Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONDA YIRIK TIJORAT BANKLARINI XUSUSIYLASHTIRISH MASALALARI
Fayziyev Hosilbek Alijon o’g’li
Для учителей · 2026
Аннотация
Reform and privatization of the banking system in the economy of Uzbekistan is one of the main directions of the state strategy. The privatization process of large commercial banks creates opportunities for the formation of a competitive market in the country, attracting capital and increasing the efficiency of banks. However, this process is associated with such difficulties as long-term economic changes, lack of legal frameworks, and dissatisfaction of social strata. The relevance of the study is that by studying the specific features of privatization in the conditions of Uzbekistan and ways to eliminate them, it is possible to contribute to the stabilization of the country's financial system. Kalit so‘zlar: Xususiylashtirish, tijorat banklari, O‘zbekiston bank tizimi, moliyaviy islohotlar, davlat siyosati, investorlar, raqobatbardosh bozor, qonuniy bazasi, ijtimoiy qabul qilish, post-sovet mamlakatlar, monopoliyaga qarshi choralar, strategik investorlar, aktivlarni baholash, bozor risklari,solishtirma tahlil. Keywords: Privatization, commercial banks, banking system of Uzbekistan, financial reforms, state policy, investors, competitive market, legal framework, social 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 295 Ustozlar uchun pedagoglar.org acceptance, post-Soviet countries, antitrust measures, strategic investors, asset valuation, market risks, comparative analysis. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-martdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-83- son qarorda Davlat ulushiga ega tijorat banklari va korxonalarni transformatsiya qilish va ularni xususiylashtirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish maqsadida: O‘zbekistonning moliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida tijorat banklarini xususiylashtirish muhim strategik yo‘nalish hisoblanadi. Bu jarayon mamlakat iqtisodiyotini liberallashtirish, raqobatbardoshlikni oshirish va xorijiy sarmoya oqimini jalb qilish maqsadlariga xizmat qilmoqda. Quyidagi tahlilda xususiylashtirishning asosiy bosqichlari, muammolar va istiqbollari ilmiy adabiyotlar asosida yoritilgan. 1 – jadval Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining davlat aksiya paketi (ulushi) bo‘yicha aksiyador (ishtirokchi) funksiyasi mavjud tashkilotlar[2023] RO‘YXATI Ulushi, T/r Tashkilot nomi % 1. “Agrobank” ATB 46,3 2. “Asakabank” ATB 88,2 3. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB 82,1 4. “Xalq banki” AT 78,5 5. “Turonbank” ATB 90,1 6. “Qishloqqurilishbank” ATB 23,9 7. “Aloqabank” ATB 54,5 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 296 Ustozlar uchun pedagoglar.org 8. “O‘zmilliy bank” AJ 59,3 9. “Mikrokreditbank” ATB 28,2 10. “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ 37,0 O‘zbekiston davlat banklari 2020-yil may oyida bank sektorini isloh qilish bo‘yicha keng qamrovli strategiya e’lon qilinganidan keyin ko‘proq tijoratga asoslangan biznes modellariga o‘tishda sezilarli yutuqlarga erishdi. Bu haqda Fitch Ratings yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston bo‘yicha konferensiyasida aytib o’tdi. [2024] Ammo sektorning chuqur ildiz otgan tarkibiy zaifliklari va yangi xavflar tufayli keyingi takomillashish uzoqroq vaqt talab qilishi mumkin. Islohotlarning asosiy tayanchlaridan biri biznes modelini o‘zgartirgandan so‘ng davlat banklarining ko‘pchiligini yo‘naltirilgan kreditlashdan voz kechish va tijorat operatsiyalarini rivojlantirish uchun xususiylashtirishdir. 2025-yil oxirigacha kamida uchta bankni xorijiy strategik investorlarga sotish maqsad qilgan edi. Bu nodavlat banklarning sektor aktivlaridagi ulushini 60 foizgacha oshiradi (2023-yil yakunida 32 foiz edi). Islohotlar banklarning korporativ boshqaruvi va risklarni boshqarish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish, prudensial tartibga solishni takomillashtirishni ham o‘z ichiga oladi. Islohotlar e’lon qilinganidan beri hukumat O‘zbekistonning beshinchi yirik banki bo‘lgan “Ipoteka bank”ning nazorat paketini Vengriyadagi OTP Bank’ga sotdi. Biroq yaqinda yana ikkita yirik bank – O‘zbekiston sanoat-qurilish banki va “Asakabank”ni sotish muddati mos ravishda 2024-yil oxiri va 2025-yil oxiriga ko‘chirilgani ma’lum qilindi. Ikki bank hali ham o‘zlarining biznes modellarini o‘zgartirish ustida ishlar olib bormoqdalar va diversifikatsiya qilish harakatlariga qaramasdan, past foizli korporativ kreditlarga sezilarli darajada bog‘liq ekani ma’lum bo’ldi “Aktivlarning sifati yaqin kelajakda O‘zbekiston banklarining ichki kredit layoqatliligini baholashda asosiy omil bo‘lib qoladi. Bizning hisob-kitobimizcha, sektordagi qadrsizlangan kreditlar ulushi 2023-yilda jami kreditlarning 10 foizidan ortig‘iga oshgan va bu yil banklar qolgan muammolarini tan olishda davom etar ekan, bu 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 297 Ustozlar uchun pedagoglar.org yana o‘sishi mumkin. Biz davlat siyosiy banklarini eng zaif deb hisoblaymiz, chunki ular yuqori xavf bilan subsidiyalangan kreditlashda ishtirok etadi”, — deyiladi Fitch Ratings tahlilida. So‘nggi yillarda chakana kreditlashning jadal o‘sis
Доказательный фрагмент
«Reform and privatization of the banking system in the economy of Uzbekistan is one of the main directions of the state strategy.»
Образец извлечения
Демо-превьюReform and privatization of the banking system in the economy of Uzbekistan is one of the main directions of the state strategy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Privatization, commercial banks, banking system of Uzbekistan, aktivlarni baholash, Xususiylashtirish, ijtimoiy qabul qilish, post-sovet mamlakatlar, solishtirma tahlil., davlat siyosati, strategik investorlar, monopoliyaga qarshi choralar, moliyaviy islohotlar, investorlar, raqobatbardosh bozor, bozor risklari, tijorat banklari, O‘zbekiston bank tizimi, qonuniy bazasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026