Xususiylashtirish jarayonida xalqaro moliyaviy institutlarning tajribasini joriy etish, shu orqali bank tizimini modernizatsiya qilish va global standartlarga moslashtirish imkoniyati yaratiladi Bugungi jahon iqtisodiyotidagi keskin raqobat barchamizga ma’lum haqiqat. Jamiyat talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni moliyalashtirish amaliyoti ham keskin raqobatdan holi emas. Bunda bank tizimining roli shubhasiz yuqori. Tijorat banklari faoliyati ham biznesga asoslanganligi bois ular samaradorligini ta’minlash masalasi ham nafaqat milliy, balki xorijiy tijorat banklari hamda hukumatlarining doimiy diqqat markazidagi masalalardan biridir. Bunda esa o‘z-o‘zidan bank tizimining transformatsiyasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon iqtisodiyotidagi moliyalashuv va raqamlashuv sharoitida O‘zbekiston milliy bank tizimi transformatsiyasi borasida so‘nggi yillarda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Mazkur masala Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ham doimiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. 2023 yil 20 noyabr kuni bank tizimida transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish ham buni tasdiqlab turibdi. Tahlillarga ko‘ra 2010-yillar davomida moliyaviy texnologiyalarga asoslangan Fin-tech kompaniyalar moliya bozorida o‘z faolliklarini oshirishdi. 2018 yilga kelib jahonda Fin-tech kompaniyalar raqamli amaliyotlar tufayli yuqori samaradorlikka ega ekanliklarini namoyon qila boshladi va ma’lum bir moliyaviy amaliyotlar bo‘yicha tijorat banklariga raqobatlasha boshlashdi. Shunday sharoitda tijorat banklari raqamli transformatsiyasi zarurati kun tartibiga chiqdi. Natijada tijorat banklari tomonidan Fin-tech kompaniyalarni qo‘shib olish yoki moliyaviy texnologiyalarga asoslangan raqamli bank mahsulotlarini joriy etish jahon bozorida keskin rivojlandi. Bunda 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 290 Ustozlar uchun pedagoglar.org bank xizmatlarini global pandemiya sharoitida ko‘rsatish zarurati ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Xorijiy an’anaviy banklarning yuqori sur’atlarda raqamli banklarga transformatsiyasi sharoitida mamlakatimizdagi tijorat banklari transformatsiyasi global raqobatga kirishishda muhimdir. Bunda xususiy banklar transformatsiyasi asosan raqamli transformatsiyaga yo‘naltirilsa, davlat ishtirokidagi tijorat banklari transformatsiyasi ikkita yo‘nalishda tashkil etilishi muhimdir. Bular bank aktivlarida xususiy banklarning ulushini keskin oshirishga erishish va ikkinchi tomondan raqamli transformatsiya amaliyotidir. [ Elmirzayev, 2023. 1] Xususiy sektor banklari davlat sektoridagi banklarga qaraganda ancha rivojlanganligi va yanada samarali ishlashi barchaga ma’lum. Shu sababdan xorijiy investorlar sarmoyalarni davlat banklarga emas, balki xususiy banklariga joylashtirishni afzal ko‘rishadi. Bundan tashqari, davlat banklari odatda xususiy banklariga qaraganda kamroq raqobatbardoshdir. Xususiy banklarning yana bir afzalliklaridan biri bu xodimlarning o‘z ishiga nisbatan ma’suliyatli va jiddiy munosabatda bo‘lishlari operatsion riskni pasaytiradi va bu turdagi banklar minimal risk tushunchasiga amal qilishadi. Fikrimizcha, mamlakat iqtisodiyotida yuz berayotgan salbiy holatlarning asosiy sababi bank sektorida yu
Доказательный фрагмент
«The main goal of the privatization of large commercial banks in the Republic of Uzbekistan is to modernize the banking sector, develop a competitive environment, and improve the quality of financial services.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe main goal of the privatization of large commercial banks in the Republic of Uzbekistan is to modernize the banking sector, develop a competitive environment, and improve the quality of financial services. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Banking system, transformation, Fin-tech companies, world economy, transformatsiya, xususiylashtirish., jahon iqtisodiyoti, Bank tizimi, Fin-tech kompaniyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024