К содержанию
РецензированоUZ2025

BANK KREDITLARINI BERISH ORQALI AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘LLARI

Ochilov Muhriddin Toshpulat o’g’li

Для учителей · 2025

Аннотация

This article aims to reduce poverty by providing employment to the population through the provision of bank loans, and to organize practical work on reducing poverty in all regions. Keywords: poverty, services, organizational and economic mechanism, concept. ensuring employment of the population, family entrepreneurship, unemployment, bank, population. Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun uy-joy qurilishini va rekonstruktsiya qilishni moliyalashtirish va ipoteka kreditlari berish O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻg'risida», «Bank va banklar faoliyati toʻg'risida», «Ipoteka toʻgʻrisida»gi qonunlari, «Uy-joy qurilishi va uy- joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida>» va «Yosh oilalarni moddiy va ma'naviy qo'llabquvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlari toʻg'risida»gi 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 310 Ustozlar uchun pedagoglar.org O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari hamda banklar faoliyatiga oid boshqa me'yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Ipoteka krediti aholiga va yosh oilalarga kreditlanayotgan koʻchmas mulk obyektini garovga olish orqali uy-joy qurish, uni rekonstruktsiya qilish va sotib olish uchun beriladigan uzoq muddatli kredit, Ipoteka kreditlari jismoniy shaxslarga ularning yashash (roʻyxatdan oʻtgan) joyidagi bank filiali tomonidan shartnoma asosida va qaytarishlik, toʻlovlilik, ta'minlanganlik, maqsadli foydalanish va muddatlilik shartlarida beriladi. Aholiga va yosh oilalarga ipoteka kreditlari: uy qurish, uyni rekonstruktsiya qilish, birlamchi va ikkilamchi uy-joy bozorlaridagi uyni yoki koʻp xonadonli uydagi kvartirani sotib olish uchun beriladi. Bunda kreditlanayotgan koʻchmas mulk obyekti - uy-joy O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlishi lozim. Tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlarini berishning manbalari bankning kredit liniyalari, shu jumladan, imtiyozli kredit liniyalari, xalqaro va xorijiy moliya institutlarining ipoteka krediti uchun berilgan grantlari va investitsiyalari, oʻz mablag'lari va jalb qilingan boshqa mablag'lar hisoblanadi. Ipoteka krediti berishda tijorat banki qarz oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lishi, ipoteka kreditini oluvchi 18 yoshga to'lgan boʻlishi, yosh oilalarga beriladigan ipoteka kreditlari bo'yicha ipoteka krediti olish uchun qarz oluvchi va uning erining (xotinining) yoshi 30 yoshdan oshmagan boʻlishi, O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi, ish beruvchi bilan oʻzaro munosabatlar hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan boʻlishi, oxirgi 12 oy mobaynida doimiy ish joyidan, yuridik shaxsni tashkil etmasdan, tadbirkorlik faoliyatidan yoki xususiy amaliyot bilan shug'ullanishdan doimiy daromadga yoxud qonun hujjatlarida ruxsat etilgan boshqa daromadlar manbayiga ega boʻlishi, dastlabki badal uchun sotib olinadigan turar joy/quriladigan turar joy/turar joyni rekonstruktsiya qilish qiymatining kamida 25% miqdoridagi mablag mavjud boʻlishi, kredit tashkilotlaridan kreditlar bo'yicha toʻlov muddati oʻtgan qarzi boʻlmasligi, kreditni qaytarish boʻyicha oylik toʻlov summasi qarz oluvchining/sherik qarz oluvchilarning soliqlar toʻlanganidan keyingi jami daromadining 50 foizidan ortiq boʻImasligi yoki qarz oluvchining oilasi jami daromadining 60 foizidan ortiq boʻlmasligi boʻyicha talablar qo'yadi. Ipoteka krediti berishda bankning ipoteka bilan ta'minlanganlik majburiyati boʻyicha huquqlari garov xati bilan tasdiqlanadi. Garov xati "Ipoteka toʻg'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 311 Ustozlar uchun pedagoglar.org talablari asosida qarz oluvchi tomonidan tuziladi va ipoteka davlat ro'yxatidan oʻtkazilgandan keyin qarz oluvchi hamda bank ishtirokida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va bankka beriladi. Ipoteka kreditining boshqa kredit shakllaridan farqli tomoni shundaki, qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun dastlabki badal mablagʻiga ega boʻlishi kerak. Ushbu mablagʻlar qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan jamg'arma omonat hisob raqamida milliy yoki chet el valyutasida mavjud boʻlishi yoki qurilayotgan uy smeta qiymatining yoki rekonstruktsiya qilish qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda bajarilgan qurilish-montaj ishlari yoki qarz oluvchining o'z mablagʻlari hisobiga sotib olingan qurilish materiallari tarzida bo'lishi mumkin. Qarz oluvchi tomonidan boshlang'ich badalga kiritilgan pul mablag'lari miqdoridan kelib chiqib, kreditdan foydalanganlik uchun to'lovlar miqdori quyidagicha belgilanadi. 3 jadval Ipoteka krediti boʻyicha boshlang'ich badal va foiz stavkalari Uy-joy Yillik % - kredit Yillik % - kredit qiymatidan muddati 10 yil muddati 5 yil boshlangʻich badal 25% 19% 18% 30% 18% 17% 40% 17% 16% 50% va undan 16% 15% yuqori Qarz oluvchi tomonidan boshlang'ich badal to'lanishiga qarab kreditning foiz stavkasi ham oʻzgaradi. Jadvalda keltirilgan ma'lumotlardan koʻrinib turibdiki, agar mijoz uy-joy qiymatidan boshlangʻich

Доказательный фрагмент

«This article aims to reduce poverty by providing employment to the population through the provision of bank loans, and to organize practical work on reducing poverty in all regions.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article aims to reduce poverty by providing employment to the population through the provision of bank loans, and to organize practical work on reducing poverty in all regions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
poverty, services, organizational and economic mechanism, concept, bank, xizmatlar, ishsizlik, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, aholi., konsepsiya. aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlik, kambag'allik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники